Eko-stikerlar uchun qancha miqdorda toʻlov qilinadi?

Transport vositalarini ekologik toifa va sinflarga ajratish hamda shu asosda eko-stikerlar berish tartibi belgilandi. 

Ulashish:

Atmosfera havosini muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda fuqarolar salomatligini asrash maqsadida Oʻzbekistonda avtotransport vositalaridan chiqadigan zararli moddalarni nazorat qilishga qaratilgan «Ekologik transport» tizimi joriy etilmoqda.

Ushbu tizim doirasida transport vositalarini ekologik toifa va sinflarga ajratish hamda shu asosda eko-stikerlar berish tartibi belgilandi. Eko-stiker mutlaqo bepul hisoblanadi.

 

Eko-stiker nima?

Eko-stiker — transport vositasining ekologik toifasini tasdiqlovchi elektron maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maxsus yorliqdir.

Eko-stikerlar uch xil rangda boʻladi:

  • 🟢 Yashil — «toza» ekologik daraja
  • 🟡 Sariq — «oʻrtacha» ekologik daraja
  • 🔴 Qizil — «zararli» ekologik daraja

    Qaysi transport vositalariga tatbiq etilmaydi?

Mazkur tartib quyidagi transport vositalariga nisbatan qoʻllanilmaydi:

  • tranzit orqali harakatlanayotgan transportlar;
  • Oʻzbekistonda 90 kungacha vaqtincha boʻlib turgan transport vositalari;
  • elektromobillar va elektromototransport;
  • mototransport, skuter, moped va uch gʻildirakli transportlar;
  • tezkor va maxsus xizmat transportlari;
  • jamoat transporti (taksi va yoʻnalishli taksidan tashqari);
  • qishloq xoʻjaligi texnikalari;
  • «nogironligi boʻlgan shaxs» belgisi oʻrnatilgan transport vositalari.

     

Ekologik toifa qanday aniqlanadi?

Transport vositasining ekologik toifasi:

  • ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan ekologik sinf («Yevro» standartlari) asosida;
  • ekologik sinfi aniqlanmagan hollarda esa diagnostika tekshiruvlari natijasiga koʻra belgilanadi.

Diagnostika tekshiruvlari Ichki ishlar vazirligi huzuridagi maxsus ekologik operatorlar tomonidan oʻtkaziladi va barcha maʼlumotlar «Avtomototransport hisobi» yagona elektron tizimiga kiritiladi.

 

«Yevro» standartlari boʻyicha taqsimot

Benzin va gazda ishlovchi transportlar:

  • 🟢 «Yevro-2» va undan yuqori — toza;
  • 🟡 «Yevro-0» va «Yevro-1» — oʻrtacha.

Dizel yoqilgʻisida ishlovchi transportlar:

  • 🟢 «Yevro-4» va undan yuqori — toza;
  • 🟡 «Yevro-3» — oʻrtacha;
  • 🔴 «Yevro-0», «Yevro-1», «Yevro-2» — zararli.

🟢 Gibrid hamda 3 yildan oshmagan transport vositalari avtomatik ravishda toza toifaga kiritiladi.

 

Eko-stiker qanday va qayerda beriladi?

  • Foydalanilayotgan transport vositalari uchun eko-stiker egasining ixtiyoriy murojaati asosida rasmiylashtiriladi.
  • Transportni roʻyxatga olish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida eko-stiker bepul beriladi.
  • Stiker old oyna pastki oʻng burchagiga, ichki tomondan yopishtiriladi.

Eko-stikerlar muddatsiz amal qiladi. Quyidagi holatlarda u qayta rasmiylashtiriladi:

  • transport egasi yoki davlat raqami oʻzgarganda;
  • old oyna almashtirilganda;
  • stiker shikastlanganda yoki oʻchib ketganda.

     

Qayta diagnostika va toʻlov

Transport vositasi egasi:

  • yilda bir marta bepul qayta diagnostikadan oʻtib, ekologik toifani yaxshilash huquqiga ega;
  • takroriy tekshiruvlar bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida toʻlov evaziga amalga oshiriladi.

Ushbu tartib aholi punktlarida ekologik xavfsizlikni taʼminlash, transport vositalaridan chiqadigan zararli moddalarni kamaytirish va shaharlar havosini tozalashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi. Eko-stiker tizimi orqali har bir fuqaro oʻz transportining atrof-muhitga taʼsiri haqida aniq maʼlumotga ega boʻladi.

Mavzuga oid yangiliklar

«Ekostiker» tizimi: 2026 yildan jarimalar qoʻllanilmaydi

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlarda 2026 yildan boshlab «ekologik hudud»ga kiruvchi qizil va sariq toifadagi avtomobillar jarimaga tortiladi, degan mazmundagi notoʻgʻri xabarlar tarqaldi.

Oʻzbekiston

26.12.2025, 10:13

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda

Oʻzbekistonda retro-avtomobil egalari 2026 yildan joriy etilishi rejalashtirilayotgan utilizatsiya tizimi va texnik koʻrikdagi cheklovlarga qarshi chiqmoqda.

Oʻzbekiston

09.02.2026, 13:57

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?

Chorvoq suv ombori hududida qurilayotgan «Sea Breeze Uzbekistan» turistik majmuasi qonunchilik va xalqaro ekologik majburiyatlarga zid ravishda boshlangan boʻlishi mumkin. 

Oʻzbekiston

06.02.2026, 08:01

Sea Breeze Uzbekistan hujjatlari ekologik ekspertizaga taqdim etilmagan

Chorvoq suv ombori boʻyida barpo etilishi rejalashtirilgan Sea Breeze Uzbekistan umummavsumiy kurortining ekologik loyihasi hali Davlat ekologik ekspertizasi markaziga taqdim etilmagan.

Oʻzbekiston

26.01.2026, 17:12

Toshkentdagi ekologik xavfli 87 ta korxona shahar tashqarisiga koʻchiriladi

Bu, ayniqsa, Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek, viloyat markazlarida joylashgan asbest va sement sanoati, charm-poyabzal, parrandachilik, qora va rangli metallurgiya kabi energiya talabchan tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan korxonalarga taalluqlidir.

Oʻzbekiston

19.01.2026, 13:20

Ekologik stikerni onlayn tartibda rasmiylashtirish mumkin

Oʻzbekistonda ekologik toifasi aniqlangan avtotransport vositalari uchun ekologik stikerni onlayn tartibda olish imkoniyati yaratildi. 

Oʻzbekiston

09.01.2026, 08:24

So‘nggi yangiliklar

«Paradigma»da eʼtirof: fidoyi jurnalistlar va faollar taqdirlandi

 

Madaniy

09.02.2026, 18:28

Oʻzbekiston boksi jahon yetakchilari safida

2025 yil oʻzbek boksi uchun tarixiy yil boʻldi — jahon chempionatlarida rekord natijalar qayd etildi, oltin medallar soni oshdi va ilk bor uch karra jahon chempioni yetishib chiqdi.

Sport

09.02.2026, 16:18

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi

2025 yilda oʻzbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, mos ravishda 361 ming va 349 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi.

Sport

09.02.2026, 15:30

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda

Oʻzbekistonda retro-avtomobil egalari 2026 yildan joriy etilishi rejalashtirilayotgan utilizatsiya tizimi va texnik koʻrikdagi cheklovlarga qarshi chiqmoqda.

Oʻzbekiston

09.02.2026, 13:57

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi

Britaniya bosh vaziri apparati rahbari Morgan Maksuini jinsiy jinoyatlarda ayblangan milliarder Jeffri Epshteyn bilan bogʻliq mojaro ortidan isteʼfoga chiqdi.

Jahon

09.02.2026, 11:20

Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda

Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Asrlar davomida qoʻlyozma va kitoblarda saqlangan uning boy adabiy merosi bugun nafaqat nashrlar, balki internet platformalari orqali ham keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.

Madaniy

09.02.2026, 10:32

Oʻzbekiston taʼlimida yangi davr: 12 yillik uzluksiz tizim va “Yangi avlod” maktablari

Mamlakatda maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni oʻzaro bogʻlaydigan 12 yillik uzluksiz taʼlim modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Ta'lim

09.02.2026, 09:58

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda

Salvador, Qozogʻiston, BAA va AQShda millionlab oʻquvchi hamda oʻqituvchilar taʼlimga moslashtirilgan chat-botlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Fan-texnologiya

08.02.2026, 07:47

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hayʼati yigʻilishida muborak Ramazon oyining boshlanish sanasi boʻyicha qaror qabul qilindi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 20:00

Yoʻl harakati qoidalari buzilganlik uchun jarimalar yengillashdi

Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalari boʻyicha yangi tartib joriy etildi: agar haydovchi rulda telefondan foydalanishni birinchi marta buzsa, unga jarima solinmaydi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 12:28

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi

AQSh Adliya vazirligi Jeffri Epshteyn ishi boʻyicha eʼlon qilingan minglab hujjatlarni internetdan olib tashladi. Bu kamida 100 nafar jabrlanuvchining hayotini jiddiy izdan chiqargan. 

Jahon

06.02.2026, 17:04

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin

Ukrainada yangi Fuqarolik kodeksi qabul qilinsa, ayrim holatlarda 14 yoshdan nikohdan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.

Jahon

06.02.2026, 16:00