Elektromobillarning inson salomatligiga taʼsiri bormi?
Soʻnggi yillarda elektromobillar ichki yonuv dvigatelli avtomobillarga nisbatan ekologik toza va zamonaviy muqobil sifatida keng tarqalmoqda. Biroq ular bilan bogʻliq ayrim xavotirlar ham mavjud.
Fan-texnologiya
05.01.2026, 11:36
Ulashish:

Ayrim qarashlar ilmiy tadqiqotlarga asoslangan boʻlsa, boshqalari taxmin va afsonalardan iborat. Quyida elektromobillar inson salomatligiga qanday ehtimoliy taʼsir koʻrsatishi mumkinligi koʻrib chiqiladi.
1. Elektromagnit nurlanish
Koʻpchilik elektromobillar elektromagnit nurlanish sababli zararli boʻlishi mumkin, degan fikrni ilgari suradi. Ammo tadqiqotlar elektromobil salonidagi elektromagnit maydon darajasi juda past ekanini va amaldagi xavfsizlik meʼyorlaridan oshmasligini koʻrsatadi. Ayrim hollarda bu koʻrsatkich Yerning tabiiy magnit fonidan ham past boʻladi.
Mutaxassislar elektromobillar yoʻlovchilar, shu jumladan tibbiy implantlarga ega shaxslar uchun ham xavfsiz ekanini taʼkidlaydi. Hozirga qadar kuchsiz elektromagnit maydonlarning inson salomatligiga zarar yetkazishini tasdiqlovchi ishonchli ilmiy dalillar mavjud emas.
2. Piyodalar xavfsizligi va shovqin darajasi
Elektromobillar ayniqsa past tezlikda juda sokin harakatlanadi. Bu esa piyodalar va velosipedchilar uchun muayyan xavf tugʻdirishi mumkin.
Yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha tadqiqotlarga koʻra, past shovqin sababli piyodalar yaqinlashayotgan avtomobilni kechroq sezib qolishi mumkin. Shu bois bir qator mamlakatlarda elektromobillarga past tezlikda harakatlanishda maxsus sunʼiy ovoz signallarini chiqarish majburiy tartibda joriy etilgan.
3. Chiqindi gazlari yoʻq, ammo boshqa manbalardan ifloslanish
Elektromobillar atmosferaga chiqindi gaz chiqarmasa-da, ular havo ifloslanishida mutlaqo neytral hisoblanmaydi.
Asosiy ifloslantiruvchi omillar — shina, tormoz kolodkalari va yoʻl qoplamasining yeyilishi natijasida hosil boʻladigan mayda zarrachalardir. Akkumulyatorlar sabab elektromobillar ogʻirroq boʻlgani uchun, shina yeyilishi anʼanaviy avtomobillarga nisbatan koʻproq boʻlishi mumkin. Bu zarrachalar nafas yoʻllariga kirib, uzoq muddatda nafas olish hamda yurak-qon tomir tizimiga salbiy taʼsir koʻrsatishi ehtimoli bor.
4. Elektr energiyasi va akkumulyatorlar ishlab chiqarish omillari
Elektromobillarning umumiy taʼsirini baholashda elektr energiyasi qaysi manbalarda ishlab chiqarilishi muhim ahamiyatga ega. Agar elektr energiyasi asosan koʻmir yoki mazutda ishlaydigan stansiyalarda ishlab chiqarilsa, umumiy ekologik ifloslanish saqlanib qolishi yoki ayrim hududlarda ortishi mumkin.
Shuningdek, litiy-ion akkumulyatorlarni ishlab chiqarish katta miqdorda resurs va energiya talab qiladi. Xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash jarayonlari ham atrof-muhit va inson salomatligiga bilvosita taʼsir koʻrsatadi. Biroq koʻplab tadqiqotlar elektromobillar butun xizmat davri davomida baribir ichki yonuv dvigatelli avtomobillarga nisbatan kamroq salbiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidlaydi.
5. Tasdiqlanmagan va boʻrttirilgan xavotirlar
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda elektromobillar inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi haqida turli fikrlar uchraydi. Ammo ularning aksariyati yetarli ilmiy asosga ega emas.
Hozircha elektromobillar elektromagnit nurlanishi orqali kasalliklar keltirib chiqarishi, reproduktiv salomatlikka salbiy taʼsir koʻrsatishi yoki umumiy sogʻliq uchun anʼanaviy avtomobillardan koʻra xavfli ekanini isbotlovchi ishonchli dalillar mavjud emas.
Fan-texnologiya
05.01.2026, 11:36
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

