Milliy alifboda [ŋ] tovushi uchun alohida harf kerak(mi?)
O‘zbek tilining sh va ch digraflari bir belgiga aylantirilgan bir paytda, mayin burun undoshlaridan bo‘lmish [ŋ] tovushi nima uchun alohida harfsiz, ikki belgili birikma holatida qolib ketdi? Filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev “ng” birikmasidan voz kechish o‘rniga, [ŋ] tovushi uchun alohida harf joriy etish kerakligini ilgari surmoqda.
Fan-texnologiya
13.08.2026, 10:37
Ulashish:
![Milliy alifboda [ŋ] tovushi uchun alohida harf kerak(mi?)](https://cp.paradigma.uz/media/CACHE/images/ng.90d02e41429b.webp)
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 7-iyul kungi majlisida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasini qabul qildi.
Loyihada lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga, 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topishi, shuningdek, ayrim harflarning qo‘llanilishiga aniqlik kiritilishi nazarda tutilmoqda.
Xususan, ng harfi alifbodan chiqariladi.
Professor Baxtiyor Mengliyev o‘z maqolasida o‘zbek alifbosidagi “ng” harf birikmasi va uning bugungi til hamda raqamli texnologiyalardagi muammolari haqida so‘z yuritdi.
Olimning ta’kidlashicha, bu lingvistik tugun 1940-yillardagi sovet alifbo islohoti va markaziy mafkuraning qat’iy ko‘rsatmalari ostida paydo bo‘lgan. O‘sha davrda SSSR xalqlarining milliy alifbolarini rus grafikasi standartiga iloji boricha moslashtirish, bir xil qolipga solish ustuvor davlat siyosati etib belgilangan edi.
Shu sababli o‘zbek tiliga xos [ŋ] tovushi uchun alohida belgi joriy etilmagan. Holbuki, o‘sha davrda qardosh qozoq va qirg‘iz alifbolarida mazkur milliy tovush uchun alohida “ң” harfi rasman qabul qilingan.
Arab va fors-tojik yozuvi inersiyasi
Mengliyevning fikricha, o‘zbek tilida “ng” birikmasining saqlanib qolishiga arab-fors yozuvi an’analarining ta’siri ham sabab bo‘lgan. O‘zbek tili uzoq vaqt davomida arab yozuvidan foydalangan va unda [ŋ] tovushi “نگ” shaklida, ya’ni ikki harf bilan ifodalangan.
“Asrlar davomida shakllangan bu grafik ko‘nikma matbaa ustalari va mualliflar ongiga shunchalik chuqur singib ketganki, alifboning tabiiy qismiga aylangan”
1940-yilda kirill va 1993-yilda lotin alifbosiga o‘tilayotganda tilshunoslar aynan shu omilni asosiy vaj qilib ko‘rsatishgan.
Tipografik va texnik cheklovlar
“Teng”, “bong”, “tong” va “o‘ng” kabi tub so‘zlarimizdagi yagona fonetik tovushning alohida harf bilan emas, ikki belgili birikma orqali yozib kelinishining eng amaliy va texnik ildizlari 1990-yillardagi lotin alifbosiga o‘tish davri hamda kompyuter imkoniyatlarining cheklanganligiga borib taqaladi.
O‘sha paytda axborot texnologiyalari endi rivojlanayotgan, bosmaxona imkoniyatlari esa tor edi. Standart QWERTY klaviaturasida hamda Times New Roman kabi mumtoz shriftlarda unikal diakritik belgilarni (masalan, ŋ yoki ñ) joylashtirish ulkan texnik murakkablik va qo‘shimcha xarajat keltirib chiqarardi. Tayyor n va g tugmalaridan birgalikda foydalanish davr mutaxassislari uchun eng arzon va tezkor yechim bo‘lib tuyulgan.
Natijada bugungi o‘zbek yozuvida bir xil “ng” birikmasi ikki xil fonetik hodisani ifodalamoqda. Masalan, “ko‘ngil”, “teng”, “o‘ng” kabi turkiy so‘zlarda u yagona [ŋ] tovushini bildirsa, “tango”, “miting”, “marketing”, “kongress” kabi o‘zlashma so‘zlarda [n] va [g] tovushlari alohida talaffuz qilinadi.
Mengliyev buni nafaqat savodxonlik va talaffuz, balki raqamli texnologiyalar uchun ham muammo ekanini bildirdi. Uning qayd etishicha, “ng”ning ikki xil fonetik xususiyatga ega bo‘lishi avtomatik bo‘g‘inga ajratish, imlo tekshiruvchi algoritmlarni yaratish va sun’iy intellekt modellarini o‘rgatishda qo‘shimcha algoritmik murakkabliklar keltirib chiqaradi.
Maqolada [ŋ] tovushining ayrim shevalarda “n-lashish”i ham unga alohida harf berilmasligiga sabab bo‘lgan omillardan biri sifatida tilga olinadi. Xususan, Toshkent, Farg‘ona vodiysi va janubiy lahjalarda so‘z oxiridagi [ŋ] bosqichma-bosqich oddiy [n] ga aylanib ketish moyilligiga ega (masalan, og‘zaki nutqda “keeling” so‘zi “kelin”, “o‘ng” so‘zi “o‘n” tarzida talaffuz qilinishi).
“O‘z vaqtida alifbo islohoti ustida ishlagan ayrim tilshunoslar bu tovush vaqt o‘tishi bilan tildan butunlay siqib chiqariladi degan yanglish gipotezaga tayanib, unga alohida harf ajratishni ortiqcha deb hisoblashgan”.
Shuningdek, o‘zlashma so‘zlardagi /n+g/ birikmasi bilan o‘zbekcha [ŋ] tovushini yozuvda farqlash masalasi ham muhim omil sifatida ko‘rsatilgan.
Sovet davrida va keyinchalik ommalashgan angar, kenguru, miting, marketing, kasting, avangard, tango, mango, kongress, reyting, bingo, shlang, pingvin, Singapur, ring, bumerang, lingvistika, shtanga kabi yuzlab so‘zlarda n va g harflari yonma-yon kelib, alohida-alohida /n+g/ tarzida talaffuz qilinadi. O‘sha davr alifbo tuzuvchilarida agar alohida ñ yoki ŋ harfi kiritilsa, o‘zbekcha [ŋ] (singil, yangi, dengiz, mangu, chang, manglay) bilan xalqaro so‘zlardagi /n+g/ o‘rtasida imlo chalkashligi ortadi degan xavotir ustun kelgan.
Biroq o‘sha davrdagi ehtiyotkorlik bugun aks ta’sir ko‘rsatmoqda. “ng” birikmasining ikki xil fonetik hodisani ifodalashi talaffuzda chalkashlik tug‘dirib, sun’iy intellekt texnologiyalarida ham muammolar keltirib chiqarmoqda.
“Lotin alifbosini takomillashtirish borasidagi bahslarda bu o‘tmish sarqitidan voz kechib, [ŋ] tovushi uchun alohida harf (masalan, ñ yoki ŋ) joriy etish masalasi – oddiy tilshunoslik injiqligi emas, milliy yozuv madaniyati va kelajak avlod oldidagi kechiktirib bo‘lmaydigan mas’uliyatdir”
Olimning xulosasiga ko‘ra, bugungi sharoitda sovet davridagi siyosiy standartlar, tarixiy yozuv inersiyasi va o‘tgan asrdagi texnik imkoniyatlar bilan bog‘liq cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish zarur.
U o‘zbek alifbosini takomillashtirish doirasida [ŋ] tovushi uchun alohida harf, masalan, “ñ” yoki “ŋ” joriy etish masalasini ilgari suradi.
Mengliyev bunday o‘zgarish shunchaki harf almashtirish emas, balki o‘zbek yozuvini tilning fonetik xususiyatlari va zamonaviy raqamli texnologiyalar talablariga moslashtirish masalasi ekanini ta’kidlaydi.
“Kechagi kunning shartli cheklovlari bugungi raqamli kelajagimizga g‘ov bo‘lmasligi kerak. Yozuvimizni mantiqiy mukammallikka keltirish orqali ona tilimizning fonetik sofligini saqlab qolamiz va kelajak avlod uchun mukammal intellektual poydevor yaratamiz”.
Mavzuga oid yangiliklar

Lotin alifbosini yangilash bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
Oʻzbekiston
07.07.2026, 12:44

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Aholining 91,3 foizi o‘zbek tilini ona tili sifatida ko‘rsatgan
Oʻzbekiston
30.06.2026, 11:04
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
