Gvardiola: “Abduqodir Husanov klub uchun muhim futbolchi”
Xosep Gvardiola oʻziga nisbatan boʻlayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
Sport
27.08.2025, 13:22
Ulashish:

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining ikkinchi turida oʻz maydonida “Tottenhem”dan 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchraganidan keyin Xosep Gvardiola tanqidlar ostida qolib ketdi.
Gap shundaki, ispaniyalik mutaxassis himoyachilar uchun tanlagan taktika kutilgan samarani bermadi. Aksincha, raqib futbolchilari ikkita golni ham orqa chiziq oʻyinchilarining xatolaridan keyin urdi.
Nihoyat, Xosep Gvardiola oʻziga nisbatan boʻlayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi. 53 yoshli mutaxassis oʻzi yangi mavsum uchun tanlagan gʻoyasidan voz kechmasligini, qarorlarida qatʼiy turishini bildirdi.
- Yuqori chiziqli himoya usulidan voz kechmayman. Anchadan beri menga mana shu usulni qoʻllab, shiddatli oʻyin koʻrsatish yoqadi. Ayrim vaziyatlarda, xususan, “Tottenxem” bilan boʻlgan oʻyindagidek, omadsizliklar ham uchrab turadi.
Birinchi gol urilgan vaziyatda hammasini bir necha santimetr hal qildi, xolos. Biz shunday oʻynashda davom etamiz.
Tabiiyki, vaziyatdan klib chiqib, moslashishga harakat qilamiz. Men taʼsirga tushib qoladigan odam emasman. Maqsadimiz oʻzgarmaydi – har doimgidek agressiv himoyalanamiz, - dedi Xosep Gvardiola oʻziga boʻlayotgan tanqidlarga javoban.
Taʼkidlash joizki, oʻyinni tahlil qilayotgan ekspertlar “Manchester Siti” himoyachilariga “Tottenhem”ning oʻtkir hujumlarini qaytarishda tezlik yetishmaganini, bu uchrashuvda Abduqodir Husanovni oʻynatish kerakligi haqida oʻz xulosalarini bildirdi.
Jamoa muxlislari ham jamoaga shiddatli oʻyini va tezkorligi bilan ajralib turadigan oʻzbekistonlik legioneri yetishmaganini eʼtirof etmoqda.
Xosep Gvardioda jurnalistlar bilan uchrashuvda markaziy himoyachilar borasidagi vaziyat va ular uchun joriy mavsumga moʻljallangan asosiy talablarni ham aytib oʻtdi.
- Albatta, jamoa uchun himoya markazida Ruben Diash va Jon Stounz tandemining boʻlishi juda muhim. Ularning har ikkisi ham jamoa oʻyinini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega oʻyinchilar hisoblanadi.
Lekin biz faqat ularga qarab, toʻxtab qolmaymiz. Bizda markaziy himoyada yaxshi oʻynay oladigan Yoshko Gvardiol, Manuel Akanji, Natan Ake va yosh isteʼdod egasi Abduqodir Husanov ham bor. Ularning bari klub uchun bir xil darajada muhim futbolchilardir.
Men ularning har biriga ishonaman va ularning safimizda ekani biz uchun juda katta imkoniyatlarni ochadi.
Mavsum boshidayoq menda faqat birgina istak bor va u ham boʻlsa, jamoam salomatligi. Jarohatlar boʻlishi tabiiy, lekin ular oʻtgan mavsumdagidek koʻpayib ketmasligi muhim. Men uchun eng asosiysi – futbolchilar maydonga chiqib, raqobatlashishga qodir boʻlsin, - dedi Xosep Gvardiola.
Eslatib oʻtamiz, Abduqodir Husanov 2025 yilning 20 yanvar kuni Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga koʻchib oʻtdi. 21 yoshli legionerimiz ayni paytda jamoadagi eng yosh markaziy himoyachi hisoblanadi. Xosep Gvardiola yozgi transferlar davrida oʻzbek futbolchisini boshqa klublarga bermasdan, jamoada olib qolishga qaror qildi.
Mavzuga oid yangiliklar

Fabio Kannavaro: “Umid qilamanki, qurʼa natijalari oʻzbekistonliklarni xursand qiladi”
Sport
05.12.2025, 15:07

Rasman: Islombek Ismoilov — «Neftchi»ning bosh murabbiyi
Sport
02.12.2025, 12:43

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Sport
11.11.2025, 14:55

«Neftchi» haqidagi bayonoti uchun Berdiyevga nisbatan tekshiruv boshlandi
Sport
29.10.2025, 12:36
Italiya — Isroil oʻyiniga qarshi norozilik namoyishida 13 kishi jarohatlandi
Jahon
16.10.2025, 12:01

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi OFK tomonidan yirik miqdorda jarimaga tortildi
Sport
07.10.2025, 12:21
Mashhur yangiliklar

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?
Oʻzbekiston
28.11.2025, 16:27

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkin – Reuters
Siyosat
08.11.2025, 15:19

Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar
Jahon
26.11.2025, 10:42
So‘nggi yangiliklar

Toshkent metro bekatlarida kassalar 9 dekabrdan yopiladi
Oʻzbekiston
06.12.2025, 15:58

Tojikistonning Rogʻun GESi — dunyodagi eng baland qurilayotgan mega-loyiha
Siyosat
06.12.2025, 13:46

SPID haqida 10ta notoʻgʻri qarash
Oʻzbekiston
06.12.2025, 12:26

Shimoliy Orolda suv hajmi 42 foizga oshdi: dengiz ekotizimi tiklanmoqda
Jahon
06.12.2025, 11:12

Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?
Oʻzbekiston
05.12.2025, 17:01

AQSh 2026 yilgi Jahon chempionati xavfsizligi uchun qancha mablagʻ ajratadi?
Jahon
05.12.2025, 16:06

Fabio Kannavaro: “Umid qilamanki, qurʼa natijalari oʻzbekistonliklarni xursand qiladi”
Sport
05.12.2025, 15:07

Oʻzbek olimlari tuproq namligini saqlaydigan va unumdorligini oshiradigan bakteriyalarni aniqladi
Fan-texnologiya
05.12.2025, 11:25

Toshkentdan Sirdaryoga koʻchayotgan biznesmenlarga yangi imtiyozlar beriladi
Oʻzbekiston
05.12.2025, 10:31

Guliston shahriga yangi avtobuslar olib kelindi
Oʻzbekiston
04.12.2025, 19:39

Gulistondagi portlashda halok boʻlganlarning oilalariga moddiy yordam beriladi
Oʻzbekiston
04.12.2025, 14:38

Oʻzbekistonda ekologik baholash jarayonlari yanada takomillashtirilmoqda
Oʻzbekiston
04.12.2025, 11:38
Mashhur yangiliklar

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?
Oʻzbekiston
28.11.2025, 16:27

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkin – Reuters
Siyosat
08.11.2025, 15:19

Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar
Jahon
26.11.2025, 10:42
