Toshkentda tibbiyot chiqindisidan issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushdi
Chilonzor tumanida joylashgan 16-son shahar kasalxonasi yonidagi tibbiyot chiqindilarini yoqish zavodining ishga tushgani munosabati bilan press-tur tashkil etildi.
Iqtisodiyot
28.08.2025, 18:32
Ulashish:

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan 25 avgust kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan 16-son shahar kasalxonasi yonidagi tibbiyot chiqindilarini yoqish zavodining ishga tushgani munosabati bilan press-tur tashkil etildi. Unda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda soha xodimlari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining tashabbusi bilan “Nol chiqindi” tamoyiliga koʻra “Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 2024-yil 17-iyuldagi 263-son qarori ijrosi yuzasidan AQShning «Sayar» kompaniyasi tomonidan tibbiyot chiqindilarini yoqish orqali muqobil issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi respublikadagi ilk zavod oʻz faoliyatini boshladi.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yil 13 aprelda investor, loyiha kompaniyasi va Hukumat nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida investitsiya shartnomasi imzolangan edi.
Unga muvofiq investor va loyiha kompaniyasi ishtirokida:
— Birinchi bosqichda yaʼni 2024–2025-yillar davomida 7 mln AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish orqali Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarining barcha turdagi tibbiyot muassasalarida yiliga hosil boʻladigan 6 ming tonna tibbiyot chiqindisini termik qayta ishlab, yiliga 20 GVt soat quvvatga ega uskunalarni ishga tushirishi belgilangan;
— Ikkinchi bosqichda yaʼni 2026–2030-yillar davomida 108 mln AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish orqali respublikaning qolgan hududlarida joylashgan barcha turdagi tibbiyot muassasalarida yiliga hosil boʻladigan 90 ming tonna tibbiyot chiqindisini termik qayta ishlab, yiliga 300 GVt soat quvvatga ega uskunalar ishga tushiriladi.
Mazkur chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan bugungi kunda Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan 16-son shahar kasalxonasidagi qurilish-montaj ishlari yakunlanib, insinerator uskunalari olib kelindi va ilk zavod oʻz ishini boshladi. Hozirda ushbu zavodda kuniga 3 tonna miqdoridagi tibbiyot chiqindisi yoqilib, bartaraf etilmoqda. Zavod kuniga 20 soatda 6 tonna chiqindi yoqish quvvatiga ega.
Taʼkidlash joizki, bu kabi tibbiyot chiqindilarini samarali utilizatsiya qilishga moʻljallangan navbatdagi zavodlarning qurilishi Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Toshkent Tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi (ToshMI) hamda Toshkent tumanidagi Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti (SamPI) tibbiyot muassasalarida qizgʻin davom etmoqda.
Jarayonda OAV vakillari soha masʼullaridan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
Iqtisodiyot
28.08.2025, 18:32
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Sherzodxon Qudratxoʻjani natsizmda ayblagan bloger jarimaga tortildi
Oʻzbekiston
13.08.2025, 11:05

Oʻqituvchilar nega vazirlik tizimidagi tashkilotni sudga berdi?
Ta'lim
26.08.2025, 17:24

O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26

Oʻzbekistonlik talabalar Rossiyadagi urush hududiga majburiy yuborilmoqda. Ular Mirziyoyev yordam soʻrab, videomurojaat yoʻlladi
Oʻzbekiston
12.08.2025, 12:30

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi
Iqtisodiyot
06.08.2025, 14:12

Ekologlar eʼtirozlaridan soʻng hukumat Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasiga qoʻyiladigan talablarni kuchaytirdi
Oʻzbekiston
01.08.2025, 17:01
So‘nggi yangiliklar

Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari instituti joriy etilmoqda
Oʻzbekiston
28.08.2025, 21:20

Gʻalla va dukkakli ekinlardan 6,1 mln tonna hosil olindi
Iqtisodiyot
28.08.2025, 20:28

Oʻzbekistonda «raqamli sud» qanday ishlaydi?
Oʻzbekiston
28.08.2025, 19:28

Xorijiy ogʻir yuk mashinalarining Oʻzbekistonda yurishi toʻlovlari qimmatladi
Iqtisodiyot
28.08.2025, 17:23

Gʻazo sektoridagi Isroil hujumlari qurbonlari soni 62 895 nafarga yetdi
Jahon
28.08.2025, 16:19

Kanadalik fotomuxbir agentlikni Isroil tashviqotini qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblab, Reuters agentligidan ketdi
Jahon
28.08.2025, 16:13

Bentu Oʻzbekiston terma jamoasi tarixidagi 10-xorijlik murabbiy boʻladi. Avvalgi hamkasblari qanday natija koʻrsatgan?
Sport
28.08.2025, 15:34

Oʻzbekiston aholisi 38 mln kishiga yetdi
Oʻzbekiston
28.08.2025, 15:05

Qirgʻizistondan noqonuniy olib kelingan 19 kg tilla buyumlar toʻxtatib qolindi
Oʻzbekiston
28.08.2025, 14:19

Timur Kapadze "Paxtakor" bosh murabbiyi boʻlishi mumkin
Sport
28.08.2025, 13:24

Andijondagi “samosudchilar”ga qanday jazo qoʻllangani maʼlum qilindi
Oʻzbekiston
28.08.2025, 12:40
Mashhur yangiliklar

Sherzodxon Qudratxoʻjani natsizmda ayblagan bloger jarimaga tortildi
Oʻzbekiston
13.08.2025, 11:05

Oʻqituvchilar nega vazirlik tizimidagi tashkilotni sudga berdi?
Ta'lim
26.08.2025, 17:24

O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26

Oʻzbekistonlik talabalar Rossiyadagi urush hududiga majburiy yuborilmoqda. Ular Mirziyoyev yordam soʻrab, videomurojaat yoʻlladi
Oʻzbekiston
12.08.2025, 12:30

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi
Iqtisodiyot
06.08.2025, 14:12

Ekologlar eʼtirozlaridan soʻng hukumat Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasiga qoʻyiladigan talablarni kuchaytirdi
Oʻzbekiston
01.08.2025, 17:01