Futbol ahlining yarmini yigʻlatgan kunga 3 yil toʻldi

2021 yil 5 avgust. "Barselona" klubining afsonaviy futbolchisi Leo Messi klub bilan xayrlashmoqda...

Sport

05.08.2024, 17:34

Ulashish:

Futbol ahlining yarmini yigʻlatgan kunga 3 yil toʻldi

Futbol ahlining yarmini yigʻlatgan kunga 3 yil toʻldi

Messini klubdan ketishi haqidagi norasmiy xabarlar tarqalganda, muxlislarni ushlab turgan yagona narsa "hali hech narsa aniq boʻlmadi", degan oʻy edi. Bora-bora bu xabarlar dunyoning mashhur nashrlarida koʻrinish berdi. Shunda ham muxlislar dastlab ishonmadi, ammo vaqt oʻtib klub tomonidan eʼlon qilingan rasmiy xabar koʻpchilikni dovdiratib qoʻygani aniq. 

Qanday qabul qilsin, axir? 2005 yildan beri koʻz oʻngida ulgʻaygan yigit. Bu deyarli bir bolaning tugʻilib katta boʻlishigacha oʻtgan vaqtga teng degani. Leo jamoa safida oʻtgan oʻn besh yillik davrda xoh u "Barselona" muxlisi boʻlsin, xoh boshqa, futbolga qiziqishi boʻlgan inson bordirki, hammaning yoqimtoyi boʻlib ulgurgan edi. 

Ungacha jamoaga kimlar kelib, kimlar ketmadi. Messining oʻrnini hech qaysi bir yulduz bosa olmasdi. Shu uchundirki futbolchining jamoadan ketadigan vaqti kelgani futbol ahlining tasavvuriga sigʻmas edi. Sevimli jamoasi bilan asriy raqobat qilib kelgan, favqulodda ikkinchi tomonning ham sovrinlarini oʻziniki qilib olgan Messining ketishi, hatto "Real Madrid" muxlislarida ham afsus bilan qarshi olindi. 

Chunki Ronaldu, Barselonadagi Messi hammani oʻziga oʻrgatib qoʻygan edi. Bularning birinchisi eslanganda, albatta, ikkinchisi ham tilga olinar edi. Messining jamoa safidagi statistikasining oʻzi uning qanday daho ekanidan dalolat berib turardi. Futbolchi jamoa safida 778 ta oʻyinda 672 ta gol va 305 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U 37 yoshigacha qoʻlga kiritgan oltin toʻplarining 7 tasini bir klubdagi faoliyati davomida oʻziniki qilgan. 

Bir vaqtning oʻzida oltin toʻpga asosiy nomzod sifatida kiritilgan 3 futbolchi ham "Barselona"ga tegishli. Aytmoqchi boʻlganim, Leoning qoʻlga kiritgan natijalari ham shu klub bilan bogʻliq. Shunday ekan Messi klub uchun yagona boʻlsa, klub ham Messi uchun yagona boʻlib qoladi. Bugun u jamoa bilan xayrlashganiga 3 yil boʻldi. Ammo haliyam jamiyki futbol muxlisi "Barselona" deganda koʻz oʻngida Messi gavdalanadi, Messi deganda "Barselona". 2021 yil 5 avgust haliyam yodimda. Butun Kataloniya koʻz yosh toʻkkan edi oʻshanda. Ha, futbol baʼzida shunday adolatsiz va shunday shafqat bilmaydi. 

Muxlislar sevimli jamoasidan, sevimli futbolchisini ketgani uchunmas, balki u yaqin orada futbol bilan butunlay xayrlashishi mumkinligini oʻylab chidayolmagandir, deb oʻylayman. Ochigʻi "Barselona" muxlisi boʻlmasam ham, shu tomoni meni ranjitgan edi. Bizdan keyingi muxlis avlodiga qaysidir maʼnoda achinaman. Chunki ular faqatgina bu insonning buyuk futbolchi boʻlganligini kimdandir eshitishadi, balki videolarda koʻrishar, u haqda bir qancha filmlar ishlashar. Men esa farzandlarimga qoʻrqmasdan maqtana olaman, uning oʻyini koʻrib katta boʻlganman deya!

Muallif: Temur Suvonov

Sport

05.08.2024, 17:34

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

«Surgʻil» siquv kompressor stansiyasi qurilishi boʻyicha asosiy ishlar yakunlandi

Loyihaning yillik quvvati 1,8 mlrd metr kub yoki sutkasiga 4,8 mln metr kub gazni tashkil etadi.

Iqtisodiyot

26.07.2025, 14:55

Buxoroda “Data Center” loyihasini amalga oshirish boʻyicha memorandum imzolandi

Kelgusida Surxondaryo viloyatida yana 300 MVt yuklamaga ega “Data centr” barpo etish rejalashtirilgan.

Iqtisodiyot

26.07.2025, 14:32

Vengriya har yili Oʻzbekiston fuqarolari uchun 200 tagacha stipendiya ajratadi

Vengriya hukumati 2018 yildan beri Oʻzbekiston fuqarolarining oʻz OTMlarida taʼlim olishi uchun stipendiyalar ajratib kelmoqda.

Ta'lim

26.07.2025, 12:30

Putin Rossiya yadroviy suv osti kemalar flotini kengaytirishni talab qildi

Putin Rossiya yadroviy suv osti kemalar flotini kengaytirishni talab qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat  suvereniteti va xavfsizligini taʼminlashda Rossiya suv osti flotini kengaytirishni hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini aytdi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar qildi.

Jahon

26.07.2025, 12:29

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirining aholi va soha xodimlariga murojaat yoʻlladi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov korrupsiyaning oldini olish borasida murojaat yoʻlladi.

Oʻzbekiston

26.07.2025, 11:07

Xavfsizlik kengashidan kimlar ishdan boʻshatildi?

Xavfsizlik kengashidan kimlar ishdan boʻshatildi?

Kecha, 25 iyul kuni Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashida bir emas 3 kishi egallab turgan lavozimidan boʻshatildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Siyosat

26.07.2025, 10:33

Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

2025/2026 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Ta'lim

26.07.2025, 10:16

Rossiyada koronavirusning «stratus» shtammi tarqalmoqda. U yangi pandemiyaga sabab boʻladimi?

“Rospotrebnadzor” koronavirusning yangi XFG shtammi bilan kasallanishning 114 holati qayd etilganini maʼlum qildi.

Jahon

25.07.2025, 20:42

"Navbahor"dan transfer taqiqi yechildi

Mazkur taqiq Giorgi Nikabadze oʻz maoshini vaqtida olmagani ortidan qoʻyilgandi.

Sport

25.07.2025, 19:35

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida muhim shartnomalar imzolandi

Loyiha mintaqadagi eng yirik loyihalardan biri boʻlib, yuz minglab xonadonlarni toza energiya bilan taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Iqtisodiyot

25.07.2025, 18:36

"Barcelona" tarixidagi eng zoʻr 50 futbolchi reytingi tuzildi

"Barcelona" tarixidagi eng zoʻr 50 futbolchi reytingi tuzildi

Britaniyaning nufuzli “FourFourTwo” nashri Kataloniyaning “Barselona” klubi tarixidagi 50 nafar eng buyuk futbolchi reytingini eʼlon qildi.

Sport

25.07.2025, 18:05

Olmaota viloyatida harbiy vertolyot bedarak yoʻqoldi

Olmaota viloyatida harbiy vertolyot bedarak yoʻqoldi

Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatida EC-145 rusumli harbiy vertolyotni qidirish ishlari olib borilmoqda. Vertolyot "Lugovoye" aerodromidan uchib chiqqach, radardan yoʻqolgan. Bu haqda Qozogʻiston Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Jahon

25.07.2025, 17:52