Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirining aholi va soha xodimlariga murojaat yoʻlladi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov korrupsiyaning oldini olish borasida murojaat yoʻlladi.

Ulashish:

“Korrupsiya — davlat va jamiyat uchun jiddiy xavf. Shu bois yurtimizda barcha sohalar qatori sogʻliqni saqlash tizimida ham bu illatga qarshi keskin va murosasiz kurashish, turli byurokratik hamda inson omili bilan bogʻliq holatlarga barham berishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.

Albatta, jamoatchilikning faol ishtiroki va yurtdoshlarimiz koʻmagisiz ushbu maqsad va marralarga erishish, tibbiyotni korrupsiyadan xoli, toʻlaqonli xalqchil tizimga aylantirish mushkul. Shu sababli bu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarimizni birlashtirish va oʻzaro hamkorlikda oʻz yechimini kutayotgan ogʻriqli muammolarimizni yelkama-yelka turib, samarali hal etish yuzasidan Sizlarga murojaat qilmoqdaman!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi. Korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarash kerak”.

Shu maʼnoda, bugun sohadagi yutuqni – yutuq, kamchilikni – kamchilik, deb aytib, tizimdagi “kasalliklar”ga toʻgʻri tashxis qoʻyib, ularning davosini topishga birgalikda harakat qilishimiz zarur.

Ammo, afsuski, hali ham sogʻliqni saqlash muassasalarida korrupsiya, byurokratiya, taʼmagirlik, manfaatlar toʻqnashuvi kabi ayrim salbiy holatlar saqlanib qolyapti. Bu esa, tizimdagi islohotlar samaradorligiga putur yetkazib, xalqimizning tibbiyotga, fidoyi mutaxassislarimiz mehnatiga boʻlgan ishonchini zaiflashtirmoqda. 

Ana shu holatlardan kelib chiqib, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlarini keng joriy etishga alohida eʼtibor qaratyapmiz. Soha faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, jamoatchilik oldida hisobdorlikni oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.

Xususan, qisqa vaqt ichida qator elektron modullarni oʻzida jamlagan Yagona tibbiyot axborot tizimi (DMED) yaratilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shuningdek, “Situatsion markaz” tashkil qilinishi sohada byudjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishi hamda korrupsiya risklarini barvaqt aniqlash va oldini olishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Binobarin, tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilishda raqamlashtirilgan yangi mexanizm ishga tushirilgani va Buxoro viloyatida tajriba-sinov loyihasi sifatida joriy etilgani muhim yangiliklar sirasidan. 

Oʻz navbatida, soha rahbar-kadrlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib, zamonaviy menejment asoslari boʻyicha oʻqitilmoqda. Tibbiyot muassasalari hisobchilarining moliyaviy bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil qilinyapti.

Albatta, bu hali yetarli emas. Oldinda oʻz yechimini kutayotgan muammolar, davlatimiz rahbari oldimizga qoʻygan talab va vazifalar koʻp. Buni toʻlaqonli uddalash uchun butun yurtdoshlarimiz birlashib kurashishi zarur. Shundan kelib chiqib, biz korrupsiyaga qarshi kurashishda kuchli jamoatchilik nazoratini oʻrnatishni muhim mezon, deb bilamiz. 

Hurmatli fuqarolar!

Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tizim tashkilotlari va muassasalari xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlariga guvoh boʻlsangiz yoki qonunchilikka zid boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotga ega boʻlsangiz, vazirlikning “1203” qisqa raqamli “Ishonch telefoni” hamda https://t.me/ssvantikor_bot rasmiy telegram boti yoxud info@ssv.uz elektron pochta manzili orqali oʻz murojaatingizni yoʻllashingiz mumkin.

Shu oʻrinda, nafaqat korrupsion holatlarni barataraf  etish, balki sohani yanada takomillashtirishda Sizning fikr va mulohazalaringiz biz uchun juda muhim ekanligini yana bir bor eslatib oʻtmoqchiman. Har bir murojaat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qisqa muddatlarda koʻrib chiqilib, zarur amaliy choralar koʻrilishini maʼlum qilaman”. 

 

Oʻzbekiston

26.07.2025, 11:07

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Tugʻruq maskanining achinarli ahvoli: Saida Mirziyoyeva holatni oʻrgandi

1972 yilda qurilgan mazkur bino hozirda 13 mingdan ortiq aholiga xizmat koʻrsatib, 16 ta qishloq uchun yagona tugʻruq maskani hisoblanadi.

Oʻzbekiston

19.12.2025, 09:38

Endi bemorlar zarur tibbiy yordam uchun toʻgʻri keladigan muassasani oʻzlari tanlaydi

Bemorlarga zarur ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni oʻz vaqtida koʻrsatish maqsadida ular bir tibbiyot muassasasidan boshqasiga oʻtkaziladi. Koʻchirish jarayonida bemorlar zarur tibbiy yordamni taqdim eta oladigan muassasani oʻzlari tanlashi mumkin. Oʻtkazish shifokor tomonidan berilgan tibbiy koʻrsatma asosida amalga oshiriladi. Bemorlarni koʻchirish jarayoni bepul amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston

02.12.2025, 14:21

Toshkentda yangi tibbiyot klasteriga 150 million dollar sarflanadi

Toshkent shahrida Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda zamonaviy “tibbiyot klasteri” tashkil etiladi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 17:41

Urganchda tibbiyot instituti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

2025 yil 3 oktabr sanasida “Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi. 

Ta'lim

09.10.2025, 11:03

Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan tibbiy hamkorlik boʻyicha kelishuvlarga erishildi

Oʻzbekistonda tibbiy uskunalarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Oʻzbekiston

26.07.2025, 19:28

So‘nggi yangiliklar

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda

Dubay iqtisodiyoti har daqiqada qariyb 1 million dollar miqdorida zarar koʻrmoqda.

Iqtisodiyot

04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Krishtiano Ronaldu xavfsizlik maqsadida Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Sport

03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48