O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi
Respublikada 150 ming kilometrdan ortiq daryolar, soylar va kanallar bor. Ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishning katta qismi hamon tabiiy gaz va ko‘mirga bog‘liq. Gidroenergiya ulushi esa 10-12 foiz atrofida.
Iqtisodiyot
01.05.2026, 16:10
Ulashish:

Prezident Shavkat Mirziyoyev gidroenergetika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
2017-yilda 36 ta bo‘lgan gidroelektr stansiyalar soni 2025-yilda 100 taga yetdi. Ularning umumiy quvvati 1,6 gigavattdan 2,4 gigavattgacha oshdi.
Taqdimotda 2026-2032-yillarda umumiy qiymati 5,8 milliard dollar bo‘lgan 73 ta loyihani amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi. Buning natijasida qo‘shimcha 3,6 gigavatt quvvat yaratilishi kutilmoqda.
Joriy yilda 13 ta GESni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ularning umumiy quvvati 114 megavatt, yillik ishlab chiqarish hajmi esa 537 million kilovatt-soatni tashkil etadi.
Mazkur loyihalar doirasida 254 ta ish o‘rni yaratiladi. Bunga qo‘shimcha Bo‘stonliq tumanida 28 million dollarlik grantlar hisobidan 20 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.
Bo‘stonliq tumanidagi Yuqori Pskom GES loyihasi qiymati 365 million dollar bo‘lib, uning quvvati 160 megavatt, yillik ishlab chiqarish hajmi 484 million kilovatt-soat bo‘ladi.
161 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlashi kutilayotgan mazkur loyihada mahalliy komponentlar ulushi 82 foizni tashkil etadi.
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida GES qurilishi rejalashtirilgan. Quvvati 15 megavatt bo‘ladigan ushbu stansiya yiliga 50 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, tumandagi elektr ehtiyojining 71 foizini barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.
Yuqori To‘palang hududining gidroenergetika salohiyati ham ko‘rib chiqildi. “To‘palang” suv omboriga quyiladigan daryo va soylarda 42 ta kichik GES qurish orqali 541 megavatt quvvat yaratish, yiliga qariyb 1,9 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Mamlakatda ilk bor umumiy quvvati 1,4 gigavatt bo‘lgan 3 ta gidro to‘plash elektr stansiyalarini barpo etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, umumiy quvvati 164 megavatt bo‘lgan 2983 ta kichik va mikro GES qurish rejalari muhokama qilindi.
Raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ham muhim. Suv omborlari va gidroinshootlarda suv sathi, suv hajmi, bosim, meteoma’lumotlar va ishlab chiqarish jarayonlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi raqamli monitoring tizimlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Hozirda suv omborlarining xavfsizligini ta’minlash uchun 3,5 mingta nazorat-o‘lchov apparatlari o‘rnatilgan.
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32

O‘zbekiston MDHga raislik qiladi: sammit Buxoroda o‘tkaziladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:08
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
So'nggi yangiliklar

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish 25-noyabrda boşlanadi
Oʻzbekiston
24.11.2026, 10:42

Loy taxtaçalardan zamonaviy BNPL tizimigaça: nasiyaning 4 ming yillik tarixi
Fan-texnologiya
24.11.2026, 09:35

Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi
Iqtisodiyot
23.11.2026, 16:08

«Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 25 noyabr kuni oçiladi
Oʻzbekiston
23.11.2026, 15:04

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi
Sport
23.11.2026, 10:38

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsining ilk partiyasini oq donalarda boşlaydi
Sport
23.11.2026, 09:35

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi
Sport
20.11.2026, 16:11

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?
Oʻzbekiston
20.11.2026, 14:41

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi
Jahon
19.11.2026, 10:56

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?
Siyosat
18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Siyosat
18.11.2026, 16:45

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?
Jahon
18.11.2026, 10:39

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi
Oʻzbekiston
18.11.2026, 10:10
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
