Isroil vaziri hukumatning Gʻazoga yordam berish qarorini «sharmandalik» deb atadi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir hukumatning Gʻazo sektoriga gumanitar yordam yetkazishga qoʻyilgan taqiqni bekor qilish haqidagi qarorini keskin tanqid qildi. Uning taʼkidlashicha, bu qaror mamlakat uchun «sharmandalik»dir.

Jahon

20.10.2025, 12:05

Ulashish:

Ben-Gvir oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozganidek, hukumat avval gumanitar yordamni toʻxtatish haqida qaror qabul qilgan, ammo oradan bir necha soat oʻtib uni bekor qilgan. Vazirning fikricha, Isroil qaytadan harbiy harakatlarni boshlashi va falastinliklarni Gʻazo sektori hududidan «majburiy koʻchirish» siyosatiga oʻtishi kerak.

Avvalroq Isroil hukumati Gʻazoga gumanitar yordam yetkazib berishni vaqtincha toʻxtatganini maʼlum qilgan edi, ammo bu qaror qisqa vaqt ichida qayta koʻrib chiqildi.

Shu bilan birga, Isroil HAMASni otashkesimni buzganlikda ayblab, Gʻazoning bir necha hududlariga havo hujumlarini amalga oshirdi. Isroil tomonining daʼvo qilishicha, HAMAS Rafah shahridagi harbiy kuchlarga hujum qilgan.

Bunga javoban HAMASning harbiy qanoti — «Izzaddin Qassom brigadalari» otashkesim shartlariga qatʼiy amal qilayotganini va Rafahdagi hodisalarga aloqasi yoʻqligini bildirdi. Ular Isroilning ayblovlarini asossiz deb atadi.

Ayni paytda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu HAMASni kelishuvni buzganlikda ayblab, Gʻazo sektorida «qatʼiy choralar koʻrish» boʻyicha topshiriq bergani aytilmoqda.

Falastin manbalarining maʼlum qilishicha, Gʻazoda HAMAS kuchlari bilan Isroil armiyasi qurollantirgan Yasir Abu Shebab guruhiga tegishli  tuzilmalar oʻrtasida toʻqnashuvlar sodir boʻlgan.


 

Jahon

20.10.2025, 12:05

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi

Isroil hukumati 1 mart kuni urushdan vayron boʻlgan Gʻazo, bosib olingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi 37 ta yordam guruhi faoliyatini taqiqlashini aytdi.

Jahon

26.02.2026, 10:29

Gʻazodagi urushda 500 dan ortiq Markaziy Osiyo fuqarolari ishtirok etgan

Gʻazo sektoridagi urushda 50 mingdan ortiq xorijlik ishtirok etgan. Ularning 500 dan ortigʻini Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi. 

Jahon

23.02.2026, 09:15

Isroil Gʻazoda majburiy evakuatsiyani boshladi

Isroil armiyasi oktabr oyida eʼlon qilingan sulhdan beri birinchi marta Gʻazo sektori janubida falastinlik oilalarni majburiy koʻchirishga buyruq berdi.

Jahon

22.01.2026, 12:35

Isroil Gʻazoga zarba berdi, Tramp otashkesim bekor boʻlmaganini maʼlum qildi

Isroil armiyasi HAMAS isroillik asirlarning jasadlarini topshirmaganini bahona qilib, Gʻazo sektoriga kuchli aviazarbalar berdi. Hujumlar natijasida kamida 33 nafar falastinlik, jumladan ayollar va bolalar halok boʻldi. Bayt-Laxiya, al-Burayj, Nusayrat va Xan Yunis hududlaridagi uylar hamda maktablar zarar koʻrdi.

Jahon

29.10.2025, 11:13

Gʻazo SSV: Isroil topshirgan 30 nafar falastinlik jasadida qiynoq belgilari bor

Otashkesim va asirlar almashinuvi kelishuvi doirasida Isroil tomonidan yana 30 nafar falastinlik mahbus jasadi qaytarildi. 

Jahon

23.10.2025, 12:24

Isroil Gʻazoga 153 tonna bomba tashlaganini Netanyahu tan oldi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu amalga oshirilgan havo hujumlari orqali otashkesimni buzganini tan oldi va Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga soʻnggi hujumlar paytida 153 tonna bomba tashlaganini maʼlum qildi.

Jahon

22.10.2025, 10:05

So‘nggi yangiliklar

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:43

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45