Isroildagi oʻzbekistonliklar mamlakatni qanday tark etishi mumkin?

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroil-Eron mojarosi tufayli Isroilni mustaqil tark etish istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun qanday yoʻl bilan chiqib ketishi mumkinligi haqida maʼlumot berdi.

Ulashish:

Isroildagi oʻzbekistonliklar mamlakatni qanday tark etishi mumkin?

Qayd etilishicha, mamlakatni tark etish istagida boʻlgan oʻzbekistonliklar quyidagi nazorat oʻtkazish punkti orqali chiqib ketishi mumkin:

 

 •"Menaxem Begin" / "Taba" — Isroil-Misr chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Misrning Taba shaharlari oʻrtasida);

 • "Shayx Xusayn" — Isroil-Iordaniya shimoliy chegarasida joylashgan (Isroilning Bayt-Shean va Iordaniyaning Irbit shaharlari oʻrtasida);

 • "Itsxak Rabin" / "Vadi Arava" — Isroil-Iordaniya janubiy chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Iordaniyaning Akaba shaharlari oʻrtasida).

 

Yuqorida koʻrsatilgan chegara punktlari hozirgi vaqtda odatiy tartibda 24 saot davomida faoliyat koʻrsatmoqda.

 

1️Misr orqali:

 

Oʻzbekiston fuqarolari "Menaxem Begin"/"Taba" nazorat-oʻtkazish punktini kesib oʻtib, Misrga vizasiz ("Sinay kirish muhri" orqali) kira oladilar. "Sinay kirish muhri"- 14 kungacha faqat Sinay yarim oroli hududida boʻlish huquqini beradi (Qohira va boshqa shaharlarga safar qilish mumkin emas). 21 yoshga toʻlmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilishi shart.Shuningdek, "Taba"dan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlanish imkoniyati mavjud. 

 

 Aviaqatnovlar (Sharm ash-Shayx aeroportidan):

 

- Uzbekistan Airways: Haftasiga 3 marta (seshanba, chorshanba, shanba, soat 12:35) Toshkentga.

- "Turkish Airlines: Har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga (Istanbul xalqaro aeroportiga) (Toshkentga tranzit).

- Pegasus Airlines: Har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga («Sabixa Gyokchen» aeroportiga)  (Toshkentga tranzit).

 

2️ Iordaniya orqali:

 

"Shayx Xusayn" (Bayt-Shean sh.) yoki "Isxak Rabin"/"Vadi Arava" (Eylat sh.) nazorat-oʻtkazish punktlari orqali Iordaniya poytaxtigacha borib, keyin quyidagi aviayoʻnalishlardan foydalanish mumkin:

 

• «Ummon – Istanbul – Toshkent»

• «Ummon – Dubay – Toshkent»

 

Elchixonaga koʻra, Iordaniyaga kirish uchun mamlakat IIV sayti orqali viza olish zarur: 

 

https://www.moi.gov.jo

https://moi.gov.jo/EN/Pages/Visa_E_Applications

https://www.eservices.moi.gov.jo.

 

Zarur hollarda Oʻzbekiston Elchixonalarining favqulodda telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

 

- Misrda (+202 333-617-23; +20 128 666-1441, eg.uzembassy@mfa.uz);

- Saudiya Arabistonida, oʻrindoshlik asosida Iordaniyada (+966 11 263-5223, +966 56 721-7731, uzbembriyadh@gmail.com);

- Isroilda (+972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076, (54) 485-1397, il.uzembassy@mfa.uz).

"Isroil hududini tark etayotganda shaxsiy xavfsizlik ehtiyot choralarini koʻrishni va Front orti buyrugʻi tomonidan berilgan koʻrsatmalarga qatʼiy amal qilishni soʻraymiz", deyiladi elchixona xabarida.

 

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi bundan avval mamlakatda yuzaga kelgan murakkab vaziyat yuzaga kelayotganligini eʼtiborga olib oʻzbekistonliklarni shaxsiy xavfsizlik choralarini koʻrish va raketa otishmalari paytida boshpanalarini tark etmasliklarini soʻragan edi.

Mavzuga oid yangiliklar

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48

15 mln oʻzbekistonlikning shaxsiy maʼlumotlari sizdirilgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlar hamda ayrim axborot manbalarida Oʻzbekiston hukumat tizimlaridan kamida 15 million nafar fuqaroning shaxsiy maʼlumotlari oʻgʻirlangani va «Dark Web»ga joylashtirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Oʻzbekiston

03.02.2026, 14:36

Dubayda janjalga aloqador olti oʻzbekistonlik oʻlim jazosiga hukm qilindi

Ochiq sud majlisida sudlanuvchilardan olti nafari oʻlim jazosiga hukm qilingan, yana bir kishiga umrbod qamoq jazosi tayinlangan.

Oʻzbekiston

24.01.2026, 08:50

Rossiya generalini oʻldirishda ayblangan oʻzbekistonlik erkak umrbod qamaldi

Moskvadagi 2-Gʻarbiy okrug harbiy sudi oʻzbekistonlik Ahmadjon Qurbonovni Rossiya Qurolli Kuchlarining radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya kuchlari boshligʻi, general-leytenant Igor Kirillovning oʻlimiga sabab boʻlgan terroristik hujumni sodir etganlikda ayblab, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. 

Oʻzbekiston

22.01.2026, 08:51

Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrif bilan yetib bordi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 4 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Vashington shahriga keldi. Tashrif dasturi doirasida Mirziyoyev AQShda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan bir guruh oʻzbekistonliklar bilan uchrashdi.

Siyosat

05.11.2025, 08:44

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

AQSh rahbari Donald Tramp Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi urush butunlay tugaganini eʼlon qildi. Uning aytishicha, dushanba yoki seshanba kuni asirlar almashinuvi boʻladi. Shuningdek, u Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi tinchlikka erish boʻyichagi Misrdagi imzolash marosimiga ham qatnashish niyati bor ekanini maʼlum qildi.

Jahon

09.10.2025, 23:30

So‘nggi yangiliklar

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48