23-iyun – Xalqaro beva ayollar kuni
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 258 million beva ayol bor. Ularning 115 millioni qashshoqlikda yashaydi. Millionlab ayollar turmush o‘rtog‘idan ayrilgani uchun kamsitish va huquqiy tengsizlikka duch keladi.
Jahon
23.06.2026, 11:13
Ulashish:

Xalqaro beva ayollar kuni – Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, u "ko‘plab mamlakatlarda millionlab bevalar va ularning qaramog‘idagilar duch kelayotgan qashshoqlik va adolatsizlikka" e’tibor qaratishga undaydi.
Xalqaro beva ayollar kuni Lumba fondi (The Loomba Foundation) tomonidan bevalar muammolaridan ogohlikni oshirish maqsadida ta’sis etilgan.
Qachon paydo bo‘lgan?
1954-yilning 23-iyun kunida jamg‘arma asoschisi Lord Lumbaning onasi Shrimati Pushpa Vati Lumba beva qolgan. Shu munosabat bilan aynan shu sana tanlangan. Jamg‘armaning maqsadi – “ko‘rinmas ofat” deb ta’riflangan mazkur holatga e’tiborni qaratishdir.
Birinchi Xalqaro beva ayollar kuni 2005-yilda Lord Lumba va jamg‘arma prezidenti Cheri Bler tashabbusi bilan ta’sis etilgan.
2010-yilga kelib oltinchi Xalqaro beva ayollar kuni munosabati bilan Ruanda, Shri-Lanka, AQSH, Buyuk Britaniya, Nepal, Suriya, Keniya, Hindiston, Bangladesh va Janubiy Afrikada turli tadbirlar o‘tkazildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olinishi
2010-yil 21-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Gabon prezidenti Ali Bongo Ondimba tomonidan kiritilgan taklifni bir ovozdan ma’qulladi va 23-iyunni rasman Xalqaro beva ayollar kuni sifatida qabul qildi.
BMT ma’lumotlariga qaraganda, dunyoda 258 million beva ayol bor.
Ularning 115 millioni qashshoqlikda yashaydi hamda aynan turmush o‘rtog‘idan ayrilgani uchun ijtimoiy kamsitish va moddiy yetishmovchiliklardan aziyat chekadi.
Tashkilot ushbu sanani rasmiy nishonlash kuni sifatida e’tirof etish bilan bir qatorda, a’zo davlatlar, BMT tizimi hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarni bevalar va ularning farzandlari ahvoliga alohida e’tibor qaratishga da’vat etadi.
Hukumatlar xalqaro huquqda, jumladan, Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi hamda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyalarda mustahkamlangan beva ayollar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarishi lozim.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda turmush o‘rtog‘idan ayrilgan ayollar asosan, quyidagi muammolar bilan yuzlashadi:
Yo‘qchilik
- Kredit yoki boshqa iqtisodiy resurslardan foydalanish imkoniyati past.
- An’anaviy va diniy qonunlarga ko‘ra, meros va yerga egalik qilish huquqlari cheklangan yoki umuman mavjud emas.
- Erlarining qarindoshlari beradigan yordamga qaram bo‘lib qolish.
- Hindiston kabi mamlakatlarda qarindoshlari tomonidan voz kechilib, uysiz qoldirilishi ko‘plab beva ayollarni uy xizmatchisi kabi norasmiy ish izlashga, tilanchilik, hatto fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qiladi.
- Ba’zi hollarda beva ayollar vafot etgan turmush o‘rtog‘ining qarzlari uchun ham javobgar bo‘lib qoladi.
Nizolar:
- Qurolli mojarolar oqibatida juda ko‘p ayollar beva qolmoqda. Masalan, Kongo Demokratik Respublikasining ayrim sharqiy hududlarida xotin-qizlarning taxminan 50 foizini bevalar tashkil etadi. Iroqda ularning soni taxminan uch million, Afg‘onistonning Kobul shahrida esa 70 mingdan ortiq ekani aytiladi.
- Bevalar o‘z vatanida, qochoqlar lagerlarida yoki boshpana topgan mamlakatlarda o‘zlarini va farzandlarini boqish uchun kurashishga majbur bo‘lmoqda.
O‘zbekiston qonunchiligida alohida “beva ayol” maqomi mavjud bo‘lmasa-da, boquvchisini yo‘qotganlar uchun bir qator imtiyozlar va moddiy ko‘maklar mavjud.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Mavzuga oid yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Pokistonning havo hujumlari oqibatida Afg‘onistonda 9 kishi halok bo‘ldi – Kobul
Jahon
01.10.2026, 10:25

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

“Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva
Oʻzbekiston
24.09.2026, 11:29
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
