updated: 22.03.2026, 09:28

Eronda ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda

Eronda oʻn ikki kundan beri ommaviy norozilik namoyishlari toʻxtamay kelmoqda. Milliy valyuta — rialning keskin qadrsizlanishi va chuqur iqtisodiy inqiroz aholini koʻchalarga chiqardi.

Jahon

12.01.2026, 08:59

Ulashish:

8 yanvar, payshanba kuni namoyishchilar Tehronning asosiy magistrallaridan biri — Oyatulloh Koshoni bulvarini toʻsib qoʻydi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda mamlakatning turli hududlarida toʻqnashuvlar va yongʻinlar aks etgan. Kadrlarda qurol ovozlari eshitilishi, xavfsizlik kuchlarining namoyishchilarga qarshi koʻz yosh oqizuvchi gaz qoʻllagani, namoyishchilar esa politsiya mashinalarini yoqib yuborgani kuzatiladi.

Norozilik aksiyalari Mashhad, Kermanshoh va boshqa yirik shaharlarga ham tarqalgan. Hozirda namoyishlar Tehron, Mashhad, Kermanshoh, Lordegan va qator boshqa shaharlarda davom etmoqda.

Eronning gʻarbiy qismida, Iroq bilan chegarada joylashgan Ilom viloyatidagi Abdanan shahrida namoyishchilar politsiya boshqarmasi binosini egallab, shahar ustidan nazorat oʻrnatgani haqida xabarlar tarqalgan. Shuningdek, Malekshohiy shahri ham toʻliq namoyishchilar nazoratiga oʻtgani aytilmoqda.

HRANA agentligi maʼlumotlariga koʻra, norozilik namoyishlari mamlakat boʻylab 111 ta shahar va qishloqni qamrab olgan.

Iran Human Rights (IHR) tashkiloti hisob-kitoblariga koʻra, namoyishlar boshlanganidan beri kamida 45 kishi halok boʻlgan, ularning sakkiz nafari bolalar. Eron hukumati esa rasmiy ravishda 21 qurbon haqida xabar bergan boʻlib, ular orasida xavfsizlik xizmatlari xodimlari ham bor. Ilk kunlardagi toʻqnashuvlarda turli manbalar 16 nafardan 36 nafargacha namoyishchi halok boʻlganini qayd etgan.

Namoyishlar 28 dekabr kuni Tehrondagi Gran-bozorda boshlangan. Savdogarlar giperinflyatsiya va narxlarning keskin oʻsishiga qarshi chiqib, doʻkonlarini yopib qoʻyishgan. 29 dekabrga kelib, eron riali kursi rekord darajada pasayib, 1 AQSh dollari uchun taxminan 42 ming rialni tashkil etgan.

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, oktabr oyida Eronda oziq-ovqat inflyatsiyasi 64,2 foizga yetgan. Bu koʻrsatkich boʻyicha mamlakatdan oldin faqat Janubiy Sudan joy olgan.

Namoishlarning radikallashuvi

2009 va 2022 yillarda Eron hukumati ommaviy hibsga olishlar orqali xalq noroziliklarini bostirgan boʻlsa, bu safar namoyishlar mutlaqo boshqacha tus olmoqda. Hozirgi namoyishchilar kuch ishlatishga kuch bilan javob qaytarmoqda.

Davlat OAVlarining xabar berishicha, namoyishchilarning bir qismi oʻqotar qurol va portlovchi vositalar bilan qurollangan. Malekshohiy shahrida bir politsiya xodimi otib oʻldirilgan, Lordeganda esa ikki nafar xavfsizlik xizmati xodimi halok boʻlgan. Shuningdek, taxminan 30 ga yaqin xodim yaralangani xabar qilinmoqda.

Ayrim hududlarda namoyishchilar davlat bayroqlarini yoʻq qilgan, ayatollo Homeyniy haykallarini buzgan va politsiya binolarini yoqib yuborgan. Tehron koʻchalarida minglab odamlar toʻplangani, keskin toʻqnashuvlar davom etayotgani qayd etilmoqda.

Norozilik bildiruvchilar ochiq bayonotlarda Eronning ittifoqchilarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qimmat tashqi siyosati aholini qashshoqlikka olib kelganini taʼkidlamoqda. Bu tezis avvaldan Eronga qarshi kayfiyatdagi kuchlar tomonidan ilgari surilgan boʻlsa, AQSh sanksiyalarining kuchayishi va hayot sharoitining yomonlashishi ortidan u keng xalq noroziligiga aylandi.

Internet va axborot blokadasi

Eron hukumati nazorat choralarini keskin kuchaytirgan. Mamlakat boʻylab internet trafigi qariyb 90 foizga kamaygan, ayrim hududlarda telefon aloqasi ham ishdan chiqqan.

Cloudflare IT-kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, erkin internetga kirish imkoniyati asosan davlat idoralari va xavfsizlik xizmatlari xodimlari uchun saqlab qolingan.

Tahlilchilar qayd etishicha, Eron jamiyati, ayniqsa yoshlar qatlami, ancha urbanizatsiyalashgan, bilimli va internet orqali tashqi dunyo bilan uzviy bogʻlangan. Hukumat aynan shu aloqani uzishga urinayotgani taʼkidlanmoqda.

Mamlakat ichidagi siyosiy reaksiya

Eron rahbariyati oʻtmish saboqlarini hisobga olgan holda harakat qilayotganini bildirmoqda, biroq qattiqqoʻl siyosatdan voz kechgani yoʻq. Sud tizimi rahbari Gʻolyam Husayn Mohseni Edjei:
«Qoʻzgʻolonchilarga hech qanday imtiyoz boʻlmaydi», — deya bayonot berdi.

Tehronda siyosiy va xavfsizlik elitasi, shuningdek, nisbatan moʻʼtadil pozitsiyasi bilan tanilgan prezident Masud Pezeshkian ham umumiy tahdid oldida birdamlik namoyon etmoqda.

Xalqaro bosim

AQSh prezidenti Donald Tramp Salem News Channel telekanaliga bergan intervyusida:
«Agar ular odamlarni oʻldirishni boshlasa, AQSh juda kuchli zarba beradi», — deya bayonot berdi.

Mutaxassislar bu soʻzlar vaziyatga ikki xil taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidlamoqda. Bir tomondan, u namoyishchilar orasida tashqi qoʻllab-quvvatlashga umid uygʻotmoqda. Ikkinchi tomondan esa, Eron hukumatiga tartibsizliklarni «Vashington va Tel-Aviv taʼsiri» sifatida talqin qilish va oʻz tarafdorlarini safarbar etish imkonini bermoqda.

Shu munosabat bilan Liviya bilan oʻxshashliklar ham tilga olinmoqda. 2011 yilda Gʻarb davlatlari Bengozida namoyishchilarni himoya qilishdan boshlab, keyinchalik harbiy intervensiyaga oʻtib, Muammar Qaddafiyning agʻdarilishi va halokatiga olib kelgan edi.

Tramp maʼmuriyati Venesuela rahbari Nikolas Maduroga qarshi amalga oshirilgan operatsiyadan soʻng Eronga nisbatan ham keskin bayonotlar bermoqda va bu tahdidlar endi jiddiy qabul qilinmoqda.

Javob tariqasida Eron oliy rahbarining maslahatchisi Ali Shamxoni:
«Eron xavfsizligiga tajovuz qilgan har qanday qoʻl kesiladi», — deya bayonot berdi. Tahlilchilarga koʻra, AQSh bilan ochiq toʻqnashuv yuzaga kelsa, Eron mintaqadagi Amerika harbiy bazalariga zarba berish ehtimoli mavjud va bu butun Yaqin Sharqni keng koʻlamli mojaroga tortishi mumkin.

Inqiroz ostonasida

Hozirda Eronda barqarorlik juda nozik holatda. Aholi hukumatdan qoʻrqishni toʻxtatayotgan bir paytda, davlat kuch ishlatishdan qaytmasligini ochiq bildirmoqda. Ayrim kuzatuvchilar bu manzarada Qaddafiy va Asad davrlarini eslatuvchi jihatlarni koʻrmoqda.

Yaqin kunlarda Eron siyosiy elitasi qabul qiladigan qarorlar nafaqat mamlakatning, balki allaqachon beqaror holatda boʻlgan butun mintaqaning kelajagini belgilab berishi mumkin.

Muallif: Aziz SOLIYeV

Jahon

12.01.2026, 08:59

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Rossiyaning Ukrainaga oxirgi hujumlari oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi jarohatlandi

“Bunday hujumlar terrorchilik harakatlaridan boshqa narsa emas. Biz albatta javob qaytaramiz”, — dedi Zelenskiy.

Jahon

22.08.2026, 10:47

Rossiya tinchlik bo‘yicha yangi takliflarni eshitishga tayyor — rossiyalik rasmiy

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha yangi takliflarni tinglashga ochiq, biroq har qanday taklif “mavjud voqelikni” aks ettirishi lozim.

Siyosat

21.08.2026, 14:32

Ukraina “Masha va ayiq” multserialiga sanksiya joriy etdi

Ukraina “Masha va ayiq” animatsion serialini yaratish va tarqatishga aloqador bo‘lgan besh nafar rossiyalik va to‘rtta tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.

Jahon

21.08.2026, 10:40

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi

Eron tashqi ishlar vaziri Donald Trampning Tehronga qarshi yangi kampaniyasini AQSHga nisbatan nafratni kuchaytiradigan “muvaffaqiyatsiz siyosat” deb atadi.

Siyosat

20.08.2026, 16:33

AQSH mintaqa resurslarini talon-toroj qilishni ko‘zlagan — Eron spikeri

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof Qo‘shma Shtatlarning Fors ko‘rfazidagi ishtiroki faqatgina mintaqa resurslarini talon-toroj qilish istagidan kelib chiqishini ta’kidlab, bundan ogohlantirdi.

Siyosat

20.08.2026, 14:50

Rossiya ballistik raketalari hujumi oqibatida Kiyevda kamida 5 kishi o‘ldi

Turar joy binolaridan birida odamlar qamalib qolgan, omborlar va bolalar shifoxonasiga ham zarar yetgan. Ikki slavyan davlati o‘rtasidagi yangi tinchlik muzokaralaridan esa darak yo‘q.

Jahon

20.08.2026, 09:51

Xitoy sun’iy intellekt sohasida raqamli suverenitetni hurmat qilishga chaqirdi

Vashington o‘nlab davlatlarga Xitoy va AQSH o‘rtasidagi sun’iy intellekt poygasida bir tomonni tanlashni aytishga hozirlanmoqda.

Jahon

19.08.2026, 14:34

Toshkent shahri uchun “Noqonuniy qurilish” maxsus Telegram-boti ishga tushdi

Ushbu (@noqonuniy_qurilish_bot) Telegram-bot orqali poytaxtdagi noqonuniy qurilishlar haqida tezkor ma’lumot berish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Oʻzbekiston

19.08.2026, 12:03

BAA Erondan ikkita raketa uchirilganini ma’lum qildi

Raketalar dengiz transporti harakatini nishonga olgan. Ikkala raketa ham dengizga qulab tushgan.

Jahon

19.08.2026, 10:02

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi.

Oʻzbekiston

18.08.2026, 14:53

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon qamoqdan shifoxonaga ko‘chirilmoqda

Pokiston Oliy sudi qamoqdagi sobiq bosh vazir Imron Xonni tibbiy ko‘rik uchun shifoxonaga o‘tkazish haqida buyruq berdi. Aytishlaricha, u o‘ng ko‘zining ko‘rish qobiliyatini deyarli yo‘qotgan.

Jahon

18.08.2026, 14:20

Vaziyat: Eron yangi hujumlarga shay, AQSh sulhni uzaytirmoqchi emas

Eron va AQSh o‘rtasidagi anglashuv memorandumi samarasiz yakunlandi. Tehron Hormuz bo‘g‘ozida harbiy pozitsiyani egallamoqda, Vashington esa muzokaralarni uzaytirishni istamayapti. 

Siyosat

18.08.2026, 11:50

“G‘azo bizniki”: Isroil vaziri har kecha G‘azoda 30–40 nafar falastinlikni o‘ldirishga chaqirdi

Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir falastinliklarni G‘azodan butunlay ko‘chirib, Isroilni ushbu hududda yangi aholi punktlari qurishga chaqirdi. “U yerda yashashga noloyiq odamlar bor. Ular hatto odam ham emas”, – dedi  vazir.

Jahon

17.08.2026, 10:31

Tramp benzin qimmatlashishidan ogohlantirdi, Eron esa murosasiz pozitsiyada

Eron AQShni mag‘lubiyatni tan olishga chaqirdi. Tramp esa Tehronni “o‘ta yovuz” deb atab, amerikaliklarni yoqilg‘i narxi ko‘tarilishiga tayyor turishga undadi.

Siyosat

15.08.2026, 12:13

O'zbekistonga qayerdan köproq pul yuborilyapti?

2026-yilning birinçi yarim yilligida horijdan O'zbekistonga kelib tuşgan pul ötkazmalari 9,3 milliard dollarga yetdi.

Iqtisodiyot

14.08.2026, 16:32

Rossiya Ukraina temiryo‘l va port inshootlariga, Ukraina esa Rossiya neft markazi va omboriga hujum qildi

Moskvadagi barcha aeroportlarda parvozlar vaqtincha cheklangan. Mintaqaviy xatar ortgani uchun Latviya va Finlandiya ham xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Jahon

14.08.2026, 16:02

O‘zbekistonga elektromobil importi hajmi 2,6 baravarga ko‘paydi

Mahsulot yetkazib berishning asosiy hajmi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi — 37 ming 560 ta elektromobil.

Iqtisodiyot

14.08.2026, 14:14

Qamchi prezident bo‘lardi, men nafaqaga chiqardim — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti Japarov 2027-yilda hokimiyatni Tashiyevga topshirishni rejalashtirganini, biroq keyin fikridan qaytganini aytdi.

Siyosat

14.08.2026, 11:49

Putin Yaponiya da’vo qiladigan orolga tashrif buyurdi. Tokio bundan norozi

Ikkinchi jahon urushida Moskva tomonidan egallab olingan Kuril orollariga Tokio haliyam da’vo qiladi. 

Siyosat

13.08.2026, 17:04

Green Card olish uçun 1000 dan ortiq soxta nikoh tuzilgan

AQŞ Adliya vazirligi mamlakat tarixidagi eng yirik nikoh firibgarligi işlaridan birini foş etdi. Maʼlum qilinişiça, 10 yil davomida Green Card olish maqsadida 1000 dan ortiq soxta nikoh tuzilgan.

Siyosat

13.08.2026, 14:21

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →