Janubiy Koreyada Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida sammit oʻtkaziladi
Janubiy Koreya va Markaziy Osiyoning besh davlati — Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston hamda Qirgʻiziston oʻrtasidagi ilk sammit 16–17 sentabr kunlari boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Jahon
17.02.2026, 14:20
Ulashish:

Bu haqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Xyonning bayonotiga tayanib xabar berdi.
Vazirning taʼkidlashicha, mazkur sammit Seul uchun «Yangi shimoliy siyosat»ni rivojlantirish yoʻlidagi muhim qadam boʻladi. Ushbu tashabbus sobiq prezident Mun Chje In tomonidan ilgari surilgan boʻlib, Yevroosiyo hududida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlash, xususan Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.
Cho Xyon sammit nafaqat oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, balki taʼminot zanjirlarini diversifikatsiya qilish hamda mintaqadagi etnik koreyslar jamoasi bilan aloqalarni rivojlantirish uchun ham muhim platforma boʻlishini taʼkidladi.
The World Korea nashrining yozishicha, Koreya hukumati ushbu uchrashuv doirasida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda:
- muhim foydali qazilmalar va energetika;
- sanoat va raqamli transformatsiya;
- transport va logistika;
- mudofaa va xavfsizlik;
- qishloq xoʻjaligi, iqlim va sogʻliqni saqlash.
Taʼminot zanjirining barqarorligi va diversifikatsiyasi Koreya iqtisodiy barqarorligining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekani qayd etilmoqda.
Hozircha Oʻzbekiston rasmiylari sammit sanalari yuzasidan izoh berganicha yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yil yozida Oʻzbekiston prezidenti 2025 yilda Seulda «Markaziy Osiyo — Koreya» formatidagi birinchi sammitni oʻtkazish taklifini maʼqullagan edi. Mintaqa davlatlari, shuningdek, «AQSh — Markaziy Osiyo», «Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo» va «Yaponiya — Markaziy Osiyo» formatlaridagi uchrashuvlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Jahon
17.02.2026, 14:20
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
Oʻzbekiston
24.01.2026, 09:57

Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
Jahon
17.01.2026, 12:23

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
14.11.2025, 11:10

Batumidagi uylarning 6 foizini Markaziy Osiyoliklar sotib olmoqda
Iqtisodiyot
04.11.2025, 18:11

"Bugun dunyoda 1 milliard 100 million aholi kambagʻallikda umr kechirmoqda" - Mirziyoyev sammitda global muammolarga toʻxtaldi
Jahon
04.11.2025, 15:41

Markaziy Osiyo — kimni qarzi koʻp?
Iqtisodiyot
08.08.2024, 15:12
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07
So'nggi yangiliklar

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatini Xitoy va Hindiston ko‘rolmasligi mumkin
Sport
05.05.2026, 15:59

Trampning “Ozodlik loyihasi” – bu boshi berk ko‘cha loyihasidir - Abbos Aroqchi
Jahon
05.05.2026, 13:24

Rossiya 9-mayga “jiddiy bo‘lmagan” sulh e’lon qildi
Jahon
05.05.2026, 11:20

Osiyo taraqqiyot banki: 2025-yilda moliyalashtirish hajmi 44 milliard dollarga yetdi
Oʻzbekiston
04.05.2026, 16:40

Niderlandiyaga qarashli kemada xantavirus tarqaldi
Jahon
04.05.2026, 15:06

Ko‘p kvartirali uylarga oid yangi taqiqlar
Oʻzbekiston
02.05.2026, 17:54

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq
Madaniy
01.05.2026, 17:19

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi
Iqtisodiyot
01.05.2026, 16:10

2021-yilgi Kobul aeroportidagi teraktga aloqador afg‘onistonlik sudlandi
Jahon
01.05.2026, 12:21

AQSH BMT xarajatlar tizimini tubdan isloh qilishni talab qildi
Jahon
01.05.2026, 11:24

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi
Fan-texnologiya
30.04.2026, 18:09

Kiyev urushni tugatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilmoqda
Jahon
30.04.2026, 17:30

Tramp Isroil prezidenti Gersogni Netanyahuni afv etishga undamoqda
Jahon
30.04.2026, 16:54

Isroilning Livanga zarbalari oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi
Jahon
30.04.2026, 16:30

BAAning OPECdan chiqishi dunyo iqlimi uchun yangi xavfmi?
Jahon
30.04.2026, 12:21

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Karkidon” suv omborida 635 milliard so‘mlik turizm majmuasi qurilmoqda
Oʻzbekiston
28.04.2026, 12:10

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07
