updated: 22.03.2026, 17:45

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

Ulashish:

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

Prezident Li Chje Myonning bildirishicha, Qoʻshma Shtatlar qurol-yarogʻ va boshqa harbiy vositalarni yetkazmasa ham, Janubiy Koreya Shimoldan keladigan tahdidlarni qaytara oladi.

 

THAADning Janubiy Koreyaga kirib kelishi

2017 yil mart–aprel oylarida Janubiy Koreyaning Seongju qishlogʻi mamlakatning Shimoliy Koreya hujumiga qarshi turish salohiyatidagi muhim nuqtaga aylangan edi.

Oʻshanda Pxenyan ballistik raketalari uchun nishonga aylantirilayotganidan norozilik bildirgan mahalliy aholi eʼtirozlariga qaramasdan, mazkur hududga AQShda ishlab chiqarilgan THAAD (Terminal High-Altitude Area Defense) raketaga qarshi mudofaa tizimi joylashtirilgan.

Ushbu tizimning maqsadi — Janubiy Koreyaga tahdid soladigan Shimoliy Koreya raketalarini oldindan aniqlash va yoʻq qilish, shuningdek, u yerda joylashgan 28 500 nafar AQSh askarini himoya qilishdan iborat.

Tizimning joylashtirilishi Xitoy va Rossiyaga ham yoqmadi. Ular THAADning kuchli radar tizimi oʻz xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligidan tashvish bildirgan.

 

AQShga ishonch pasaymoqda

Oradan toʻqqiz yil oʻtdi. Kutilmaganda AQSh Eronga qarshi ehtimoliy urushda foydalanish uchun THAAD tizimining ayrim qismlari va boshqa harbiy texnikalarni Janubiy Koreyadan olib chiqa boshlagani haqida xabarlar paydo boʻldi.

AQSh ommaviy axborot vositalari ikki rasmiy manbaga tayanib, Pentagon tizimning ayrim qismlarini Yaqin Sharqqa koʻchirayotganini maʼlum qildi.

Bu holat AQShning Yaponiya qatori Sharqiy Osiyodagi eng muhim ittifoqchilaridan biri boʻlgan Janubiy Koreya oldidagi xavfsizlik majburiyatlari borasida shubhalarni kuchaytirdi. Shuningdek, yadroviy qurolga ega Shimoliy Koreya oʻz qoʻshnisiga bosimni kuchaytirishi mumkinligi haqida ham ogohlantirishlar yangramoqda.

Tanqidchilar tomonidan “Nega Janubiy Koreya bir kun kelib toʻsatdan olib ketilishi mumkin boʻlgan mudofaa tizimiga katta siyosiy kapital tikdi?” degan savol ham oʻrtaga tashlanmoqda.

Prezident Li Chje Myonning taʼkidlashicha, Qoʻshma Shtatlar qurol-yarogʻ yetkazib bermasa ham, Janubiy Koreya Shimoldan keladigan tahdidlarni mustaqil ravishda qaytara oladi.

AQSh artilleriya batareyalari va havo mudofaasi boʻlinmalarining boshqa joyga koʻchirilishiga Seul qarshi chiqqan. 

“Agar bu holat Shimoliy Koreyaga qarshi tiyib turish strategiyamizga jiddiy xalaqit beradimi, deb soʻralsa, men ishonch bilan ayta olamanki — yoʻq”, degan Prezident vazirlar mahkamasi yigʻilishida.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Janubiy Koreya dunyodagi eng katta mudofaa byudjetlaridan biriga ega boʻlib, hisob-kitoblarga koʻra, bu mablagʻ Shimoliy Koreya yalpi ichki mahsulotidan 1,4 baravar koʻp.

AQShning Janubiy Koreyadagi kuchlari rasmiysi Yonhap axborot agentligiga bergan intervyusida operativ xavfsizlik nuqtai nazaridan muayyan harbiy kuchlar yoki vositalarning joylashuvi oʻzgarishiga izoh bermasligini aytgan.

Janubiy Koreya prezidenti xavfsizlikka oid xatarlarni past baholashda haq boʻlishi mumkin. Biroq AQSh mudofaa kuchlarining u yerda zaiflashishi Eron bilan bogʻliq mojaro fonida Tramp maʼmuriyatining Shimoli-sharqiy Osiyoga boʻlgan eʼtibori pasayganidan darak berishi mumkin. Chunki bu mintaqada Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturi va Tayvan boʻgʻozi ehtimoliy ziddiyat nuqtalari hisoblanadi.

Janubiy Koreyaning konservativ gazetasi JoongAng Daily mamlakat Shimoliy Koreyaga qarshi tiyib turish salohiyatidagi ehtimoliy boʻshliqlarni bartaraf etishi lozimligini taʼkidladi. Nashrga koʻra, vaqtincha boshqa joyga yoʻnaltirilgan vositalar oʻz vazifasini yakunlaganidan soʻng zudlik bilan qaytarilishi taʼminlanishi kerak. Shuningdek, Koreya oʻz mudofaasini mustahkamlash boʻyicha saʼy-harakatlarni jadallashtirishi lozim.

 

Yaponiya ham tashvishda

Yaponiya ham AQShning harbiy texnikasini Yaqin Sharqqa shoshilinch ravishda qayta joylashtirishiga moslashishga majbur boʻlmoqda. Bu holat Trampning Eron bilan bogʻliq mojaroga puxta rejasiz kirishgani va natijada Amerika qoʻshinlari choʻzilib ketadigan mojaroga tortilib qolishi mumkinligi haqidagi taxminlarga asos boʻlmoqda.

Yaponiyada AQShning 50 mingga yaqin askari bor, ularning yarmidan koʻpi janubiy Okinava orolida joylashgan. AQSh Harbiy-dengiz instituti hisobotiga koʻra, Tokioning janubidagi Yokosuka portida joylashgan ikki boshqariluvchi raketali jangovar kema ayni paytda Arabiston dengizi tomon safarbar etilgan.

Yaponiyaning asosiy muxolifat partiyasi rahbari Junya Ogava AQShning mamlakatdagi kemalarini Yaqin Sharqqa joʻnatishga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlardan xavotir bildirdi. Uning aytishicha, Yaponiya AQSh kuchlarining bu bazalardan Yaqin Sharqqa raketa otish uchun foydalanishiga ruxsat bermagan.

Muallif: Isomiddin JUMANAZAROV

Mavzuga oid yangiliklar

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning kuchayayotgan harbiy tahdidlariga qarshi turish uchun atom suvosti kemalarini qo‘lga kiritishga intilmoqda.

Jahon

28.05.2026, 16:53

AQSh Britaniyadan bombardimonchi samolyotlarini qaytib oldi

AQSh Eron bilan bog‘liq ehtimoliy xavfsizlik tahdidi ortidan Buyuk Britaniyadagi RAF Fairford bazasidan barcha bombardimonchi samolyotlarini olib chiqdi.

Jahon

05.10.2026, 10:22

Netanyahu Tramp taklif qilgan Ğazo rejasini rad etdi

Netanyaxu örtalarida kelişmovçiliklar kuçayib borayotgan Trampni “Oq uydagi eng buyuk döstimiz” deb atadi, şu bilan birga unga qarşi çiqişga tayyorligini ham oçiq aytdi.

Siyosat

10.08.2026, 11:14

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining fuqarolik yadro energetikasi dasturini rivojlantirishga yo‘l ochuvchi muhim kelishuvni rasman ma’qulladi. 30 yilga mo‘ljallangan bitim qiymati o‘nlab milliard dollarga baholanmoqda. 

Jahon

22.07.2026, 11:10

Ayrim Isroil amaldorlari urushni cho‘zmoqchi — AQSH vitse-prezidenti

Vitse-prezident Jey Di Vensning yangi bayonoti AQSH va Isroil o‘rtasidagi kelishmovchilik tobora oshib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Siyosat

16.07.2026, 15:54

Yadrosizlanishni AQSh ittifoqchilaridan boshlash kerak — Shimoliy Koreya

Pxenyan NATOni Osiyo-Tinch okeani mintaqasida qarama-qarshilikni kuchaytirayotganlikda aybladi.

Siyosat

11.07.2026, 14:27

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?

Kredit olish ilinjida firma ochish yoki ERI kalitini vositachiga ishonib topshirish yillar davom etadigan moliyaviy va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vositachi pulni olib ketadi, javobgarlik esa sizning zimmangizda qoladi.

Iqtisodiyot

24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi

 Namanganda 35 tonna asal bir joyga jamlandi. “Afsonalar vodiysi” bogʻida V Xalqaro asal festivali oçildi. 

Oʻzbekiston

24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?

Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi? 

Siyosat

24.10.2026, 11:06

Rasm SIda yaratilgan

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?

Nasiya savdosi Özbekistonda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq mahsulotni oyma-oy tölaş har doim ham arzon yoki foydali tanlov degani emas. 

Iqtisodiyot

24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Jahon

20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi

Voqea qachon, qayerda va qanday sodir bo'lgan?

Oʻzbekiston

20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi

Marko Rubio boshchiligidagi AQSh delegatsiyasining Samarqandga tashrifi doirasida Amerika va O‘zbekiston biznes vakillari 12 milliard dollarlik 54 ta hamkorlik kelishuvini tuzdi. 

Iqtisodiyot

20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 2026-yil 1-oktabr holatiga 39,5 million kishidan oshdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilmoqda.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda

Ko'prik ishga tushganidan so'ng, yo'l uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari Samarqandga kirish yo‘llarida hamda shaharning ayrim markaziy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bunga C5+1 uchrashuvi va bolalar farovonligiga bag‘ishlangan xalqaro sammit sabab bo‘ladi.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 09:41

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →