Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi
Bir paytlar Germaniya armiyasi tarkibidan chetlashtirilgan “Gepard” o‘ziyurar zenit qurollari bugun Ukrainada eng yaxshi dronlar kushandasiga aylandi.
Jahon
17.04.2026, 15:49
Ulashish:

Rossiyaning to‘rt yil avvalgi keng ko‘lamli bosqinidan so‘ng Germaniya qisqa vaqt ichida Ukrainaga “Gepard” o‘ziyurar zenit qurollari berishini e’lon qildi.
O‘shandan beri Germaniya Ukrainaga kamida 55 ta “Gepard” tizimini yetkazib berdi va ular mamlakat havo mudofaasining ajralmas qismiga aylandi.
Rossiyaning bosqini boshlanishidan avval Germaniya Ukrainaga 5000 dona dubulg‘a taqdim qilgan — bu esa keng tanqidlarga sabab bo‘lgandi.
“Gepard” Germaniyaning “halqali ayirboshlash”siz yetkazib bergan ilk og‘ir quroli hisoblanadi. “Halqali ayirboshlash” sxemasiga ko‘ra, Berlin uchinchi bir davlatga qurol-yarog‘ yuborar, o‘sha davlat esa o‘zida mavjud sovet davriga oid texnikasini Ukrainaga berardi.
Super dron kushandasi

Ukrainaning bir qancha ommaviy axborot vositalari “Gepard”ni “eng yaxshi dron tutib oluvchi” deb atadi.
Rossiya Ukrainaga muntazam ravishda 500 dan ortiq dron uchiradi. Ularning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilinadi.
“Gepard” o‘zining radar va 35 millimetrli to‘plari tufayli havo mudofaasida markaziy o‘rin tutadi. Bu qurollar qalin olov to‘lqini hosil qilib, dronlarni aniq nishonga ola biladi.
“Patriot” yoki “IRIS-T” kabi havo mudofaasi raketalarini qo‘llash bir necha million dollargacha xarajat talab etadi va ularning soni ham cheklangan.
Gepard ancha arzonroq o‘q-dorilardan foydalangani uchun dronlardan himoyalanishga juda mos.
Germaniya Shveysariyaning eksport cheklovlari hamda Ukrainadan kelayotgan yuqori talab tufayli “Gepard” uchun o‘q-dori ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ydi.
“Rheinmetall” kompaniyasining ma’lum qilishicha, joriy yildan boshlab Germaniya mudofaa shirkati Ukrainaga yana 180 ming dona 35 millimetrli “Gepard” o‘q-dorilarini yetkazib beradi.
Nega “Gepard” nazardan qolgandi?

“Gepard” Sovuq urushdan keyingi islohotlar doirasida Germaniya qurolli kuchlari – Bundesveridan bosqichma-bosqich chetlashtirilgan.
U radarlari, o‘t ochishni boshqarish texnologiyasi va maxsus o‘q-dorilari tufayli foydalanish uchun murakkab va qimmat hisoblangan.
"Gepard" pastlab uchuvchi samolyotlar yoki jangovar vertolyotlardan himoyalanishga mo‘ljallangan, biroq bunday tahdidlar ehtimoli endi kam degan qaror ustuvor edi.
Bundesver muqobil havo mudofaasi variantlariga, jumladan, yelkadan otiladigan “Stinger” raketalari kabi yengilroq va harakatchanroq yechimlarga e’tibor qaratgan.
2022-yilda Rossiya Ukrainaga keng miqyosda bostirib kirgach, qarorlar qayta ko‘rib chiqildi.
Natijada uchuvchisiz uchoqlar va qanotli raketalar keng ko‘lamda qo‘llanilar ekan, yaqin masofadagi havo hujumidan mudofaa tizimlari hamon muhim rol o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.
Bundesver yaqin yillarda shunga o‘xshash maqsadlar uchun 600 dona “Skyranger” tizimini xarid qiladi.
Ushbu tizim asosan, dronlarga qarshi himoyani kuchaytirishga mo‘ljallangan.
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
So'nggi yangiliklar

«Erimning qarzini nega men tölaşim kerak?» – maktub
Madaniy
27.07.2026, 13:52

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda
Jahon
27.07.2026, 12:22

Tibbiyot xodimlari farzandlari uçun kontrakt tölovining bir qismi qoplab beriladi
Oʻzbekiston
27.07.2026, 12:16

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Ukrainaning Eron kemasiga hujumi javobsiz qolmaydi – Abbos Aroqçi
Siyosat
27.07.2026, 09:50

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi
Siyosat
22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
