Qobiljonning oʻlimidan soʻng, onasi va ukasi qanday yashamoqda?
10 yoshli tojikistonlik Qobiljon Aliyevning fojiali oʻlimi jamoatchilikni larzaga solganiga bir oy toʻldi. Bu vaqt ichida uning onasi Nilufar Safarova ogʻir ruhiy zarbani yengib oʻtishga harakat qilmoqda, Qobiljonning ukasi esa hozirda Dushanbe shahridagi litseylardan birida tahsil olayotgani maʼlum qilindi.
Jahon
20.01.2026, 10:35
Ulashish:

«Asia-Plus» nashriga yaqin manbaning maʼlum qilishicha, ayni paytda ona va bolaning ahvoli qoniqarli. Ular davlat tomonidan poytaxtda hadya etilgan kvartiraga koʻchib oʻtishga qaror qilgan.
«Kvartira ona nomiga rasmiylashtirildi, barcha hujjatlar tartibga keltirildi, ish joyi ham belgilab qoʻyildi. Ahvollari biroz yaxshilangach, yangi uyga koʻchib oʻtishadi», — dedi manba.
Maʼlum qilinishicha, mamlakat tadbirkorlaridan biri Kobiljon Aliyevning onasini oyiga 1000 AQSh dollari maosh bilan ish joyi bilan taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga olgan.
Shu bilan birga, Nilufar Safarova hozircha ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilishdan bosh tortmoqda.
Kobiljonning ukasi tahsil olayotgan taʼlim muassasasi «Asia-Plus» tahririyatiga maʼlum, ammo bola xavfsizligi nuqtai nazaridan uning nomi oshkor etilmadi.
Fojia tafsilotlari
Eslatib oʻtamiz, Qobiljon Aliyev 2025 yil 16 dekabr kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi maktablardan birida 15 yoshli oʻsmir tomonidan pichoqlab oʻldirilgan. Jinoyatchi — Rossiya fuqarosi boʻlib, hujum milliy nafrat asosida sodir etilgan.
Hujumdan oldin u maktab qoʻriqchisini ham yaralagan, biroq u tirik qolgan. Jinoyat jarayoni ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirda namoyish etilgan.
Tarqalgan videolarda qoʻlida pichoq boʻlgan oʻsmir oʻquvchilar oldiga kelib: «Qaysi millatdansan?» deb soʻragani aks etgan. Qotil jinoyatdan soʻng maktabning oʻzidayoq huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻlga olingan.
U aybini tan olgan. Unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi 3-qismi (qasddan odam oʻldirish) va 30-modda 2-qismi (suiqasd) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ayni paytda u ikki oylik dastlabki qamoqda saqlanmoqda.
Ushbu fojia Rossiya jamiyatida soʻnggi yillarda kuchayib borayotgan millatchilik, migrantofobiya va shovinizm muhitining oqibatidir. Ekspertlar fikricha, jazosizlik va nafratni targʻib qiluvchi gʻoyalar taʼsirida soʻnggi 22 yil ichida Rossiyada kamida olti nafar tojik bolasi shafqatsizlarcha oʻldirilgan.
Jahon
20.01.2026, 10:35
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01
So'nggi yangiliklar

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

