updated: 22.03.2026, 07:38

Raqamlarga aylangan falastinliklar: 7 oktabr voqealariga 2 yil toʻldi

Roppa-rosa 2 yil muqaddam – 2023 yilning 7 oktabr kuni HAMAS Isroil harbiy bazalariga keng koʻlamli hujumlarni amalga oshirdi. Mazkur hujum Isroilning Gʻazo sektorida mislsiz qatliomni amalga oshirishiga sabab boʻldi. Oʻn minglab falastinliklar, shu jumladan, bolalar va ayollar qurbon boʻldi, jarohatlandi, uysiz, oziq-ovqatsiz, tibbiy yordamsiz qoldi. Gʻazoliklar butun insoniyat koʻz oʻngida raqamlarga, statistik maʼlumotlarga va tarixga aylanib bormoqda...

Jahon

07.10.2025, 15:01

Ulashish:

Raqamlarga aylangan falastinliklar: 7 oktabr voqealariga 2 yil toʻldi

Roppa-rosa 2 yil muqaddam – 2023 yilning 7 oktabr kuni HAMAS Isroil harbiy bazalariga keng koʻlamli hujumlarni amalga oshirdi. “Al-Aqso toʻfoni” nomini olgan mazkur amaliyot chogʻida, rasmiy manbalarga koʻra, 1200 kishi, shu jumladan, musiqa festivalining 364 ishtirokchisi oʻldirildi, 253 kishi asirga olindi. Mazkur hujum Gʻazo sektori va Iordan daryosining Gʻarbiy sohilida oʻn minglab falastinliklarning oʻlimiga, jarohatlanishiga va dahshatli azoblar girdobida qolishiga sabab boʻlgan Isroil qatliomiga sabab boʻldi.

 

Eng dahshatlisi, butun dunyo, ikki yildirki, falastinliklarning bombalar yomgʻiri ostida, har tomonlama qamal holatida qanday halok boʻlayotgani, ochlik, kasallik, chorasizlikdan azob chekayotganini onlayn tomosha qilmoqda. Turli minbarlarda bu qatliom qoralanayotgani, urush va qirgʻinbarotlarga chek qoʻyish chaqiriqlari yangrayotganiga qamasdan, hozircha deyarli hech qanday amaliy natijaga erishilgani yoʻq. Falastinliklar koʻz oʻngimizda raqamlarga, statistik maʼlumotlarga va tarixiy fakt-dalillarga aylanmoqda. Goʻyo ular haqdagi fakt va raqamlarni keltirsak, insonlar rahmini keltirib, koʻzlarini yoshlay olsak, nimadir oʻzgaradigandek tinimsiz ravishda bugun va shu paytgacha nechta falastinlik oʻlgani, qanchasi hujumlardan, qanchasi ochlikdan, qanchasi kasalliklardan halok boʻlganini eʼlon qilib boryapmiz. 

 

Hukumatlardan amaliy harakat chiqmagach, bir guruh faollar Global Sumud (matonat) flotiliyasini tashkil etib, insonparvarlik yuklari bilan kemalarga Gʻazo sari yoʻlga chiqishdi. Tabiiyki, barcha urinishlar Isroil tomonidan toʻxtatildi, faollar qoʻlga olindi. 

 

Ha, Isroil ham, aniqrogʻi isroilliklar ham koʻp narsani yoʻqotmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 7 oktabrdan shu paytga qadar Gʻazo va Livan chegarasida 1152 ta Isroil xavfsizlik kuchlari xodimi oʻldi, 6313 harbiy jarohatlandi. 30 mingdan ortiq isroillik ruhiy muammolar tufayli shifokorlarga murojaat qilgan. Isroilning xalqaro siyosiy-ijtimoiy mavqeyi yer bilan bir boʻldi. Ammo... Sulh kelishuvi jarayonlarida ham hujumlar toʻxtamadi, hatto HAMASning sulh hayʼatini yoʻq qilish uchun Qatar poytaxtiga hujum amalga oshirildi. Isroilning maqsadi Gʻazo va Gʻarbiy Sohilni butunlay egallab olish, falastinliklarni yoʻq qilishdan iborat va hozircha hech qaysi kuch Isroilni bu maqsadida qaytara olgani yoʻq. 

 

Biz esa tomoshabin sifatida qandaydir ilohiy aralashuvni kutyapmiz. Ha, nimadir boʻladi, ammo unga qadar statistik maʼlumotlarni oʻqib, oʻzimizni rahmli insondek his qilib turaylik-chi.

 

Falastinliklar statistik maʼlumotlar sifatida

2023 yil 8 oktabridan buyon Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida:

kamida 67 160 falastinlik halok boʻldi. Ularning 20 mingdan ziyodi bolalar, 12,5 mingdan ortigʻi ayollardir;

460 kishi, jumladan, 154 bola ochlik va yetarli ovqatlanmaslikdan;

17 kishi, jumladan, 14 bola sovuqdan;

23 falastinlik havodan tashlangan insonparvarlik yuklari ostida qolib;

2 610 kishi yordam tarqatish punktlarida qasddan uyushtirilgan hujumlarda halok boʻldi, 19 ming 143 kishi yaralandi;

 

169 ming 679 kishi yaralandi;

268 ming uy butunlay, 153 tasi qisman vayron qilindi;

288 ming falastinlik oila uysiz qoldi;

38 ta shifoxona;

96 ta sogʻliq markazi;

725 ta markaziy quduq;

5 080 km elektr tarmogʻi;

247 ta hukumat binosi;

208 ta arxeologik va madaniy meros obʼekti;

292 ta inshoot, oʻyin maydoni va sport zali yoʻq qilindi.

Isroil Amerika koʻmagida 365 kv km maydondagi Gʻazo sektoriga 100 ming tonnadan ziyod miqdorda bomba tashladi. Maʼlumot uchun, poytaxtimiz Toshkentning maydoni 435 kv. km.

 

Jahon

07.10.2025, 15:01

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

“Odisseya” filmi kitob savdosi va yunon tiliga qiziqişni keskin oşirdi

6-iyulda premyera qilingan Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi Gomerning qadimiy dostonini öqiş va yunon tilini örganişga qiziquvçilar sonini keskin oşirib yubordi. Biroq, ayrim puristlar uşbu kinodan unçalik xursand emas...

Madaniy

28.07.2026, 16:21

Yamandagi husiylar yangi uruş boşlamoqda

Yamanda husiylarga qarşi kuçlar şakllanişi mumkin. Çunki uruşning qayta avj olişidan darak beruvçi alomatlar mavjud.

Jahon

28.07.2026, 13:45

Qiziga majburlab mol göngi yedirgan ota qölga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanida ota öz qiziga nisbatan zöravonlik qilgani aks etgan video tarqalişi ortidan viloyat Içki işlar boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

28.07.2026, 12:39

Fransiyada erkak uç ayolga piçoq bilan hujum qildi

Ikki qölida piçoq uşlagan hujumçini atrofdagilar politsiya yetib kelgunça yerga yiqitib uşlab turişgan. “Menga Alloh buyurdi” - degan jinoyatçi.

Jahon

28.07.2026, 10:48

«Erimning qarzini nega men tölaşim kerak?» – maktub

Tahririyatimizga Sirdaryo viloyatida yaşovçi bir ayoldan yurakni ezadigan murojaat kelib tuşdi. Uning aytişiça, turmuş ortog'i oila davomida uning nomiga bir neçta kredit rasmiylaştirgan.

Madaniy

27.07.2026, 13:52

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda

Umumiy vaziyat juda yomon, biz  ilgari kuzatilmagan holatga duç keldik, dedi Fransiya rasmiysi.

Jahon

27.07.2026, 12:22

Tibbiyot xodimlari farzandlari uçun kontrakt tölovining bir qismi qoplab beriladi

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil iş stajiga ega bo'lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uçun yangi subsidiya tizimi işga tuşirildi.

Oʻzbekiston

27.07.2026, 12:16

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi

Töqayevga köra, mojaroni muzlatib, Istanbul formulasining 2.0 talqiniga qaytiş kerak. Ammo Putin va Zelenskiyning istaklarini inobatga olsak, bu imkonsizga öxşaydi.

Siyosat

27.07.2026, 10:30

Ukrainaning Eron kemasiga hujumi javobsiz qolmaydi – Abbos Aroqçi

Eron va Ukraina örtasidagi munosabatlar 2022-yildan buyon keskinlaşgan. Bunga Eron Rossiyaga Şahed dronlarini yetkazib bergani sabab bölgan.

Siyosat

27.07.2026, 09:50

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi

Bu topilmalar 4000-yil oldingi davrga tegişli bölib, hozirça ilm-fanga ma’lum bölgan eng qadimgi xonaki ipak qurti pillalari hisoblanadi.

Fan-texnologiya

25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi

Braunau am Inn şahrida bir qizaloq öynayotib, suyak topib oladi. Bu suyak orqali uruş davrida tartibsiz kömib tashlangan 120 dan ortiq askar qabri topildi.

Fan-texnologiya

25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi

BMT delegatsiyasini Boş vaziri aş-Şayboniy kutib oldi. Bu amaldagi BMT rahbarining 17 yil içida Suriyaga ilk rasmiy taşrifidir.

Jahon

25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov

Kreml matbuot kotibining aytişiça, agar yangi tinçlik takliflari bölmasa, Rossiya ğalabagaça jang qiladi.

Siyosat

25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp

Trampning aytişiça, Venesuela saylovlarga tayyor emas, biroq mamlakatda ijobiy özgarişlar bölmoqda.

Siyosat

25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?

23-iyul kuni davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul test sinovlari yakunlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi. 

Ta'lim

24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi

Fujyan provinsiyasidagi maşğulotlar AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio va Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Tayvan masalasini muhokama qilganidan bir kun ötib boşlandi.

Siyosat

24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi

Isroillik “köçmançilar”ning Islomning muqaddas qadamjosiga bostirib kirişi “nafrat”ni kuçaytirib, mustahkam tinçlikka tösiq bölmoqda, deyiladi qöşma bayonotda.

Jahon

24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov

Özbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Xitoylik hamkasbi Van I bilan uçraşdi. Ikki davlat taşqi işlar vazirlari strategik hamkorlikning yangi yönalişlarini muhokama qilişdi. 

Siyosat

24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB

Markaziy bank O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha jami 5,8 ming respondent ishtirokida aholi qarz yuki darajasini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi. 

Iqtisodiyot

23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi

O'n yildan ortiq davomida Jeffri Epshteynga yosh model qizlarni "taqdim etib" kelgan fransuz skaut Daniel Siad 20-iyul kuni Parij yaqinidagi Kolomb shahridagi uyidan oʻlik holda topildi. 69 yoshli Siad hech qachon rasman sudlanmagan, biroq uning ismi AQSH Adliya vazirligi hujjatlarida 2000 martadan ortiq tilga olingan. 

Jahon

23.07.2026, 10:01

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →