Starmer ketdi. Britaniya yana bosh vazir izlayapti
Dushanba kuni ertalab Kir Starmer Dauning-stritdagi mashhur qora eshik oldiga chiqdi — va iste'fosini e'lon qildi. Ovozi bir-ikki marotaba qaltiradi. "Parlament fraksiyam bergan javobni eshitdim va uni munosib qabul qilyapman" — dedi u va hammasi shu bilan tugadi.
Jahon
22.06.2026, 19:58
Ulashish:

Британия Бош вазири Кир Стармер душанба куни Даунинг-стрит 10 олдида истеъфосини эълон қилмоқда. (REUTERS / REUTERS)
Ikki yil oldin u katta umid bilan keldi. 14 yillik Konservatorlar hukumati mamlakatni charchatib ketgandi — Breksit, pandemiya mojatolari, bir-birini quvib o'zgarayotgan bosh vazirlar. Starmer barqarorlik va'dasi bilan saylovga kirdi. Leyboristlar tarixiy g'alaba qozondi.
Lekin ikki yil — Britaniya siyosatida abadiylik.
Iqtisod tuzalmadi. Kasalxonalar, maktablar o'sha ahvolda qoldi. Odamlar va'dalarni esladi, natijalarni kutdi — natija ko'rinmadi. Reyting yil sayin eriy bordi. Keyin Epshteyn fayllari keldi.
Epshteyn — Amerikaning boyavoy moliyachisi, o'nlab voyaga etmagan qizlarni istismor qilgani uchun sudlangan, 2019 yilda qamoqxonada halok bo'lgan odam. Uning shaxsiy arxivi ommaga chiqarilgach, jahon siyosati silkinib ketdi — chunki u hamma bilan do'st bo'lgan: prezidentlar, shahzodalar, vazirlar.
Britaniyadan Piter Mandelson — Leyborist partiyasining eski tulpori. O'zi tajribali, uddaburon, Tramp ma'muriyati bilan til topishadi degan umidda Starmer uni AQSh elchisi qilib yubordi. Fayllar chiqgach ma'lum bo'ldiki, Mandelson Epshteynni "eng yaxshi do'stim" deb atagan, u sudlanganida "kurash, tez chiqib ket" deb xat yozgan, hatto davlat sirlarini unga oshirib turgan. Starmer Mandelsonni ishdan oldi — ammo uni umuman tayinlaganligi uchun baho to'ladi.
Ustiga ustak, mahalliy saylovlar fojia bilan tugadi. Partiya ichida norozilik kuchaydi. So'ng Endi Bernham sahnaga chiqdi.
Bernham — Manchester shahrini to'qqiz yil boshqargan odam. Shimolni — Britaniyaning kambag'alroq, eski sanoat mintaqasini — tiklashga umr bag'ishladi. Oddiy odamlar uni yaxshi ko'radi, "Shimol qiroli" deyishadi. U parlamentga qaytish uchun qo'shimcha saylovga tushdi — va g'alaba qozondi. Bu Starmerga ochiq musobaqa e'loni edi.
Bernham dushanba kuni parlamentda deputatlik qasamini ichdi. Starmer esa o'sha tongda iste'fosini e'lon qildi. Sobiq raqibi Ues Striting ham Bernhamni qo'llashini aytdi. Ya'ni — toj berish rasmiyatchilik, musobaqa bo'lmaydi degan umid bor.
Bernham sentyabrgacha yangi bosh vazir bo'lishi kutilmoqda.
Britaniya siyosati shunday — o'n yil ichida mana shu yettinchi bosh vazir. Tizim har safar odamni ezadi, keyin yangi umid izlaydi. Bernham o'sha umid. Lekin mikroskop tagida ish boshlanadi — va u ham o'sha mikroskop tagida.
Jahon
22.06.2026, 19:58
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Britaniyada boylar va qudratli shaxslarni qoʻlga olish uchun yangi partiya tashkil etilmoqda
Jahon
25.07.2025, 12:10

AQSh Britaniyadan bombardimonchi samolyotlarini qaytib oldi
Jahon
05.10.2026, 10:22

Britaniya 16 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlamoqda
Jahon
17.07.2026, 09:44

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55

Tramp telefon orqali Putin va Zelenskiy bilan suhbatlashdi
Jahon
15.06.2026, 10:24

Oʻzbekiston fuqarolari uchun Britaniyada mavsumiy ish kvotalari oshiriladi
Oʻzbekiston
19.09.2025, 17:29
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
