Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan.
Jahon
22.05.2026, 15:04
Ulashish:

Bu erining odatiy qo‘ng‘irog‘i edi. U ishini tugatganini va uyga qaytishdan oldin bozorga kirib o‘tishini aytdi. Eri urushdan qaytayotgandi.
Ammo Fahmi al-Fateh uyiga yetib kelolmadi. Rafiqasi Azaher Abdulla avval do‘stlari va yaqinlariga qo‘ng‘iroq qildi, so‘ng Sudan armiyasidagi erining hamkasblariga sim qoqdi. Fahmi al-Fatehni oxirgi marta poytaxt Xartumdagi harbiy bazadan mototsiklda chiqib ketayotganida ko‘rishgan ekan.
O‘shandan beri bir yil o‘tdi. 3 yoshli o‘g‘li har bir o‘tgan mototsiklni ko‘rib, “otam kelyapti” deb, baqiradi.

Erini qidirib yurgan Azaher Abdulla
Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Azaher Abdullaning eri Sudandagi uch yillik urush davomida bedarak yo‘qolgan 8000 dan ortiq kishidan biridir.
2023-yil aprelida Sudan armiyasi va harbiylashgan Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari (RSF) o‘rtasida urush boshlandi.
Ushbu mojaro ko‘plab oilalarni bir-biridan judo qildi. Odamlar jon saqlab qochayotganda yaqinlaridan ayrilgan yoki janglar paytida izsiz yo‘qolgan.
O‘tgan yili Sudan armiyasi poytaxtni harbiylashtirilgan jangarilardan qaytarib olganidan so‘ng o‘n minglab jasadlar ko‘milgan nomsiz qabrlarni topdi.
Xartum viloyatida bedarak yo‘qolganlarning aksariyati shu yerlarga dafn etilgan bo‘lishi mumkin.
Janglar avj olganda jasadlarni qabristonga ko‘mish juda xatarli. Odamlar imkon topgan yeriga qabr qazishmoqda.
Joriy yilning aprel oyida shahar bo‘ylab mashinada yurgan “Associated Press” muxbirlari futbol maydonlari va qabristonlar murdalarga to‘lib ketganiga guvoh bo‘lishdi.
“Qaytishingizga ishonaman”
O‘tgan yil yanvarda eri barvaqt uydan chiqib ketganida, Azaher Abdulla hali uxlayotgan edi. 38 yoshli fermer va savdogar Al-Foteh urush boshlanganida Sudan armiyasiga qo‘shilgan.
U Xartumni harbiylashtirilgan Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlaridan ozod qilishda yordam berayotgandi.
O‘shandan beri 30 yoshli Abdulla butun shaharni kezib chiqdi, kasalxona murdalarini tekshirdi va armiyadan yordam so‘radi.
Erining bo‘linmasidagilar Al-Fotehni topishga harakat qilishlarini, agar hech qanday xabar bo‘lmasa, bedarak yo‘qolgan deb hisoblanishini aytishdi.
Ayol Xartum chekkasidagi uyida erining harbiy kiyimdagi suratlarini varaqlab, bir kuni qaytib kelishiga ishonib yashamoqda.
Psixologlarning ta’kidlashicha, yaqin kishisi bedarak yo‘qolgan odamlar yillar davomida chuqur iztirobga duchor bo‘lishadi.
Sudandagi ba’zi oilalar uchun yagona yechim – qidiruvni davom ettirish.
“Seni topishdan umidimni uzganim yo‘q”

Sulafa Mustafoning o‘g‘li ikki yil avval nom-nishonsiz yo‘qolgan. Tortinchoq yigit, 18 yoshli Sulaymon Abdalsid Xartum yaqinidagi do‘stining uyiga ketib, qaytib kelmadi.
Onasi bombardimon tovushlari aks-sado berib turgan ko‘chalarni kezib, uyma-uy yurdi. U shifoxonalar-u, qamoqxonalargacha bordi, yuzlab odamlarga o‘g‘lining suratini ko‘rsatdi.
Hatto farzandining ismini aytib chaqirish uchun ijaraga mikrofon oldi.
“O‘g‘limni topishdan umidimni uzganim yo‘q”, - dedi u jurnalistlarga qo‘llari bilan yuzini to‘sib.
“Qalbimda o‘chmas iztirob qoldi”
Urush davom etayotgan bir paytda Sudanda odamlarni tirik yoki o‘lik holda topish qiyin. DNK tahlili uchun foydalanish mumkin bo‘lgan laboratoriyalar vayron qilingan, sud-tibbiyot mutaxassislari esa deyarli qolmagan.
Xartum viloyatida rasmiylar Tezkor harakat kuchlari hududni nazorat qilgan paytda uylar yaqinida, sport maydonlarida yoki yo‘l bo‘yida shoshilinch dafn etilgan 50 mingga yaqin jasadning qariyb 30 mingini boshqa joyga ko‘chirdi. Bu ishlar hamon davom etmoqda.
Taxminan 10 foiz qayta dafn etilganlarning shaxsi aniqlanmagan.
Xartum sud-tibbiy ekspertiza departamenti bosh direktori Hishom Zeynulobiddinning aytishicha, kun kelib yaqinlari bilan solishtirish umidida shaxsi aniqlanmagan jasadlardan DNK namunalari saqlab qo‘yilmoqda.
Yaqinlarini topgan-u, biroq munosib dafn eta olmayotgan oilalarning dardi bo‘lakcha.
Abubakar as-Suvay 73 yoshli akasi Muhammadning jasadini uyi oldidan jamoat qabristoniga ko‘chirish uchun bir yildan ortiq vaqt kutdi.
Tezkor harakat kuchlari Muhammadni o‘ldirgan, biroq qo‘shnisiga o‘q teggan va chiriy boshlagan jasadni dafn etishga uch haftadan so‘ng ruxsat bergan.
Sudanda keng tarqalgan Islom an’anasiga ko‘ra, dafn marosimini imkon qadar tez, o‘rtacha 24 soat ichida o‘tkazish kerak.
“Bu voqea qalbimda o‘chmas iztirob qoldirdi”, - dedi Abubakar as-Suvay.
Avvalroq Sudandagi onalar va bolalar hayoti xavf ostida qolgani haqida xabar bergandik.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Mavzuga oid yangiliklar

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1700 kishidan oshdi (fotolavhalar)
Jahon
30.06.2026, 12:07

Afg‘onistonda Eronga ketayotgan 5 muhojir sahroda halok bo‘ldi, 14 nafari bedarak yo‘qoldi
Jahon
20.07.2026, 16:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
