updated: 22.03.2026, 04:38

"Tolibon" – Markaziy Osiyo: Rossiya nimani rejalashtirmoqda?

Soʻnggi vaqtlarda Markaziy Osiyo davlatlarining “Tolibon” hukumati bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalari rivojlanib bormoqda. Bunga Qozogʻiston hamda Tojikiston davlati tomonidan "Tolibon"ning terrorchi tashkilot roʻyxatidan chiqarilgani hamda mazkur hukumatning diplomatlaridan ishonch yorliqlarini olganliklari yaqqol misol. Ayni paytda bu qarorni Markaziy Osiyo davlatlarining yaqin hamkori boʻlgan Rossiya ham qoʻllab-quvvatlamoqda. Xoʻsh, mintaqa davlatlari bunday harakatlar bilan 2 yil oldin dunyo hamjamiyatiga bergan vaʼdalarini bajarmayotgan "Tolibon" hukumatini tan olishga qaratilgan harakatini boshladimi? Rossiyaning "Tolibon" bilan yaqin munosabatda boʻlishi Markaziy Osiyo davlatlariga qay darajada taʼsir koʻrsatadi? Shu kabi savollarga PARADIGMA.UZ siyosatshunos Hamza Boltayevdan javob oldi. 

Jahon

18.10.2024, 15:15

Ulashish:

"Tolibon" – Markaziy Osiyo: Rossiya nimani rejalashtirmoqda?

"Tolibon" – Markaziy Osiyo: Rossiya nimani rejalashtirmoqda?

Rossiya –"Tolibon" munosabatlari haqida 

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya hukumati "Tolibon"ni terrorchi tashkilot sifatida koʻrishiga qaramay, avvaldan u bilan doimiy aloqada boʻlib kelgan. Oldingi hukumat — Afgʻoniston Islom Respublikasi davrida ham Rossiya "Tolibon" bilan aloqalar qilib turgan. "Tolibon" Rossiyadagi konferensiyalarda ishtirok etish uchun kelib turgan hamda ular orasida fikr almashinuvlar, muhokamalar boʻlib turgan.

"2021 yilning avgust oyidagi voqeada — "Tolibon" hokimiyati oʻrnatilganidan keyin Rossiya va uning oʻrtasida munosabatlarning iliqlashishga qaratilgan xatti-harakatlar yanada yuzaga chiqdi. Tataristondagi Qozon forumida ham Rossiya va "Tolibon" oʻrtasida muloqotlar boʻldi. Rossiya oliy doira vakillari tomonidan "Tolibon"ni terroristik tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish taklif qilindi. Bularning barchasi Rossiya va "Tolibon" oʻrtasidagi munosabatlarni iliqlashtirishga qaratilgan harakat hisoblanadi", deydi siyosatshunos.

Uning fikriga koʻra, hali bu harakatlar Rossiya "Tolibon"dan Markaziy Osiyoga taʼsir oʻtkazish uchun foydalanish darajasiga yetmagan.

"Voqealar rivoji shu darajada ketadigan boʻlsa, hali yaqin kelajakda Rossiya va “Tolibon” munosabatlari mustahkamlanib ketishi boʻyicha birorta belgi koʻrayotganim yoʻq", dedi Hamza Boltayev.

Xitoy –"Tolibon" munosabatlari xususida

Bundan tashqari, "Tolibon"ning Xitoy bilan munosabatlari ham tarixan yaxshi boʻlib kelgan. Birinchi boʻlib Xitoy "Tolibon" elchisidan rasmiy ishonch yorligʻini qabul qilgan hukumat hisoblanadi. Xitoy va "Tolibon" oʻrtasida diplomatik munosabatlar boʻlmasa-da, savdo-iqtisodiy munosabatlar mavjud.

Siyosatshunosga koʻra, Xitoy Afgʻonistonga nisbatan oʻz siyosatini uchinchi davlat yoki mintaqa qanday deb oʻylashi yoki nom berishi kabi holatlarga qarab shakllantirishdan ancha yiroq. Buning uchun munosabatlarga rasmiy nom berishdan koʻra amaliy qadamlar muhim. 

"Bu haqiqiy pragmatizm va amaliy natijaga qaratilgan hamkorlik. Shu kunga qadar Xitoyning rasmiy kompaniyalari hali Afgʻonistonga investitsiyalar kiritmadi. 

Amudaryo hududida neftni qayta ishlash, 10 mlrd dollarlik litiy konlari va Qobulni xavfsiz hudud sifatida "pilot" loyihalar boʻyicha takliflar berayotgan boʻlsa, bularning barchasi xususiy tashkilotlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Davlatning rasmiy kompaniyalari yoki tashkilotlari tomonidan berilmayapti. Shundan xulosa chiqarish mumkinki, 

Xitoy Afgʻoniston bilan qilayotgan munosabatlarida bir tomondan juda ham ehtiyotkorlik bilan harakaatlanmoqda. Xitoyning bunday ehtiyotkorona harakati Tolibonning Afgʻonistonda xavfsizlik masalalarini toʻlaqonli hal etganiga  ishonchi komil emasligi orqali talqin qilish mumkin. Shuning uchun sarmoya kiritish va boshqa masalalarda ikkilanib turibdi”, dedi siyosatshunos.

Markaziy Osiyo – "Tolibon" munosabatlari qay darajada mustahkam? 

Boltayevning soʻzlariga koʻra, soʻnggi vaqtlardagi Markaziy Osiyo davlatlarining Afgʻoniston bilan munosabatlaridagi iliqlashuv bu mazkur hukumatni tan olishga harakat qilyapti degani emas.  

Uning aytishicha, Markaziy Osiyo va Afgʻoniston munosabatlari iliqlashuv jarayonida. Garchand mintaqa “Tolibon”ni tan olmagan boʻlsa-da, munosabatlarni yaxshilanish yoʻlida ketmoqda. U bu munosabatlarni pragmatizm va amaliy choralarni ustuvor qilib qoʻyuvchi munosabat deb atadi.

"Diplomatik yoki rasmiy munosabatlarning oʻrnatilishi, bunday munosabatlarning iliqlashuvi va yaxshilanishi oqibatida tabiiy jarayon sifatida amalga oshib ketishi mumkin. Agar munosabatlar shu yoʻnalishda iliqlashib, yaxshilanib ketsa kelgusida Oʻzbekiston "Tolibon" hukumatini tan olishi ham ehtimoldan xoli emas. Agar qandaydir kutilmagan fojiaviy holatlar yuz bermasa, masalan, Afgʻonistonda xavfsizlik bilan bogʻliq jarayonlarning oʻta yomonlashib ketishi oqibatida ichki nizolarning yana kuchayib ketishi, Gʻarb va Afgʻoniston munosabatlarining haddan ortiq keskinlashib ketishi sabab "Tolibon" va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarining uzoqlashuviga olib kelishi mumkin", deya bayon qilmoqda siyosatshunos.

Shuning uchun Markaziy Osiyo "Tolibon" hukumatini tan olish masalasida Gʻarb, Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlarning manfaatlarini koʻzlab barcha tomonlarni hisobga olib harakat qiladi. Markaziy Osiyo davlatlari va Afgʻoniston munosabatlari iliqlashuvida Oʻzbekiston ancha faol. 

Bosh vazir Abdulla Aripovning Afgʻonistonga borgani katta rasmiy tashrif sifatida baholangan. “Tolibon” bilan munosabatlari yaxshi boʻlgan Eron va Pokiston bilan ham bu darajada rasmiy uchrashuvlar boʻlmagan. Siyosatshunos "Tolibon" ishonchlimi degan savolga "Davlatlar oʻrtasida ishonch abadiy emas", deb javob berdi. 

"Ishonch bormi?! Bor, lekin u qay darajada ekanligiga baho bera olmaymiz. Yuqori martabali davlat vakillari boryaptimi, demak ishonch shu darajada. “Tolibon” ishonchlimi yoki ishonchli emasmi degan savolga javob berish juda qiyin", deydi siyosatshunos.

Uning soʻzlariga koʻra, Afgʻoniston tarixida kutilmagan holatlar boʻlgan. Munosabatlar yaxshi boʻlib turgan bir paytda yomonlashib ketgan holatlar ham mavjud. Bunga yorqin misol sifatida Eron va Pokistonni olishimiz mumkin.

"Men pokistonlik tahlilchilar bilan gaplashganimda "Biz hayratdamiz, qanday qilib "Tolibon" Pokistonning Milliy xavfsizligiga taʼsir qiladigan kuchlarni qoʻllab-quvvatlashi mumkin?! Baʼzi ekspertlar ochiq aytishadi, Afgʻoniston hududidan AQSh va Ittifoq kuchlarining olib chiqib ketishiga Eron va Pokistonning yordami "Tolibon"ga nisbatan juda katta. Shunga qaramasdan Eron chegarasida toʻqnashuvlar boʻldi. 

Eronga qarshi Afgʻoniston hududidan boshlanuvchi Hilmand daryosidagi suv masalasini Eronga qarshi qurolga aylantirdi. "Tolibon" bilan Eron oʻrtasidagi munosabatlar juda yaxshi boʻlgan. Chunki Amerikaga qarshi kurashishda ikkovining ham manfaatlari bir boʻlgan. Bular oʻrtasidagi harbiy va boshqa hamkorliklar oʻn yilliklarga borib taqaladi. 

Shunga qaramay chegarada toʻqnashuvlar yuz beryapti, narkotik moddalar savdosi, odam savdosi va suvdan qurol sifatida foydalanishga harakatlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarga putur yetkazish holatlari yuz beryapti", degan Hamza Boltayev.

Siyosatshunos "Tolibon"ning ishonchli yoki ishonchli emasligi boʻyicha uzoq muddat uchun javob bera olmasligini aytmoqda. Chunki ular yuqorida koʻrib turganimizdek oʻzgaruvchan.

"Hozirgi hukumat Afgʻonistonni boshqarishda uzoq yillik malakaga ega emasligini inobatga olgan holda aytish mumkinki, "Tolibon"ning kutilmagan va yumshoq qilib aytganda "tushunarsiz" harakatlar sifatida koʻriladigan ishlarni qilib qoʻyish ehtimoli juda yuqori. Bunday holatlar koʻp hollarda davlatchilik borasidagi malakaning yetishmasligidan kelib chiqadi", deya siyosatshunosh oʻz fikrini yakunladi.

Jahon

18.10.2024, 15:15

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?

Dunyoda qudratli harbiy kuchga ega davlatlar oʻz taʼsir doirasini kuchaytirish va soʻzini oʻtkazish uchun maʼlum hududlarda harbiy bazalar ochadi. Masalan, Amerika Qoʻshma Shtatlarining 80 ta davlatda, Rossiyaning 14 ta, Turkiyaning 11 ta, Eron va Saudiya Arabistonining uchta mamlakatda oʻz harbiy bazalari mavjud. Markaziy Osiyo hududida ham bir nechta xorijiy harbiy bazalar joylashgan. Xoʻsh, ular qaysi davlatlarga tegishli va mintaqada bu borada kimning taʼsiri kuchli? Bugun shu haqda gaplashamiz.

Siyosat

04.02.2025, 14:04

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda

Putin, shuningdek, Fors koʻrfazi arab davlatlari rahbarlari bilan doimiy aloqada ekanini bildirgan.

Jahon

07.03.2026, 11:18

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?

Eronning asosiy diplomatik hamkorlari — Rossiya va Xitoy AQSh–Isroilning Eronga qarshi harakatlarini xalqaro huquq buzilishi deb atadi, urushni qoraladi. Biroq ular harbiy yordam koʻrsatmadi.

Jahon

06.03.2026, 14:09

Rossiyada muzlab qolgan itga yordam bergan kurer ishdan boʻshatildi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida -20 daraja sovuqda muzlab qolgan, Dodobonya laqabli uysiz itni adyol bilan oʻrab qoʻygan pitsa yetkazib beruvchi kurer ishdan boʻshatildi.

Jahon

27.02.2026, 12:34

So‘nggi yangiliklar

Ukraina va Saudiya: Kiyev harbiy tajribasini Fors ko‘rfaziga eksport qilmoqda

Dronlarga qarshi kurashish borasida jahon yetakchisiga aylanib ulgurgan Ukraina Saudiya Arabistoni bilan mudofaa shartnomasini imzoladi.

Jahon

28.03.2026, 17:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)

O‘nlab yillar mobaynida shaxsini sir tuta olgan “ko‘cha” rassomi kimligi ma’lum. Bu haqda Reuters xabar qildi. Biroq ko‘pchilik, xususan, Euronews bu yangilikka shubha qilmoqda, chunki Banksining shaxsi hanuz rasmiy tasdiqlanmadi.

Madaniy

28.03.2026, 15:48

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43