updated: 21.03.2026, 21:28

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Ulashish:

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

Dastlabki tergov natijalaridan xabardor manbalarga koʻra, bunga yaqin atrofdagi harbiy-dengiz bazasi haqidagi eskirgan razvedka maʼlumotlari sabab boʻlgan.

 

Nishon nega yanglish belgilangan?

28 fevral kuni Minab shahridagi Shajareh Tayyiba maktabiga berilgan zarba AQSh harbiylari qoʻshni Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) obʼektini nishonga olayotgan vaqtda yuz bergan.

CNN manbalariga koʻra, AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) zarba koordinatalarini belgilashda Mudofaa razvedka boshqarmasi (DIA) taqdim etgan eskirgan maʼlumotlardan foydalangan.

2013 yilgi sunʼiy yoʻldosh tasvirlari maktab va IIQK bazasi bitta hududda boʻlganini koʻrsatadi. Biroq 2016 yilgi kadrlarda maktab bazadan devor bilan ajratilgani va alohida kirish yoʻli qurilgani aniq koʻrinadi. 2025 yil dekabr oyidagi tasvirlarda esa maktab hovlisida oʻynayotgan oʻnlab odamlarni koʻrish mumkin boʻlgan.
 

Foto: CNN

Izoh: Maktab sariq bilan belgilangan. Oq bilan chizilgan uzuq-uzuq chegara maktab va Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi binosi oʻrtasidagi devor.

Prezident Donald Tramp 11 mart kuni AQShning ushbu zarba uchun javobgarligi haqidagi dastlabki tergov xulosalaridan xabari yoʻqligini aytdi.

“Men bu haqda bilmayman” ,- deya javob berdi Tramp CNN muxbirining javobgarlikni boʻyniga olish haqidagi savoliga.

Avvalroq prezident zarbada Eronning oʻzini ayblashga uringan edi. Nima uchun uning maʼmuriyati bu daʼvoni qoʻllab-quvvatlamayotgani haqidagi savolga esa: “Chunki men bu haqda yetarli darajada bilmayman”, deb javob bergan.

Foto: Ekran yozuvi

Biroq, AQSh senatori Elizabet Uorren X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida: “Tramp maʼmuriyati Erondagi qizlar maktabining bombardimon qilinishini tasdiqladi. Bu soʻnggi oʻn yilliklardagi eng halokatli harbiy xatolardan biri”, - deya yozib qoldirgan. Shuningdek, senator Trampning gaplari yolgʻonligini, AQSh Urush vaziri Pet Xigset ishdan boʻshatilishi kerakligini ham taʼkidlagan.

Eronning Mehr News agentligi tomonidan eʼlon qilingan va CNN tomonidan tasdiqlangan videolavhalar ekspertlar fikri toʻgʻriligini koʻrsatmoqda. Kadrlarda Amerikaning BGM yoki UGM-109 Tomahawk qanotli raketasi bazaga kelib urilgani, uning oʻng tomonida — maktab yoʻnalishida esa ulkan tutun koʻtarilayotgani aks etgan.

Eron rasmiylari vayron boʻlgan maktab oldida namoyish etgan qismlar Amerikaning Tomahawk raketasi qoldiqlariga mos keladi. Tramp esa Eronning oʻzida ham shunday raketalar borligini iddao qildi, biroq ekspertlar buni rad etmoqda.

Roytheon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu raketalar faqat AQShning sanoqli ittifoqchilarida bor. Hatto Isroilda ham bunday raketalar mavjud emas.

 

Tergov davom etmoqda

Mudofaa vaziri Pit Xegset 10 mart kuni zarba boʻyicha puxta tergov oʻtkazilishini vaʼda qildi. U AQSh tinch aholi orasida talofatlarni oldini olish uchun barcha choralarni koʻrganini aytib, Eronni nishon tanlamasdan zarba berishda aybladi.

Oq uy matbuot kotibi Karolin Livitt ham tergov hali yakunlanmaganini va yakuniy xulosalarni kutish kerakligini taʼkidladi. Ayni paytda Pentagondan rasmiy izoh berish soʻralgan, biroq vazirlik hozircha sukut saqlamoqda.

                                                          Muallif: Maftuna BAXTIËROVA

Jahon

13.03.2026, 12:20

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi

Islomoboddagi kasalxonada yuz bergan fojiadan so'ng sog'liqni saqlash sohasining yuqori lavozimli rahbari vazifasidan chetlatildi.

Jahon

26.08.2026, 15:35

Telefon raqami orqali bank hisobraqamiga pul o'tkazish joriy etiladi

Markaziy bank telefon raqami orqali bank hisobvaraqlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri pul o'tkazmalarini amalga oshirishning yangi tartibini tasdiqladi.

Iqtisodiyot

26.08.2026, 15:06

Buyuk Britaniya AQSHning Eronga qarshi sanksiyalarini olqishladi

Buyuk Britaniya moliya vaziri yangi hokimiyat Eronga qarshi 240 dan ortiq sanksiya joriy qilganini aytdi.

Siyosat

26.08.2026, 11:47

Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozida vaqtinchalik koridor ochishni muhokama qilmoqda

Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi kemalar harakatini tartibga solish hamda minalardan tozalashga oid  qo‘shma loyiha bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.

Siyosat

26.08.2026, 10:36

AQSH Eronni iqtisodiy bosim bilan sindira oladimi?

AQSH nega Eronga qarshi yangi iqtisodiy jang ochdi? Harbiy bosim natija bermagach, Vashington endi neft savdosi va yashirin moliyaviy tarmoqlarga qarshi keng ko'lamli kampaniyaga o'tmoqda.

Jahon

26.08.2026, 10:24

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?

Toşkent şahar hokimiyati yangi qurilayotgan uylardan xonadon sotib oliş niyatida bölgan fuqarolar uçun yöriqnoma e'lon qildi. Unda şartnoma tuziş va pul tölaşdan oldin quriliş obyektining qonuniyligini tekşiriş böyiça tavsiyalar berilgan.

Oʻzbekiston

26.08.2026, 09:52

Diyego Maradonaning “Xudoning qo‘li” to‘pi arzonga – 3,35 million dollarga sotildi

1986-yilgi Jahon chempionatida Argentina-Angliya o‘yinida ishlatilgan Adidas Azteca to‘pi kimoshdi savdosida taxmin qilingan 10 million dollarlik narxiga yeta olmadi.

Sport

25.08.2026, 15:08

Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirmoqchi bo‘ldi – Netanyahu

“Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirishga urindi, shuning uchun xavfsizlik choralari hashamat emas”, – dedi Isroil bosh vaziri.

Jahon

25.08.2026, 14:01

Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari 5 milliontaga yaqinlashdi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining qariyb 93 foizini yengil avtomobillar tashkil etadi.

Oʻzbekiston

24.08.2026, 14:53

AQSH sudi O‘zbekiston fuqarolariga immigratsion vizalar taqiqini bekor qildi

Nyu-York federal sudi AQSH Davlat departamentining 75 davlat fuqarolariga immigratsion vizalar berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi. Qaror O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolariga ham daxl qiladi.

Siyosat

24.08.2026, 09:36

Rossiyaning Ukrainaga oxirgi hujumlari oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi jarohatlandi

“Bunday hujumlar terrorchilik harakatlaridan boshqa narsa emas. Biz albatta javob qaytaramiz”, — dedi Zelenskiy.

Jahon

22.08.2026, 10:47

Rossiya tinchlik bo‘yicha yangi takliflarni eshitishga tayyor — rossiyalik rasmiy

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha yangi takliflarni tinglashga ochiq, biroq har qanday taklif “mavjud voqelikni” aks ettirishi lozim.

Siyosat

21.08.2026, 14:32

Ukraina “Masha va ayiq” multserialiga sanksiya joriy etdi

Ukraina “Masha va ayiq” animatsion serialini yaratish va tarqatishga aloqador bo‘lgan besh nafar rossiyalik va to‘rtta tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.

Jahon

21.08.2026, 10:40

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi

Eron tashqi ishlar vaziri Donald Trampning Tehronga qarshi yangi kampaniyasini AQSHga nisbatan nafratni kuchaytiradigan “muvaffaqiyatsiz siyosat” deb atadi.

Siyosat

20.08.2026, 16:33

AQSH mintaqa resurslarini talon-toroj qilishni ko‘zlagan — Eron spikeri

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof Qo‘shma Shtatlarning Fors ko‘rfazidagi ishtiroki faqatgina mintaqa resurslarini talon-toroj qilish istagidan kelib chiqishini ta’kidlab, bundan ogohlantirdi.

Siyosat

20.08.2026, 14:50

Rossiya ballistik raketalari hujumi oqibatida Kiyevda kamida 5 kishi o‘ldi

Turar joy binolaridan birida odamlar qamalib qolgan, omborlar va bolalar shifoxonasiga ham zarar yetgan. Ikki slavyan davlati o‘rtasidagi yangi tinchlik muzokaralaridan esa darak yo‘q.

Jahon

20.08.2026, 09:51

Xitoy sun’iy intellekt sohasida raqamli suverenitetni hurmat qilishga chaqirdi

Vashington o‘nlab davlatlarga Xitoy va AQSH o‘rtasidagi sun’iy intellekt poygasida bir tomonni tanlashni aytishga hozirlanmoqda.

Jahon

19.08.2026, 14:34

Toshkent shahri uchun “Noqonuniy qurilish” maxsus Telegram-boti ishga tushdi

Ushbu (@noqonuniy_qurilish_bot) Telegram-bot orqali poytaxtdagi noqonuniy qurilishlar haqida tezkor ma’lumot berish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Oʻzbekiston

19.08.2026, 12:03

BAA Erondan ikkita raketa uchirilganini ma’lum qildi

Raketalar dengiz transporti harakatini nishonga olgan. Ikkala raketa ham dengizga qulab tushgan.

Jahon

19.08.2026, 10:02

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi.

Oʻzbekiston

18.08.2026, 14:53

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →