Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili migratsiya yo‘llarida 8 000 ga yaqin odam halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.
Jahon
22.04.2026, 11:38
Ulashish:

BMTning Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) seshanba kuni e’lon qilgan hisobotida yangi raqamlarni keltirar ekan, qurbonlarning aksariyati “ko‘rinmas kema halokatlari”da yo‘qolib ketgani aytilgan.
“Raqamlar ushbu fojialarning oldini olishdagi umumiy muvaffaqiyatsizligimizdan dalolat beradi”, – dedi BMT agentligi vakili Mariya Moita matbuot anjumanida.
Hisobotda ta’kidlanishicha, BMT tomonidan 2025-yilda vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilingan 7904 kishi 2024-yildagi 9197 kishilik rekord ko‘rsatkichdan kamaygan. Biroq, bu kamayish yordamning qisqarishi tufayli tekshirilmay qolgan 1500 ta holat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
2014-yildan buyon jami o‘limlar soni 82 mingdan oshdi, taxminan 340 ming oila a’zosi esa bundan bevosita jabr ko‘rgan.
O‘zgarayotgan yo‘nalishlar

Har 10 ta o‘lim va bedarak yo‘qolish holatidan kamida to‘rttasi Yevropaga olib boruvchi dengiz yo‘llarida sodir bo‘lgan.
“Yevropaga keluvchilarning umumiy soni kamaygan bo‘lsa-da, migratsiya yo‘nalishlari o‘zgardi: siyosiy evrilishlar tufayli suriyalik qochqinlar oqimi pasayib, Bangladesh fuqarolari yetakchilikni qo‘lga oldi”, – deyiladi hisobotda.
Ko‘pgina holatlar “ko‘rinmas kema halokatlari” deb ataladi. Bunda butun boshli kemalar dengizda g‘oyib bo‘ladi va daragi topilmaydi.
G‘arbiy Afrikadan shimolga yo‘nalgan yo‘nalishda 1200 kishi halok bo‘lgan bo‘lsa, Osiyoda rekord darajadagi o‘limlar qayd etildi. Ular orasida Myanmadagi zo‘ravonliklardan yoki Bangladeshdagi tiqilinch qochqinlar lagerlaridagi qashshoqlikdan charchagan yuzlab rohinja qochoqlari ham bor.
“Mojarolar, iqlim ta’siri va siyosiy beqarorliklar tufayli yo‘nalishlar o‘zgarayotgan bo‘lsa-da, xavf-xatarlar hamon jiddiy bo‘lib qolmoqda”, – dedi XMT Bosh direktori Emi Poup. – Bu raqamlar ortida xavfli safarlarga otlangan insonlar va hech qachon kelmasligi mumkin bo‘lgan xabarni kutayotgan oilalar turibdi”.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
