Lazerli vositalardan noqonuniy foydalanish javobgarlikka sabab boʻladi

Bu oʻrinda taqiqlangan, qonunga xilof ravishda qoʻllaniladigan lazerli vositalar haqida gap ketyapti. Chunki bugungi kunda koʻpgina sohalarda lazerli nur tarqatish vositalaridan foydalaniladi.

Ulashish:

Portativ lazerli nur tarqatuvchi vositalar muomalasini tartibga solish, shuningdek, portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni belgilash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur hujjat loyihasi bugun Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. 

Taʼkidlanganidek, lazerli nur tarqatgichlarni Oʻzbekistonga qonunga xilof ravishda olib kirish va ulardan foydalanish holatlarining koʻpayishi fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga, havo kemalari parvozlarining xavfsizligiga hamda jamoat tartibiga yuqori darajada tahdid tugʻdirmoqda.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan yuqorida qayd etilayotgan noxush holatlarning oldini olish maqsadida qonunga rioya etmaganlarni tegishli tartibda javobgarlikka tortish masalasi nazarda tutilmoqda. 

Lazerli nur tarqatish vositalarini havo kemalari parvozlari vaqtida ularga qaratish va shu orqali ularning xavfsizligiga tahdid solish holatlari uchun amaldagi qonunchiligimizda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Ammo bu vositalar yoʻlda transport haydovchisining koʻziga qaratilsa, ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois lazerli nur tarqatish vositalarini qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston hududiga olib kirganlik, ulardan notoʻgʻri foydalanganlik, noqonuniy saqlaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. 

Bu harakatlarning ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab, maʼmuriy jarimalar koʻzda tutilmoqda. Masalan, lazerli nur tarqatish vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalansa, bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 15 baravaridan 25 baravarigacha, bu vositalarni ishlab chiqarish, tayyorlash va saqlash kabi harakatlar uchun esa BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha, uni Oʻzbekiston hududiga olib kirganlik uchun esa BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima jazosi qoʻllanilishi koʻzda tutilmoqda. 

Bu oʻrinda taqiqlangan, qonunga xilof ravishda qoʻllaniladigan lazerli vositalar haqida gap ketyapti. Chunki bugungi kunda koʻpgina sohalarda lazerli nur tarqatish vositalaridan foydalaniladi. Tibbiyotda, sanoatda foydalaniladigan, ammo Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan ayrim uskunalarni Oʻzbekistonga olib kirish uchun davlat bojidan ozod qilish holatlari qonunchilikda belgilangan. Faqatgina qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalarni buzgan holda, qonunga xilof ravishda bu vositalarni olib kirish va foydalanish uchun javobgarlik koʻzda tutilmoqda. 

Qonun loyihasining qabul qilinishi lazerli nur tarqatish vositalaridan noqonuniy foydalanish va noxush holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. 

 

Oʻzbekiston

22.07.2025, 09:00

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Bu yil Oʻzbekiston hududida 137 million daraxt va butalar ekildi

Yil boshidan buyon vazirlik inspektorlari tomonidan 23 mingdan ortiq ekologik qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. 

Oʻzbekiston

22.07.2025, 15:49

Toshkentda toʻlanmagan 129 ta jarimasi boʻlgan avtomobil jarima maydonchasiga qoʻyildi

Avtomobil 123 marta Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruvga berilgan.

Oʻzbekiston

22.07.2025, 14:55

DXX: 22 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 22 kg 585 gr giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Oʻzbekiston

22.07.2025, 13:57

Ozarbayjonning “Socar” kompaniyasi Oʻzbekiston energetika bozoriga kiradigan boʻldi

Boshqa xorijiy davlatlar bilan murakkab konlarni oʻzlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash kabi muhim yoʻnalishlarda hamkorlik qilinmoqda.

Iqtisodiyot

22.07.2025, 12:58

“Wall Street Journal” Trampning xorij safarini yorituvchi guruhdan chiqarildi

Bunday qarorga kelinishiga nashr tomonidan Trampni ayblab chop etilgan maqola sabab boʻldi.

Jahon

22.07.2025, 11:57

Oʻzbekiston va Shveysariya JST boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

Oʻzbekiston va Shveysariya JST boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

Joriy yilning 21 iyul kuni Jenevada Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlish jarayoni doirasida Shveysariya bilan bozorga kirish boʻyicha muzokaralarni yakunlash toʻgʻrisidagi ikki mamlakat oʻrtasida Protokol imzolandi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti (JST) masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Urunov maʼlum qildi.

Iqtisodiyot

22.07.2025, 11:21

Buxoroda kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʻlgan kofelarni uyida saqlayotgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Buxoroda kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʻlgan kofelarni uyida saqlayotgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari boʻlgan ozdiruvchi kofelar savdosiga chek qoʻyildi. DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda 1985 yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan fuqaroning xonadoni koʻzdan kechiriladi. Bu haqdaa Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

22.07.2025, 11:00

Pusanda “Samarqand savdo uyi” ochiladi

Elektronika va elektrotexnika, metallurgiya, farmatsevtika va biofarmatsevtik boʻyicha birgalikda loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Iqtisodiyot

22.07.2025, 10:59

Oʻzbekistonda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 5,5 milliondan oshdi

Oʻtgan yilning mos davrida bu raqam 2 million nafarni tashkil etgan.

Iqtisodiyot

22.07.2025, 10:07

25 sotix yerni 29 ming AQSh dollariga sotmoqchi boʻlgan mansabdor ushlandi

Kogon tumanining «Siyozpoyon» mahallasida joylashgan 49 yillik ijara shartnomasi asosida bogʻdorchilik faoliyati bilan shugʻullanishga moʻljallangan 25 sotix yer maydonini sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

21.07.2025, 20:17

Mirabror Usmonov nomidagi xotira turniri ertadan start oladi

Mirabror Usmonov nomidagi xotira turniri ertadan start oladi

Ertaga "Mirabror Usmonov kubogi–2025" musobaqasining ilk uchrashuvidan oʻrin olgan Oʻzbekiston – Saudiya Arabistoni bahsi boʻlib oʻtadi.

Sport

21.07.2025, 19:43