“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda

Lotereyada 100 yevrolik chipta evaziga million dollarlik Pikasso asari taklif etilmoqda. Bu orqali Altsgeymer tadqiqoti uchun mablag‘ yig‘ish maqsad qilingan.

Ulashish:

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda

Tashkilotchilar dunyoning eng mashhur rassomlaridan birining asarini xususiy kolleksionerga emas, balki oddiy xalqqa sovrin sifatida taqdim etmoqda.

Parijdagi “Christie’s” auksion uyida bo‘lib o‘tadigan qur’a tashlash marosimi ishtirokchilarga Pablo Pikasso asarini atigi bitta chipta narxida qo‘lga kiritish imkoniyatini beradi.

Tashabbus 120 000 tagacha chipta sotishni rejalashtirgan.

Agar barcha chiptalar sotilsa, lotereya 12 million yevrogacha daromad keltirishi mumkin. Bu mablag‘ning 1 million yevrosi rasm egasi bo‘lgan Opera galereyasiga beriladi.

Qolgan qismi esa Alstgeymer tadqiqot jamg‘armasi tomonidan Fransiyaning yetakchi shifoxona fondlaridan biri orqali kasallikka oid tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

 

Bu yilgi mukofot

Win a Picasso for €100: Paris raffle aims to raise millions for Alzheimer's  research | EuronewsJoriy yil sovringa Pikassoning 1941-yilda qog‘ozga guash uslubida ishlangan “Ayol boshi” asari qo‘yilmoqda.

Ushbu portret rassom ijodining so‘nggi davriga, ya’ni uning ilk kubizm tajribalaridan o‘nlab yillar keyingi paytlarga oid.

 

"Pikasso" lotereyasi: avvalgi o‘yinlar

Forget The Lottery; You Have Better Odds Of Winning This Picasso | WUNC NewsAvvalgi o‘yinlarga ham Pikasso asarlari qo‘yilgan. 2013-yilda o‘tkazilgan birinchi lotereyada pensilvaniyalik oddiy ishchi 1914-yilda chizilgan “Operadagi shlyapali odam” asarini yutib olgan.

2020-yildagi ikkinchi o‘yinda esa 1921-yilda moybo‘yoqda ishlangan “Natyurmort” kartinasi italiyalik hisobchiga nasib etdi. 

Italian woman wins Picasso painting in raffle

2020-yildagi ushbu asar milliarder kolleksioner Devid Naxmaddan olingan bo‘lib, o‘sha vaqtda u Pikassoning o‘zi ham asarlarini lotereyaga qo‘yish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi, deb ta’kidlagan.

“Pikasso juda saxiy inson edi. U asarlarini haydovchisiga, tikuvchisiga ham hadya qilardi. Rassom o‘z yaratiqlari faqat boylar tomonidan emas, balki har xil toifadagi odamlar tomonidan to‘planishini istardi”. – degan Nahmad.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, jami 10 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘plagan avvalgi ikki lotereya Livandagi madaniy tashabbuslarni hamda Afrikaning ayrim hududlaridagi suv ta’minoti va gigiyena dasturlarini moliyalashtirgan. 

Yutuqli o‘yin 14-aprel, seshanba kuni kechqurun Parijda bo‘lib o‘tadi.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

 Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashib, O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasini muhokama qildi.

Oʻzbekiston

23.09.2026, 12:23

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi

Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalarida yuqori natija qayd etgan O‘zbekiston shaxmatchilari va ularning murabbiylariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdori oshiriladi.

Iqtisodiyot

23.09.2026, 11:52

AQSh Eron aviakompaniyalarini butun dunyoda cheklay oladimi?

AQSh Eron aviakompaniyalariga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqda. Bu choralar xalqaro parvozlar va yo‘lovchilarga qanday ta’sir qiladi?

Jahon

23.09.2026, 11:33

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan tinchlik kelishuviga 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Kongress saylovlaridan keyin erishilishi mumkinligini bildirdi.

Jahon

23.09.2026, 10:20

AQShning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniyadagi aviabazada halokatga uchradi

AQSHning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniya g‘arbidagi Spangdahlem aviabazasi yaqinida halokatga uchradi. Uchuvchi xavfsiz katapulta qilgan.

Jahon

23.09.2026, 09:55

Toşkent 343-óringa kótarildi: Global Cities Index 2026 natijalari e'lon qilindi

Reytingdagi eng muhim jihat — Toşkent inson kapitali bóyiça dunyoda 108-órinni egalladi.

Jahon

22.09.2026, 16:38

Rossiya Ukrainaga zarbalari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Rossiya tunda Ukrainaning sanoat markaziga zarba berib, to‘rt kishining hayotiga zomin bo‘lgan, shimoldagi hujum esa minglab odamlarni elektr ta’minotisiz qoldirgan.

Jahon

22.09.2026, 14:38

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?

Imtihonga röyxatdan ötish muddati tugamagan bölsa ham, ayrim hududlarda ajratilgan örinlar tez tölib qolishi mumkin. Buning sababi yangi tartibda örinlar soniga ham çeklov belgilangan.

Ta'lim

22.09.2026, 11:40

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini ta'minlaş dasturi joriy etiladi.

Oʻzbekiston

22.09.2026, 11:18

G7 davlatlari husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni tóxtatişga çaqirdi

G7 davlatlari taşqi işlar vazirlari Yamandagi husiylarni Saudiya Arabistoniga qarşi hujumlarni va fuqarolik kemalariga tahdidlarni zudlik bilan tóxtatişga çaqirdi. Ular Erondan ham husiylarga qurol va yordam beriş ni tóxtatişni talab qildi.

Jahon

22.09.2026, 11:06

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Gutеrrish bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Gutеrrish bilan uchrashdi.

Siyosat

22.09.2026, 10:51

BMT: AQŞning narkokema hujumlari insoniyatga qarşi jinoyat

BMT eksperti AQŞning Karib dengizi va Tinch okeanida giyóhvand modda taşuvçi kemalarga qilgan hujumlarini xalqaro huquq buzilişi va insoniyatga qarşi jinoyat, deb atadi.

Jahon

22.09.2026, 09:56

Isroil saylovi oldidan havfsizlik masalasi asosiy mavzu bölib qolmoqda

Ayrim tahlilçilar mamlakat harbiy nuqtai nazardan havfsizroq bölganini aytsa, jamoatçilikda havfsizlik hissi hanuz yuqori emas.

Siyosat

21.09.2026, 17:34

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi

Nega?

Oʻzbekiston

21.09.2026, 10:02

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda

Mintaqa kuzatuvlar tarixidagi eng katta yöqotishlar qayd etilgan dunyoning uçta hududi qatoriga kirgan.

Oʻzbekiston

21.09.2026, 09:42

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi

Ma’lum qilinishicha, guruh a’zolarining aksariyati Yevropadagi nufuzli universitetning Toshkent shahridagi filiali talabalari bo‘lgan.

Ta'lim

19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi

Olimlar ushbu loyiha doirasida shoʻrxok suvlardan foydalanish boʻyicha maxsus sinov stansiyasini tashkil etishdi.

Jahon

19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda

Urushga qarshi nomzodlar saylovdan chetlatilmoqda, ayrimlari qamoqqa olingan. 

Jahon

19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölgan "Vraç doimo haq" e'loni yuzasidan Surxondaryo viloyati soğliqni saqlash boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan

Rossiyada iPhone 18 Pro Max foydalanuvçilari smartfonning ayrim funksiyalaridan töliq foydalana olmaydi. Asosiy çeklovlar Apple Intelligence tizimi va rus tili qöllab-quvvatlanmasligi bilan boğliq.

Iqtisodiyot

18.09.2026, 15:13

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →