O‘zbekistonda 2200 yillik yunon harbiy qarorgohi topildi
O‘zbekistondagi Iskandartepada o‘tkazilgan geofizik tadqiqotlar 1,2 gektarlik manzilgohni o‘rab olgan 400 metrli xandaqni aniqladi.
Madaniy
30.08.2026, 10:36
Ulashish:

Arxeologlar Janubiy O‘zbekistonda noyob ellin harbiy qarorgohini aniqlagani xabar qilinmoqda. Taxminan 2200 yillik tarixga ega Iskandartepa Yunon-Baqtriya qo‘shinlari uchun vaqtinchalik qarorgoh vazifasini o‘taganligi taxmin qilinmoqda. U Markaziy Osiyoda topilgan bu kabi ilk istehkom bo‘lishi mumkin.
Miloddan avvalgi IV asr oxirlarida Aleksandr Makedonskiy Baqtriya va So‘g‘diyonani zabt etib, yunon qo‘shinlarini Markaziy Osiyo ichkarisiga olib kirgan. Uning imperiyasi parchalanib ketgach, yunonlar boshqaruvidagi davlatlar asrlar davomida mintaqaning bir qismini nazorat qilib kelgan.
Iskandartepa Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida, qadimiy Baqtriya va So‘g‘diyona o‘rtasidagi chegara hududida joylashgan.
Bu yodgorlik 2017-yilda Chexiya–O‘zbekiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan aniqlangan. Dastlab u Yunon–Baqtriya davri manzilgohi sifatida talqin qilingan, keyingi izlanishlar esa uning kuzatuv istehkomi bo‘lganini ko‘rsatdi.
Tepalik topilgan vaqtda uning mahalliy nomi bo‘lmagan, shu sababli uni shartli ravishda Iskandartepa deb nomlashgan. Iskandar – Aleksandr ismining mahalliy shakli.
Geofizik tadqiqotlar va qazishma ishlari Iskandartepa vaqtinchalik harbiy lager sifatida foydalanilganini ko‘rsatmoqda.
Tadqiqot natijalari 2026-yil iyun oyida Journal of Archaeological Science: Reports jurnalida e’lon qilindi. Mualliflar yodgorlikni ellinizm davriga oid deb hisoblasa, Archaeology Magazine nashri harbiy lager miloddan avvalgi ikkinchi asrga taalluqli ekanligini qayd etdi.
Iskandartepaning tuzilishi uning harbiy maqsadlarda qurilgani haqidagi farazni tasdiqlaydi. Yodgorlik tabiiy himoyalangan tepalikda joylashgan. Perimetri bo‘ylab qazilgan taxminan 400 metr uzunlikdagi xandaq qariyb 1,2 gektar maydonni o‘rab turgan va uning kengligi 4 metrdan 7 metrgacha bo‘lgan.
Biroq, tadqiqotchilar devor bilan o‘ralgan hudud ichida pishiq g‘ishtdan qurilgan binolar bo‘lganiga oid deyarli hech qanday dalil topmagan. Bu esa hududni doimiy aholi punkti emas, vaqtinchalik harbiy qarorgoh bo‘lgan, degan xulosaga ko‘proq mos.
Ellinistik hukmdorlar bilan bog‘liq tangalar ham obyektning yoshini aniqlashga yordam beradi.
Bu yerdagi eng mushkul masala – istiqomat qiluvchilarni suv bilan ta’minlash bo‘lgan. Arxeologlar yerga ko‘milgan xumlarni topishdi. Shuningdek, bir necha kilometr masofadan suv olib kelingan, eni 1,1 metrgacha bo‘lgan kanal izlari ham aniqlandi.
Janubiy O‘zbekistondan ancha qadimgi davrlarga oid dalillar ham topilgan. 2025-yilda tadqiqotchilar Surxondaryo vodiysida yashagan odamlar taxminan 9200 yil avval yovvoyi arpa o‘rganini ma’lum qildilar.
Bu kashfiyot orqali Markaziy Osiyo ham dehqonchilikka o‘tishning ilk bosqichlari borasidagi bahslar mavzusiga qo‘shildi.
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

