Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Qozoğistonda 1930-yilgi oçarçilik va Stalin qatağonlari aks etgan ikki film namoyişi qoldirildi. Bu holat mamlakatda senzura va ijod erkinligi borasidagi bahslarni kuçaytirmoqda.
Madaniy
11.11.2026, 15:53
Ulashish:

Rasm Claude SI dasturida yaratildi
Qozoğistonda rejissyor Aqan Satayevning qahatçilik haqidagi “Kulpaş” filmi 11-noyabr kuni katta ekranlarga çiqişi kerak edi, biroq premyeraga ikki soat qolganida unga prokat guvohnomasi berilmagani ma’lum böldi.
Buning ketidan qirğiz ijodkorlariga tegişli “Aytmatov” filmining Qozoğistondagi namoyişi ham bekor qilingani ma’lum böldi. Avvalroq Rossiyadagi namoyişlarda ham mazkur filmdagi yozuvçining otasi Töraqul Aytmatovning Stalin qatağoni yillarida otib öldirilişi bilan boğliq sahnasi qirqib taşlangan edi.
“Kulpaş” atrofidagi gaplar
“Kulpaş” filmining 10-noyabrga belgilangan premyerasi va 11-noyabrdan boşlanişi kerak bölgan kinoprokati qoldirildi. Rejissyor Aqan Satayevning uşbu filmi Qozoğistondagi oçarçilik mavzusini kötarib, xalqning umumiy tarixiy xotirasiga murojaat qiladi.
Qatağon qurboni bölgan yozuvçi Beyimbet Maylin qissasi asosida suratga olingan mazkur film oçarçilik yillarida öz bolasini saqlab qolişga uringan ayol haqida bölib, bu mavzu Qozoğiston xalqi uçun hamon juda oğriqli hisoblanadi.
Premyera va prokatning köçiriliş sabablari oçiqlanmagan.
“Ayni damda barça zarur tartib-taomillarni yakunlaş uçun qöşimça vaqt talab etilmoqda. Hozirça premyera va kinoprokatni taxminan bir haftaga keçiktirişni möljallayapmiz”, – deya ma’lum qildi kinostudiya.
Mamlakatda prokatga çiqariladigan barça filmlar prokat guvohnomasini olişi şart. 2026-yilning fevralida Qozoğiston Respublikasi Senati prokat arizalarini körib çiqiş muddatini 7 iş kunidan 30 iş kunigaça uzaytiruvçi tuzatişlarni ma’qulladi. Şuningdek, prokatdan oldingi majburiy ekspertiza ham joriy etildi. Köplab ekspertlar mazkur özgarişlarni qonuniylaştirilgan senzura sifatida talqin etişmoqda.
Stalin qatağoni lavhalari “ötmayapti”
Qozoğistonda qirğiz yozuvçisi Çingiz Aytmatov haqidagi biografik film premyerasi ham 2026-yil 3-dekabrga qoldirildi. Kartina ijodkorlari rasmiy sabablarni ma’lum qilmadi, biroq qozoğistonlik kinotanqidçi Dmitriy Mostovoy namoyiş muddatining surilişini kinoprokatdagi kuçli raqobat hamda Rossiyadagi senzura bilan boğliq mojaro bilan izohladi.
Mostovoyning sözlariga köra, Qozoğistondagi rejalaştirilgan relizdan bir hafta oldin “Aytmatov” filmi Rossiya prokatiga çiqqan bölib, u yerdagi mas’ullar filmdan 1930-yillardagi Stalin qatağonlariga oid lavhalarni olib taşlaşni talab qilişgan. Gap Çön-Toş darasidagi ommaviy qatllar haqida bormoqda; öşa qurbonlar orasida yozuvçining otasi Töraqul Aytmatov ham bölgan. Mostovoy ehtimoliy senzurani zamonaviy Rossiyaning Stalin davriga munosabati bilan boğladi.
Şuningdek, tanqidçining ta’kidlaşiça, Qozoğistondagi premyeraning qoldirilişiga prokat jadvalining tiğizligi ham sabab bölgan bölişi mumkin: bu hafta Akan Satayevning “Qulpeş”, Jonni Depp iştirokidagi “Skruj” lentasi hamda “Dyuna”ning qayta prokatga çiqişi kutilmoqda. “Aytmatov” filmi ular bilan raqobatlaşişiga töğri kelardi.
Senzura kuçaymoqda(mi?)
Qozoğistonning “Respublika.kz.media” muxolif naşri boş muharriri Irina Petruşova yuqoridagi filmlarning qoldirilişini “qandaydir xurofot va jaholat davri” boşlangani bilan izohladi.
“Mayli, Rossiyada-ku hammasi tuşunarli bölib ulgurdi, lekin Qozoğistonda duç kelgan narsaning yoppasiga taqiqlanişi sira aqlga siğmayapti”, — degan Petruşeva.
Petruşova Nazarboyev prezidentligi davrida “Respublika” naşri tahririyati binosi va gazeta nusxalari yoqib yuborilganini esladi. Uning fikriça, hozirgi vaziyat ijodkorlar uçun ham xavf tuğdirişi mumkin.
Joriy yil 3-noyabrda “Çegara bilmas muxbirlar” taşkiloti jurnalistlarga bosim ötkaziş va matbuot erkinligini çeklaşda ayblayotgan şaxslari röyxatini e’lon qildi. Mazkur “matbuot erkinligi kuşandalari” röyxatida amaldagi Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev ham bor edi.
Madaniy
11.11.2026, 15:53
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Tolibon hukumati davlat amaldorlariga smartfonlardan foydalanishni taqiqladi
Jahon
26.06.2026, 15:06
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
