Mirziyoyev 9 oy davomida toʻrtinchi marta Qozogʻistonga bordi

Bugun, 17 sentabr kuni tongda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga joʻnab ketdi. Bu tashrif davlat rahbarining joriy yildagi Qozogʻistonga toʻrtinchi marta borishi boʻldi

Ulashish:

Mirziyoyev 9 oy davomida toʻrtinchi marta Qozogʻistonga bordi

Mirziyoyev 9 oy davomida toʻrtinchi marta Qozogʻistonga bordi

Bugun, 17 sentabr kuni Prezident Mirziyoyev oʻtirgan samolyot Ostona shahridagi aeroportga qoʻndi. Prezident matbuot xizmatiga koʻra, davlat rahbarini qozogʻistonlik hamkasbi mamlakatda boʻlib oʻtadigan ikkinchi "Markaziy Osiyo – Germaniya" sammitida ishtirok etish uchun chaqirgan. 

Maʼlumot uchun, 15 sentabr kuni Germaniya kansleri Olaf Shols Oʻzbekistonga kelgandi va mamlakat bilan bir qator kelishuvlar tuzgandi. Shundan soʻng Olaf Shols Oʻzbekistondagi safarini yakunlab Qozogʻistonga uchib ketdi

Joriy yilning 8 sentabr kuni ham Prezident amaliy tashrif bilan Qozogʻiston poytaxtiga borgan. Unda davlat rahbari Ostona shahrida boʻlib oʻtgan V Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining ochilish marosimida qatnashgan edi.

Shuningdek, Mirziyoyev 7 avgust kuni ham Ostonada boʻlib, "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi muloqotda ishtirok etgandi

Bundan tashqari, davlat rahbari joriy yilning 3 iyul sanasida ham Qozogʻistonga davlat tashrifi bilan borgan. Unda Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun mamlakatda boʻlgandi.

Siyosat

17.09.2024, 10:09

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Prezident qatnashgan sammitda qanday masalalar koʻtarildi?

Prezident qatnashgan sammitda qanday masalalar koʻtarildi? (foto)

Bugun, 17 sentabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning Ostona shahrida ikkinchi "Markaziy Osiyo – Germaniya" sammitida ishtirok etdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.

Siyosat

17.09.2024, 14:27

Qozogʻistonda benzin, suv, elektr energiyasi va gaz narxlarini oshirish taqiqlandi

2025 yil 16 oktabrdan boshlab Qozogʻiston hukumati mamlakatda inflyatsiya darajasi barqarorlashgunga qadar benzin, suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarini oshirishni taqiqladi.

Jahon

17.10.2025, 14:27

Nega ayrim qozoq doʻstlarimiz Oʻzbekiston yutuqlaridan xursand boʻlmayapti?

Nega ayrim qozoq doʻstlarimiz Oʻzbekiston yutuqlaridan xursand boʻlmayapti?

Avval-boshdan aytib qoʻyaylik, bu video ikki xalq oʻrtasiga nizo urugʻlarini sochish maqsadida tayyorlangani yoʻq, aksincha, agar oʻrtada biror tushunmovchilik boʻlsa, darhol bartaraf etish, ikki xalq, ikki davlat bugungi murakkab geosiyosiy mojarolar, yuksak ehtimolli tabiiy ofatlar, iqtisodiy-ijtimoiy inqirozlar qarshisida bir-biriga raqib va raqobatchi emas, balki yelkadosh, hamnafas boʻlish zarurligini eslatish maqsadida tayyorlandi.

Oʻzbekiston

07.10.2025, 12:03

Telegram asoschisi Qozogʻistonda yangi sunʼiy intellekt loyihasini eʼlon qildi

Telegram asoschisi Qozogʻistonda yangi sunʼiy intellekt loyihasini eʼlon qildi

Telegram asoschisi Pavel Durov Ostonada boʻlib oʻtgan Digital Bridge-2025 xalqaro texnologik forumida milliarddan ortiq foydalanuvchiga moʻljallangan sunʼiy intellekt sohasidagi yangi loyihani taqdim etdi.

Jahon

03.10.2025, 18:36

Toqayev hukumat tanqidchilarini  jiddiy ogohlantirdi

Toqayev hukumat tanqidchilarini jiddiy ogohlantirdi

Qozogʻiston prezidenti Qosim Joʻmard Toqayev Milliy fan va texnologiyalar kengashi yigʻilishida yolgʻon axborot tarqatayotgan fuqarolarni jiddiy ogohlantirdi.

Jahon

30.09.2025, 14:33

Zaxarova: "Gʻarb Qozogʻiston va Rossiyani ajratib qoʻymoqchi"

Zaxarova: "Gʻarb Qozogʻiston va Rossiyani ajratib qoʻymoqchi"

Gʻarb Rossiya Qozogʻiston xalqlarini bir-biridan uzoqlashtirishni xohlaydi. Biroq bu urinish ikki davlatni bogʻlab turgan mustahkam tarixiy muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Mariya Zaxarova Rossiya-Qozogʻiston media forumida nutqida aytdi.

Jahon

29.09.2025, 16:00

So‘nggi yangiliklar

Isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha baʼzaviy meʼyor 5 barobarga oshiriladi

Prezident qaroriga muvofiq, 2025/2026 yilgi kuz-qish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli uchun “bazaviy meʼyor” sezilarli darajada oshiriladi. Noyabr - fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart - oktabrda esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilandi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 17:05

Angrenda qaynonasi va erini oʻldirgan ayol 12 yilga qamaldi

Angren shahrida sodir boʻlgan shafqatsiz jinoyat yuzasidan sud hukmi eʼlon qilindi. Maʼlumotlarga koʻra, bir ayol oʻz qaynonasi va erini oʻldirgani uchun javobgarlikka tortildi. Sud qaroriga koʻra, u 12 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 14:21

Yangi aeroport qurilishi uchun aholi uylari buziladimi?

Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari tutash hududida bunyod etilayotgan Yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasi doirasida ayrim aholi xonadonlari hamda bino-inshootlarni buzish rejalashtirilgani maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 12:33

Prezidentning tegishli farmonlari bilan tayinlovlar amalga oshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmonlari bilan bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 10:51

Quruq vaʼda: 1 yildan buyon gazlashtirilmagan xonadonlarga imtiyoz berish tartibi ishlab chiqilmayapti

2024 yil oktabr oyida energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov gaz taʼminotiga ulanmagan hovlisi bor uy-joylar uchun ham elektr energiyasi tarifiga 50 foizlik chegirma berilishi va bu 2025  yil 1 yanvardan joriy etilishi rejalashtirilayotganini aytgandi. Biroq oradan 1 yildan koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, mazkur tartib joriy etilmadi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 08:19

Yangi versiyadagi Cobalt uchun onlayn kontraktatsiya 3 noyabr kuni ochiladi

Cobalt’ning yangi versiyalari uchun kontraktatsiya 3 noyabr soat 10:00 dan boshlab ochiladi. Savdolar faqat UzAvtoSavdo sayti va ilovasi orqali boʻladi. Oʻsha kuni barcha Chevrolet dilerlik markazlari yopiladi va UzAuto Motors savdo tizimidan uziladi.

Iqtisodiyot

29.10.2025, 15:47

III Osiyo yoshlar oʻyinlari: oʻzbekistonliklar yana 13 ta medalni qoʻlga kiritdi

Respublika terma jamoasi aʼzolari boks, suzish, gandbol, ogʻir atletika, futzal, erkin kurash va velosport boʻyicha musobaqalarda ishtirok etib, 5 ta oltin va 8 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Sport

29.10.2025, 15:10

Oʻzbekistonda nafaqa pullarini kreditga yechib olish taqiqlanadi

Yangi qoidalarga koʻra, banklar pensiya, davlat ijtimoiy nafaqalari va yordamlari sifatida tushadigan mablagʻlar, shuningdek, ijtimoiy kartalarga tushgan summalar hisobidan kredit qarzdorligini undirishi mumkin emas.

Oʻzbekiston

29.10.2025, 15:05

Isitish tizimi qachon yoqiladi va harorat qanday boʻlishi kerak?

Amaldagi qonunchilikka koʻra, turar-joy binolarida isitish mavsumi tashqi havoning oʻrtacha sutkalik harorati besh kun mobaynida 8 darajadan past saqlanganidan keyingi kuni boshlanadi. Mos ravishda, harorat ushbu chegaradan yuqori boʻlganda isitish oʻchiriladi.

Oʻzbekiston

29.10.2025, 14:57

Yashnobodda ijaraga olingan uyda narkolaboratoriya aniqlandi

Yashnabod tumanida fuqarolar vaqtincha yashab kelgan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etilgani ham aniqlangan. U yerdan 50 kilogramm va 1200 dona qadoqlangan pregabalin, 2 kilogramm hamda 400 dona qadoqlangan tropikamid, 2 litrda xomashyolar, 112 ming ta qadoqlash uchun kerakli vositalar aniqlangan.

Oʻzbekiston

29.10.2025, 14:51

Milliy sertifikat imtihoni javoblari sotilgani rostmi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi soʻnggi kunlarda ona tili va adabiyot fanidan boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlari oldidan «test savollari va ularning javoblari sotilayotgani» haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

29.10.2025, 14:47

«Neftchi» haqidagi bayonoti uchun Berdiyevga nisbatan tekshiruv boshlandi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi «Nasaf» klubi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyevning Olmaliqdagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida bildirgan fikrlari yuzasidan rasmiy surishtiruv oʻtkazishini maʼlum qildi.

Sport

29.10.2025, 12:36