Mutaxassis sharhi: Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi sammitidan qanday yangiliklar kutilmoqda?
Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida joriy yilning 3-4 aprel kunlari oʻtkazilayotgan sammit tarixiy ahamiyatga ega boʻlib, xalqaro munosabatlarda jiddiy hodisa sifatida baholanmoqda. Sammit doirasida Yevropa Kengashi raisi — Sharl Mishel, Antoniu Koshta, shuningdek, Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen tashrif buyurdi. Bundan tashqari, bir qator biznes vakillari va Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki raisi ham ishtirok etmoqda. Ushbu sammitda tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, innovatsiyalar, “yashil” energetika, togʻ-kon, qishloq xoʻjaligi, va raqamlashtirish sohalarida qoʻshma dastur va kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniyat, turizm, fan, taʼlim va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda faol almashinuvlarni davom ettirish masalalari diqqat markazida boʻlishi kutilmoqda. Asosiy masala esa kamyob mineral resurslar, energiya va transport logistik imkoniyatlar boʻlishi kutilmoqda.
Siyosat
04.04.2025, 12:48
Ulashish:

Mutaxassis sharhi: Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi sammitidan qanday yangiliklar kutilmoqda?
Markaziy Osiyo va YI savdo hamkorligiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, ushbu koʻrsatgich 54 mlrd yevroni tashkil etgan. Birgina Oʻzbekiston bilan 2024 yilda tovar ayirboshlash hajmi 6,4 milliard dollarga yetdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 5,2 foizga koʻpdir.
Mamlakatda Yevropa kapitali ishtirokidagi 1 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, investitsiya loyihalari hajmi esa 30 milliard yevroga yetgan. YTTB banki tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga kiritgan jami investitsiyalari 5 milliard yevrodan oshdi, jumladan, oʻtgan yil yakunlariga koʻra qariyb 1 milliard yevroni tashkil etdi.
Moliyaviy koʻmakning asosiy hajmi xususiy sektorga toʻgʻri kelmoqda. Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev Euronews kanaliga bergan intervyusida, Oʻzbekiston Yevropa talablariga javob beradigan mahsulotlarni yetkazib berishga tayyorligini taʼkidladi.
Ikkinchi muhim yoʻnalishlardan biri bu — energiya, Markaziy Osiyo va Yevropada energiya xavfsizligi. Qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish uchun muhim institutsional platforma sifatida, toza energetika boʻyicha Markaziy Osiyo — YI sherikligini tashkil etilishi mumkin.
Bu vodorod va ammiak kabi "yashil" yoqilgʻi, shuningdek, bioyoqilgʻi ishlab chiqarish va qazilma yoqilgʻi oʻrniga ulardan keng foydalanish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi. Shuningdek, Oʻzbekiston tarafi "YI – Markaziy Osiyo yashil sherikligi" dasturini rivojlantirishni taklif etmoqda. Uning doirasida qayta tiklanadigan energiya manbalari, ekotizimlarni tiklash va iqlimni raqamli monitoring qilish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishda Yevropa Ittifoqining hamkorligi soʻralmoqda.
Maʼlumki, Oʻzbekiston – Parij kelishuviga binoan 2030 yilga qadar mamlakatda yashil energiya ulushini 54 foizga yetkazishni koʻzlagan. Bu natijaga erishishda Yevropa investitsiyalari katta ahamiyat kasb etishi mumkin.
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda uchinchi muhim soha bu - Transport logistika imkoniyatlari boʻlib, Yevropa ittifoqi “Global darvoza” strategiyasini mintaqadagi asosiy transport loyihalari rivojlantirishni koʻzlamoqda. Ushbu loyihani Transkaspiy transport yoʻlagi loyihasi bilan birlashtirilish imkoniyatlari koʻrib chiqilmoqda.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) 2023 yilda Markaziy Osiyo davlatlarida ushbu yoʻlak uchun zarur infratuzilma loyihalarini yakunlash uchun 18,5 milliard yevro miqdorida investitsiya talab etilishini hisoblab chiqdi va ushbu summa sammit doirasidagi muzokaralarda aniq kelishib olinishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo mamlakatlari ishtirokida amalga oshirilayotgan Kaspiy va Qora dengiz orqali Yevropaga "yashil strategik yoʻlak" barpo etish loyihasida hamkorlik uchun istak bildirmoqda. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi oʻzaro manfaatli energetik bogʻliqlikning mustahkam asosini yaratishi mumkin.
Shuningdek, Oʻzbekistonda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini taʼsis etish toʻgʻrisida bitim imzolandi. 1958 yilda tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki Yevropa Ittifoqining yetakchi moliyaviy institutlaridan biri hisoblanadi.
Xulosa qiladigan boʻlsak, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan yaqin hamkorlik qilishi, mintaqa tashqi siyosatining koʻp vektorli tamoyilining isboti va geosiyosiy mustaqilliging oshishi sifatida talqin qilish mumkin. Rossiya va Ukraina mojarosi davom etayotgan va Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan qarama-qarshiligi fonida, ushbu tarixiy sammit jahon hamjamiyatini ijobiy tomondan Markaziy Osiyoga qaratgani kuzatilmoqda.
Shamsiyev Saidakbar
Siyosat
04.04.2025, 12:48
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12

Kolumbiya nikohsiz tug‘ilishlar ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi
Jahon
14.10.2026, 15:12

O‘zbekistonda XI Yevropa kino festivali bo‘lib o‘tadi
Madaniy
13.10.2026, 10:26
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01
So'nggi yangiliklar

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01
