UNICEF: bolalarga nisbatan zoʻravonlik global iqtisodga 7 trillion AQSh dollar zarar keltirmoqda
Yevropa va Markaziy Osiyoda yashovchi bolalarning uchdan ikki qismi uyida zoʻravonlik bilan tarbiyalanadi. Uchdan bir qismi esa jismoniy jazoga tortiladi. UNICEF tomonidan 2025 yil 13 oktabrda chiqargan yangi hisobotiga koʻra, Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlaridagi bolalarning uchdan ikki qismi ruhiy agressiyaga yuz tutadi. Bunday holat bolalarga nisbatan zoʻravonlikning eng keng taralgan turi hisoblanadi.
Jahon
14.10.2025, 12:02
Ulashish:

Hisobotda aytilishicha, mintaqada bolalarning 30 foizdan ortigʻiga urish, chimchilash va doʻpposlash kabi jismoniy jazo qoʻllaniladi. Maʼlumotlar mavjud boʻlgan 15 mamlakat va hududlardagi bolalarning 69 foizigacha boʻlgan qismi ruhiy agressiya, jumladan tahdid, kamsitish va ogʻzaki haqoratdan aziyat chekadi.
“Zoʻravonlik Yevropa va Markaziy Osiyodagi haddan tashqari koʻp bolalarning hayotiga taʼsir qiladi, koʻpincha bu ularni himoyalashi va ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatishi kerak boʻlganlar tomonidan qilinadi”, - dedi UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy direktori Regina De Dominichis.
Maʼlumotlarga koʻra, ota-onalarning 90 foizdan ortigʻi jismoniy jazo va ruhiy agressiyaga hojat yoʻq deb hisoblaydi, biroq koʻp ota-onalar hali ham shunday tarbiya usullarini qoʻllaydi.
Hisobotda keltirilishicha, jismoniy yoki psixologik zoʻravonlikka duchor boʻlgan bolalar ruhiy salomatlik bilan bogʻliq muammolardan aziyat chekadi, maktabda qiyinchiliklarga duch keladi hamda tajovuzkor xatti-harakatlarni namoyon qiladi. Mazkur oqibatlar balogʻat yoshiga ham davom etishi mumkin, bu esa kelajakda oilalar va jamoalarda zoʻravonlik ehtimolini oshiradi va oldini olish mumkin boʻlgan avlodlararo zoʻravonlikning ayovsiz aylanishini davom ettiradi.
Hozirda mintaqadagi 55 mamlakat va hududlarning 38 tasida jismoniy jazo barcha sharoitlarda, jumladan uyda taqiqlangan, biroq qonunchilik ota-onalar va bolalarga gʻamxoʻrlik qiluvchilarga koʻmak berishi, xususan, ota-onalarni oʻqitish dasturlari va oilani qoʻllab-quvvatlash xizmatlari orqali ularga yordam berishi kerak.
Hisobotda, shuningdek, jinsiy zoʻravonlik va maktabda bolalarga nisbatan zoʻravonlikning tarqalishi tahlil qilinadi:
· Yevropa Ittifoqining 19 ta davlatidagi ayollarning 1 dan 14 foizigacha boʻlgan qismi 15 yoshdan oldin jinsiy zoʻravonlikka duchor boʻlganliklari haqida xabar berishadi, ammo haqiqiy koʻrsatkichlar ehtimol bundan yuqori boʻlishi mumkin.
· Mintaqadagi bolalarning oʻrtacha 11 foizi maktabda zoʻravonlikka uchraganini, 15 foizi kiber zoʻravonlikka uchraganini, 10 foizi esa jismoniy janjallarda qatnashganini qayd etgan.
Shuningdek hisobotda keltirilishicha, bolalarga nisbatan zoʻravonlikning global iqtisodga 7 trillion AQSh dollar miqdorida zarar keltradi, bu esa yalpi ichki mahsulotning taxminan 8 foizini tashkil etadi.
Zoʻravonlikdan omon qolgan bolalarga koʻp tarmoqli, moslashtirilgan yordam bilan taʼminlaydigan Barnaxus modeli kabi istiqbolli modellar muvofiqlashtirilgan xizmatlar bolalarga zoʻravonlikni yengish va adolatga erishishda qanday yordam berishini namoyish etadi.
Tashkilot bolalarga nisbatan zoʻravonlikni kamaytirish uchun quydagi choralarni taklif qilmoqda:
• Barcha sharoitlarda jismoniy jazoning barcha shakllarini taʼqiqlash.
• Ijobiy tartib-intizomni targʻib qiluvchi ota-onalarni tarbiyalash dasturlari va oilani qoʻllab-quvvatlash xizmatlariga sarmoya kiritish.
• Bolalarning manfaatlarini eʼtiborga oladigan adolatli sudlov va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
• Tengdoshlar va oʻqituvchilar zoʻravonligidan holi boʻlgan xavfsiz va inklyuziv taʼlim muhitini joriy etishni kengaytirish.
• Zoʻravonlik holatlari boʻyicha maʼlumotlar toʻplash va progressni baholash uchun axborot yigʻish va monitoringga ustuvor ahamiyat berish.
• Hech bir bola, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalar, tranzit jarayonida yoki vasiylikda boʻlgan bolalar eʼtibordan chetda qolmasligini taʼminlash.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiyaga muvofiq qonuniy majburiyat va 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibiga muvofiq global majburiyatdir. Biroq, mintaqa bu maqsadga erishish yoʻlida progress kuzatilmayapti.
Jahon
14.10.2025, 12:02
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?
Oʻzbekiston
02.04.2026, 11:24

Yevropa mamlakatlari AQShdagi Jahon chempionatini boykot qilishni muhokama qilmoqda
Jahon
21.01.2026, 11:22

Shvetsiya va Norvegiyada ishchi kuchiga talab ortib bormoqda
Jahon
16.01.2026, 11:10

Endi Yevropaga borish yanada osonlashadi
Oʻzbekiston
18.12.2025, 14:46

Oʻzbekistonda ish haqi oʻsishi Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ortda qolmoqda
Iqtisodiyot
25.08.2025, 11:00
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41
So'nggi yangiliklar

Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi
Jahon
17.04.2026, 15:49

Rossiya 200 nafar tojikistonlik mahkumani vataniga qaytaradi
Jahon
17.04.2026, 12:19

9 viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
Oʻzbekiston
17.04.2026, 11:12

Isroil Livanga yana zarbalar berdi
Jahon
17.04.2026, 10:29

Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimni tark etdi
Jahon
16.04.2026, 17:27

Buxoroda “Leapmotor” avtomobillari ishlab chiqariladi
Oʻzbekiston
16.04.2026, 16:23

Eronga muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlari zarur
Jahon
16.04.2026, 14:58

BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi
Jahon
16.04.2026, 10:14

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi
Oʻzbekiston
15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda
Jahon
15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin
Iqtisodiyot
15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring
Oʻzbekiston
14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida
Iqtisodiyot
14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41
