Neft-gaz tarmogʻida raqamli yechimlar va sunʼiy intellekt keng joriy etilmoqda
Shu bilan birga, qurilish maydonlaridagi maʼlumotlar real vaqt rejimida tahlil qilinib, ishlar borishi avtomatik baholanadi.
Iqtisodiyot
26.08.2025, 11:05
Ulashish:

Neft-gaz tarmogʻi kabi murakkab va xavfli sohalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xavfsizlikni taʼminlash hamda jarayonlarni optimallashtirishda sunʼiy intellekt texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ axborot xizmati rahbari Moʻmin Ibodov mazkur tashkilotda global raqamlashuv tendensiyalariga uygʻun ravishda faoliyat olib borilayotganini taʼkidladi.
– Konlarda olib borilayotgan izlov-qidiruv ishlarida geologik, geofizik va gidrodinamik maʼlumotlarni tahlil qilish uchun zamonaviy yechimlar joriy etilmoqda, – dedi M.Ibodov. – Masalan, “Pipesim” qatlam tizimlari modellari, “ProSource” maʼlumotlar bazasi va E-KON platformasi bilan integratsiya qilingan “Generative AI chat-bot” ishlab chiqildi.
Bu tizim mutaxassislarga tezkor va aniq tahliliy xulosalar tayyorlash imkoniyatini yaratadi. Xodimlarning kundalik ishini yengillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida “Microsoft 365” dasturiy taʼminoti uchun litsenziyalar xarid qilingan. Buning natijasida ular maʼlumotni qayta ishlash, vazifalarni bajarish va “Microsoft Copilot” xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.
Jamoaviy ish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish boʻyicha avval “ChatGPT Team”, keyinchalik esa “ChatGPT Enterprise” platformasini joriy etish rejalashtirilgan. Ayni paytda biz neft va gazni qazib chiqarish va qayta ishlash jarayonlarini boshqarishda “Primavera P6 EPPM” tizimiga toʻliq oʻtyapmiz. Bu tizim asosida loyihalar ustidan yagona nazorat oʻrnatish, xarajatlarni aniq hisobga olish hamda CIC + AI Analytics + Primavera kabi imkoniyatlar bilan xatarlarni oldindan boshqarish mumkin. Shu bilan birga, qurilish maydonlaridagi maʼlumotlar real vaqt rejimida tahlil qilinib, ishlar borishi avtomatik baholanadi. Bu kechikishlarni kamaytirib, boshqaruv qarorlarini sunʼiy intellekt asosida qabul qilish jarayonini takomillashtiradi.
Shuningdek, ishlab chiqarish obʼektlarining raqamli egizaklarini yaratish va sunʼiy intellekt tahlili asosida jarayonlarni optimallashtirish masalalari ham oʻrganilmoqda. Bu xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va ish unumdorligini oshirishda muhim.
Ahamiyatlisi, biz xodimlarimizning raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt yechimlaridan samarali foydalanishi uchun oʻquv kurslari tashkil etyapmiz. Bu ularning malakasini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirishga imkon beradi.
Iqtisodiyot
26.08.2025, 11:05
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda
Jahon
04.03.2026, 13:11

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin
Fan-texnologiya
28.02.2026, 13:12

Xitoyning sunʼiy intellekt dasturlari senzura bosimi ostidami?
Fan-texnologiya
22.02.2026, 09:08

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda
Fan-texnologiya
08.02.2026, 07:47
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
