Olimpiada kundaligi: Oʻzbekiston Olimpiada tarixida shaxsiy rekordini yangiladi

Kecha, 9 avgust kuni Parijda boʻlib oʻtayotgan yozgi Olimpiaya oʻyinlarida oʻzbekistonlik sportchilar bir qator medallarga ega boʻldi. Hozircha Oʻzbekiston umumiy hisobda 14-oʻrinni band qilmoqda.

Sport

10.08.2024, 10:35

Ulashish:

Олимпиада кулдалиги: Ўзбекистон Олимпиада тарихида шахсий рекордини янгилади

Олимпиада кулдалиги: Ўзбекистон Олимпиада тарихида шахсий рекордини янгилади

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev -71 kg vazn toifasida Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi. U murosasiz ruhda oʻtgan final jangda meksikalik Marko Alvaresni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Bundan tashqari, Fargʻona boksining yana bir yorqin vakili Lazizbek Mullojonov ham Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi. -92 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mullojonov  chempionlik bahsida ozarbayjonlik Loren Alfonso Domingesni magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medalni erkin kurashchi  Gʻulomjon Abdullayev olib keldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdullayev bronza medali uchun bahsda qirgʻizistonlik Bekzat Almaz oʻgʻlidan ustun keldi va uchinchi oʻrinni egalladi.

Taekvondochi Ozoda Sobirjonova Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining bronza medali uchun dayanga chiqdi. -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sobirjonova belgiyalik Sara Chariga imkoniyatni boy berdi va shu nuqtada ishtirokini yakunladi.

Shuningdek, taekvondochi Jasur Jaysunov ham bronza medali uchun oʻtish bosqichidagi jangini yakunladi. -80 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Jaysunovga italiyalik ikki karra jahon chempioni Simone Alessio raqiblik qildi. Shiddatli jangda yevropalik sportchining qoʻli baland keldi va Jaysunov Olimpiadadagi ishtirokini shu nuqtada tugatdi.  

Yana bir Oʻzbekiston nomidan maydonga tushgan erkin kurashchi Javrail Shapiyev -86 kg vazn toifasining bronza medali uchun kurash olib bordi. Amerikalik nomdor Aron Bruks bilan bellashgan Shapiyev murosasiz bahsda imkoniyatni boy berdi va Olimpiya oʻyinlarini kuchli beshlikda tugatdi.

Oʻzbekistonlik sportchilar Olimpiya oʻyinlarida suvga sakrash dasturida debyut qildi. 10 metrli platformadan sakrash boʻyicha ishtirok etgan Igor Myalin saralashda 357,10 ball jamgʻardi va 21-natijani qayd etdi. Afsuski, bu ball sportchiga yarim final yoʻllanmasi uchun kamlik qildi. 

Uzoq yillik tanaffusdan keyin oʻzbekistonlik erkin kurashchi yana Olimpiya oʻyinlarida finaliga chiqdi. -74 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Razambek Jamalov yarim finalda tojikistonlik Viktor Rassadinni magʻlubiyatga uchratib, final yoʻllanmasiga ega chiqdi. Oltin medal uchun bahsda Jamalovga yaponiyalik Daichi Takatani raqiblik qiladi. 

Kecha badiiy gimnastika boʻyicha guruh mashqi yoʻnalishining saralash bosqichi ham boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Mumtoza Isʼhoqzoda, Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans hamda Amaliya Mamedova 64,000 ball bilan 7-oʻrinni egallashdi. Bu orqali ular bugun boʻlib oʻtadigan final bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi. 

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yakuniga yetmagan boʻlsada, Oʻzbekiston delegatsiyasi ayni paytning oʻzidayoq 5 ta oltin va 3 ta bronza medallari bilan oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi. Hali oldinda 3 nafar atletikachining final bahslari, qolaversa, ishtirokini kutib turgan bir qator sportchilar bor.

Sport

10.08.2024, 10:35

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Париж кўчаларининг бирига Самарқанд номи берилди

Parij ko‘chalarining biriga Samarqand nomi berildi

Fransiyaning poytaxti Parij shahrining ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jahon

14.03.2025, 12:34

Oʻzbekistonlik sportchilar Parij-2024 Paralimpiyadasiga yoʻl oldi

Oʻzbekistonlik sportchilar Parij-2024 Paralimpiyadasiga yoʻl oldi

Kecha, 13 avgust kuni Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga sport delegatsiyasini kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov maʼlum qildi. 

Sport

14.08.2024, 09:51

Parij-2024: Olimpiada sarhisobi

Parij-2024: Olimpiada sarhisobi

Joriy yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar davom etgan Parij-2024 yozgi Olimpiada oʻyinlari oʻz nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilar yangi marralarni qayd etdi. Koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgan bu galgi Olimpiada qaysi davlatlar peshqadamlik qildi? Oʻzbekistonlik sportchilar qanday natijalarga erishdi? Endi ularning taqdiri nima boʻladi? PARADIGMA.UZ jamoasi tomonidan tayyorlangan quyidagi maqola orqali barcha savollarga javob oling.

Sport

12.08.2024, 11:22

Parij–2024: Ispaniya futbol boʻyicha Olimpiada chempioni boʻldi

Parij–2024: Ispaniya futbol boʻyicha Olimpiada chempioni boʻldi

Parij shahrida tashkillashtirilgan yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida futbol musobaqasining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Yakuniy uchrashuv Fransiya hamda Ispaniya oʻrtasida kechgan.

Sport

10.08.2024, 13:25

Parij-2024: Bugun Oʻzbekiston hisobiga yana uchta medal qoʻshiladi

Parij-2024: Bugun Oʻzbekiston hisobiga yana uchta medal qoʻshiladi

Toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasi — oʻttiz uchinchi yozgi Olimpiya oʻyinlari yakuniy pallasiga yetib bormoqda. Bugun ham Parij mezbonligida oʻtayotgan musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasining bir qancha vakillari medallar uchun bahslashadi. 

Sport

10.08.2024, 12:16

Parij-2024: Bugun ham oʻzbekistonlik sportchilar oltin medal uchun kurashadi

Parij-2024: Bugun ham oʻzbekistonlik sportchilar oltin medal uchun kurashadi

Bugun Parij-2024 oʻttiz uchinchi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasidan bir qancha sportchilar ishtirokini endi boshlasa, baʼzilar esa oltin medal uchun kechadigan janglarda qatnashadi.

Sport

09.08.2024, 13:09

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01