Olimpiada kundaligi: Yana bir medal qoʻlga kiritildi

Parij-2024 Olimpiadasining  2-avgust kuni oʻtkazilgan bahslarida oʻzbekistonlik sportchilar ham medallar uchun raqobatlashdi. 

Sport

03.08.2024, 11:42

Ulashish:

Olimpiada kundaligi: yana bir medal qoʻlga kiritildi

Olimpiada kundaligi: yana bir medal qoʻlga kiritildi

Dastlab +100 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan dzyudochi Alisher Yusupov oʻtish oʻyinida gruziyalik Guram Tushishvili bilan kurashishi kerak edi. Ammo Tushishvili  diskvalifikatsiya qilingani uchun Alisher toʻgʻridan-toʻgʻri keying bosqich yoʻllanmasiga ega chiqdi. Alisher Yusupov Olimpiadaning bronza medali oʻrtaga tikilgan bahsida yaponiyalik jiddiy raqib Tatsuro Saitoni magʻlub etib Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi medalni taqdim etdi. 

 

Ayollar oʻrtasida boks bellashuvlarida ishtirokini davom ettirayotgan Sitora Turdibekova oʻzining chorak final bahsini oʻtkazdi. Bu bosqichda unga ikki karra jahon chempioni Xitoy Taipeyi vakili Yu Ting Lin raqib boʻldi. Oʻta qizgʻin kechgan bellashuvda ochkolar hisobiga Sitora Turdibekova raqibiga imkoniyatni boy berdi va Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.
     Kechga yaqin erkaklar oʻrtasidagi bahslarda 3 nafar oʻzbek boks vakillari ringa koʻtarildi. Birinchi jangda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan, Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov(+92)  avstraliyalik Teremoana Teremoanaga qarshi jang qildi. Bahodir Jalolov ortda qolgan 3 raundda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yakunda yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Yarim finalda unga germaniyalik  Nelviye Tiafak raqib boʻladi. Navbatdagi jang Rio-2016 yozgi Olimpia oʻyinlari gʻolibi Hasanboy Doʻsmatov va Saken Bibossinov oʻrtasida boʻldi. Boks professori deb nom olgan Hasanboy qozogʻistonlik sportchi ustidan gʻalaba qozonib medalni naqd qildi. Kunning soʻngi oʻyinida delegatsiyamizning eng yosh bokschisi Toʻrabek Habibullayev -80kg vazn toifasida kuchli raqib ikki karra Olimpiada chempioni, jahon chempioni kubalik Arlen Lopes bilan jang olib bordi. 20 yoshli hamyurtimiz Arlen Lopesga imkoniyatni boy berdi.
     Hozircha uch bokschimiz Lazizbek Mullajonov, Bahodir Jalolov va Hasanboy Doʻsmatov yarim final egasi boʻlib turibdi. Bugun ringa chiqadigan Abdumalik Xalokov(-57kg), Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev(-71) va Navbahor Hamidova(-66kg) yarim final uchun kurashadi. Hamyurtlarimizga bu janglarda omad tilaymiz.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Olimpia delegatsiyasi jami 3ta, 1ta oltin 2ta bronza medallari bilan reytingda 26-oʻrinda ketmoqda.

Sport

03.08.2024, 11:42

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekiston fuqarolarini kruiz sanoatida ish bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi

Kompaniya rahbarining taʼkidlashicha, faqatgina talabalar emas, balki ingliz tilini biladigan 21-45 yoshdagi boshqa Oʻzbekiston fuqarolarini ham ushbu sohaga jalb qilish va ularning malakasini oshirish imkoniyatlari mavjud.

Iqtisodiyot

20.07.2025, 11:04

Britaniyaning “SandStone Global” kompaniyasi “ Treasures of Uzbekistan” filmini suratga olmoqda

“Dunyo xazinalari” jahonga mashhur hujjatli serial boʻlib, 120 dan ortiq mamlakatda tomoshabinlarni oʻziga jalb qilgan va 450 millionga yaqin tomoshabin toʻplagan.

Madaniy

19.07.2025, 14:46

Tramp "The Wall Street Jurnali"dan 10 mln dollar undirish uchun sudga berdi

Tramp "The Wall Street Jurnali"dan 10 mln dollar undirish uchun sudga berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp "The Wall Street Jurnal" gazetasining Jeffrey Epstein haqida yozgan maqolasi ortidan, nashr egasi Rupert Murdoch va Dow Jones kompaniyasiga qarshi 10 milliard dollarlik daʼvo arizasi bilan chiqdi. Bu haqda BBC xabar qildi.

Jahon

19.07.2025, 13:59

Isroil va Suriya sulhga erishdi

Isroil va Suriya sulhga erishdi

Isroil tomonidan Yaqin Sharqdagi yuzaga kelgan mojarolar fonida Isroil va Suriya oʻrtasida sulhga erishildi. Bu haqda AQShning Turkiyadagi elchisi va ayni paytda Suriya boʻyicha maxsus vakili Tom Barrak X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi. 

Jahon

19.07.2025, 13:42

Озарбайжон ва Россия ўртасида кескинлик кучаймоқда

Ozarbayjon va Moskva oʻrtasida keskinlik kuchaymoqda

Ozarbayjon Moskvada boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Iqtisodiy kengashi yigʻilishida ishtirok etmadi. Odatda bunday uchrashuvlarda mamlakat nomidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Yagub Eyubov qatnashardi, ammo bu safar u kelmagan.

Siyosat

19.07.2025, 13:10

Anomal issiqda nima qilish kerak? Muhim tavsiyalar!

Issiq havoda suyuqlik isteʼmol qilishni koʻpaytirish kerak. Qaynatilgan ichimlik suvi isteʼmol qilish maqsadga muvofiqdir.

Oʻzbekiston

19.07.2025, 13:02

Namanganda xalqaro terroristik tashkilot "jamoasi" ushlandi

Namanganda xalqaro terroristik tashkilot "jamoasi" ushlandi

Namangan shahrida "Islom Davlati Xuroson Viloyati" xalqaro terroristik tashkilotining yashirin "jamoati" fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

19.07.2025, 12:56

Bakalavr va magistrlar uchun davlat grantlari soni oshirildi

Bakalavr va magistrlar uchun davlat grantlari soni oshirildi

Yangi oʻquv yilida bakalavriatga 35 500 ta, magistratura bosqichiga 9 922 ta davlat granti beriladi. Bu boʻyicha prezident farmoyishi qabul qilindi.

Ta'lim

19.07.2025, 12:45

Orolboʻyida hayvonot va qushlar dunyosi koʻpaymoqda

Bogʻ hududida faoliyat yuritayotgan inspektorlar va ilmiy xodimlarning muntazam patrul nazorati, monitoring ishlari va profilaktik chora-tadbirlari yovvoyi hayvonlarning osoyishta yashashini taʼminlamoqda.

Oʻzbekiston

19.07.2025, 11:30

IESlar yarim yillik rejani 101 foizga bajardi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2025 yil birinchi yarim yilligidagi erishgan foydani eʼlon qildi.

Iqtisodiyot

19.07.2025, 10:09

Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga xorijlik murabbiy kerakmi?

Dastlab Yoaxim Lyov terma jamoamizni boshqarishi mumkinligi haqida oʻqidik, soʻngra Slaven Bilich nomzodi paydo boʻldi.

Sport

19.07.2025, 08:51

82 marta YHQni buzgan namanganlik otaxon mashinasini yashirib qoʻydi

Avtomashina MIB Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan jarima maydoniga joylashtirildi.

Oʻzbekiston

18.07.2025, 20:46