Fargʻonada ota 41 yoshli oʻgʻlini oʻldirdi

Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida fuqaro 41 yoshli oʻgʻlini pichoqlab oʻldirib qoʻydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov PARADIGMA.UZ’ga maʼlum qildi.

Bildirilishicha, voqea joriy yilning 1 sentabr kuni 17:00 lar atrofida Oltiariq tumanining Toshobod MFY(Mahalla fuqarolar yigʻini)da sodir boʻlgan. Unda ota 1983 yilda tugʻilgan farzandi bilan janjallashgan. Soʻng fuqaro oshxona pichogʻini olib oʻgʻlining koʻkrak qafasining yuqori chap tomon qismiga bir marotaba urib, ogʻir tan jarohati yetkazgan.

“Olgan tan jarohatlari oqibatida, fuqaro Oltiariq tuman Tibbiyot birlashmasi ShTTYoB reanimatsiya boʻlimiga olib ketiladi. Ammo koʻrsatilgan yordamga qaramasdan shifoxonada jon beradi”, deyiladi munosabatda.

Yuqoridagi holat yuzasidan Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan oʻgʻlini oʻldirgan otaga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda gumon qilinuvchi shaxs JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qashqadaryoda ayol erini oʻldirib, jasadni quduqqa tashlab yuborgandi. 

Oʻzbekiston

04.09.2024, 14:18

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Tramp musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi

AQSh prezidenti bu oyni “ruhiy yangilanish, chuqur mulohaza va Yaratganning behisob neʼmatlarini qadrlash uchun moʻʼtabar mavsum” deya taʼrifladi.

Jahon

19.02.2026, 17:00

Isroil 10 ming falastinlikka Al-Aqso masjidiga kirishga ruxsat berdi

Buning uchun ular oldindan maxsus kunlik ruxsatnoma olishi shart, deyiladi Isroil mudofaa vazirligining bayonotida.

Jahon

19.02.2026, 16:29

Ijtimoiy tarmoqlar reytingi: foydalanuvchilar soni va jins boʻyicha farqlar

Dunyoda taxminan 5,7 milliard kishi (aholining 68 foizi) ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. YouTube esa turli avlodlar orasida eng ommabop platforma boʻlib qolmoqda.

Jahon

19.02.2026, 15:10

Oʻzbekiston – AQSh: ikki tomonlama bitimlar toʻplami imzolandi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga amaliy tashrifi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi va qoʻshma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi.

Siyosat

19.02.2026, 13:57

Ramazon men uchun muhim oy - Nyu-York meri

Shaharning ilk musulmon meri Zoxran Mamdani Ramazon oyi uning hayotida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. 

Jahon

19.02.2026, 12:30

Davlat bayrogʻidan foydalanish tartibi oʻzgarmoqda

Loyihada bayroqni teskari osish, uning estetik koʻrinishini buzish, ustiga turli predmet qoʻyish yoki ramziy mazmunini kamsituvchi harakatlar taqiqlanadi.

Oʻzbekiston

19.02.2026, 09:07

Avtokredit, subsidiya va chegirmalar: elektromobillar qoʻllab-quvvatlanadi

Oʻzbekistonda elektr transportga oʻtishni ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. 

Iqtisodiyot

18.02.2026, 17:21

Issiq suv hisoblagichini “orqaga qaytarish” taklifi: tizimli muammo bormi?

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiqlik va issiq suv uchun toʻlovlar endi shaxsiy onlayn-kabinetda alohida koʻrsatilishini maʼlum qildi. Rasman - shaffoflikka qadam. Ammo amaliyotda bir qator savolli holatlar kuzatilmoqda.

Oʻzbekiston

18.02.2026, 12:41

Fargʻonada fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi

Maktabga borishda Toshkent–Fargʻona magistral yoʻlida piyodalar uchun yoʻlak yoʻqligi va bolalar uchun xavfsiz yoʻl talabi koʻtarildi.

Oʻzbekiston

18.02.2026, 10:29

Eron biz bilan bitim tuzmoqchi — Donald Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga Eron bilan muzokaralarda bilvosita ishtirok etishini va bu juda muhimligini bildirdi.

Jahon

18.02.2026, 09:16

Ramazonga sovgʻa: ehtiyojmandlarga 1 mln soʻmgacha yordam

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand aholi uchun qator ijtimoiy yordam choralari belgilandi.

Oʻzbekiston

18.02.2026, 08:55

Qamchibek Tashiyev vaqtincha chet elga joʻnab ketdi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev isteʼfosidan soʻng mamlakatni tark etdi. 

Jahon

18.02.2026, 08:36