Issiq suv hisoblagichini “orqaga qaytarish” taklifi: tizimli muammo bormi?
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiqlik va issiq suv uchun toʻlovlar endi shaxsiy onlayn-kabinetda alohida koʻrsatilishini maʼlum qildi. Rasman - shaffoflikka qadam. Ammo amaliyotda bir qator savolli holatlar kuzatilmoqda.
Oʻzbekiston
18.02.2026, 12:41
Ulashish:

2026 yil 18 fevral kuni Toshkent shahri tumanlaridan biridagi ofisda isitish va issiq suv hisoblagichi koʻrsatkichlarini yangilash jarayonida noodatiy holat yuz bergan. Mijoz koʻrsatkichlarni suratga olib, operatorga taqdim etgan va kvitansiya rasmiylashtirilgan.

Shundan soʻng ofis xodimlaridan biri mijozga “yordam” taklif qilgan. Uning aytishicha, toʻlov summasini yarmigacha kamaytirish mumkin, buning uchun esa “uyga xodimlar borib, hisoblagichni orqaga aylantirib beradi”. Evaziga kvitansiyadagi summaning yarmini toʻlash taklif etilgan. Mijoz bu taklifni rad etgan.

Kompaniya bilan rasmiy munosabat olish maqsadida koll-markazga murojaat qilindi. Koll-markazning 8-operatori matbuot xizmati aloqalarini taqdim etmadi, elektron pochta manzili ham berilmadi. 17-operator esa kompaniyaga murojaat uchun rasmiy elektron pochta manzili hozircha saytda joylashtirilmaganini maʼlum qildi. Uning aytishicha, bu maʼlumotni saytga qoʻshish taklifi rahbariyatga yetkaziladi.

Shuningdek, operator hisoblagich koʻrsatkichlarini telefon orqali ham taqdim etish mumkinligini bildirdi. Biroq bu tartib rasmiy manbalarda aniq va ochiq shaklda koʻrsatilmagan.
Paradigma muxbiri bilan suhbatda operator kompaniya tizimiga kirish hozircha faqat ofisga borib, operator orqali parol olish yoʻli bilan amalga oshirilishini ham tasdiqladi.
Ayni paytda kompaniya onlayn tizim orqali xizmat koʻrsatilayotganini bildirgan boʻlsa-da, amalda mustaqil roʻyxatdan oʻtish imkoni cheklangan. Mijoz avval ofisga borib, operator orqali parol olishi kerak, shundan keyingina Telegram-bot yoki shaxsiy kabinetdan foydalanish mumkin.
Bu tartibni Paradigma.uz jurnalisti bilan telefon orqali suhbatda kompaniya koll-markazi operatori ham tasdiqladi. Uning aytishicha, hozircha tizimga kirish faqat ofis orqali parol olish yoʻli bilan amalga oshirilmoqda.
Masala yuzasidan mutasaddilardan rasmiy munosabat kutilmoqda.
Oʻzbekiston
18.02.2026, 12:41
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
So‘nggi yangiliklar

Avtokredit, subsidiya va chegirmalar: elektromobillar qoʻllab-quvvatlanadi
Iqtisodiyot
18.02.2026, 17:21

Fargʻonada fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi
Oʻzbekiston
18.02.2026, 10:29

Eron biz bilan bitim tuzmoqchi — Donald Tramp
Jahon
18.02.2026, 09:16

Ramazonga sovgʻa: ehtiyojmandlarga 1 mln soʻmgacha yordam
Oʻzbekiston
18.02.2026, 08:55

Qamchibek Tashiyev vaqtincha chet elga joʻnab ketdi
Jahon
18.02.2026, 08:36

Sankt-Peterburgdagi bayramga qarindoshini yuborgan mansabdorlarga chora koʻrildi
Iqtisodiyot
18.02.2026, 08:04

Kuniga 3 marta tish yuvish 50 dan ortiq kasallik xavfini kamaytiradi
Madaniy
17.02.2026, 17:10

Janubiy Koreyada Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida sammit oʻtkaziladi
Jahon
17.02.2026, 14:20

Qurilish sohasida 10 ta yirik korxona 1,4 trln soʻm soliq qarziga ega
Iqtisodiyot
17.02.2026, 11:02

Oʻzbekistonda pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi joriy etilishi kutilmoqda
Oʻzbekiston
17.02.2026, 10:27

Xilola Umarova lavozimidan ozod etildi
Oʻzbekiston
17.02.2026, 09:18
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
