«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?

Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar oʻzining muqarrar oʻlimi sari, yaʼni muzli togʻlar tomon yoʻl olgan yolgʻiz pingvin aks etgan video bilan «portladi».

Ulashish:

Foydalanuvchilar pingvinni nigilist deb atab, yolgʻiz qushning uzoqlashib borayotgani aks etgan koʻplab videolarni joylashtirishdi. Ushbu «oʻlim marshi» gʻamgin musiqa va kadr ortidagi ovoz bilan yanada dramatiklashtirildi. Hamdardlik bildirgan tomoshabinlarning esa «Lekin nega?» degan savoli ochiq qoldi.

 

Virusli pingvinning kelib chiqishi

Internetda virus kabi tarqalgan pingvin videosi nemis rejissyori Verner Hersogning «Dunyoning chekkasidagi uchrashuvlar» nomli hujjatli filmidagi parchadir. Ushbu film qariyb 20 yil avval “Discovery Channel”’ning hujjatli filmlar boʻlimi uchun suratga olingan. Hersog oʻz gʻoyasini amalga oshirish uchun Antarktidadagi Mak-Merdo stansiyasida yetti hafta boʻlgan. Film 2009 yilda «Oskar» mukofotiga nomzod ham boʻlgan.

Hersogning ishi pingvinlar haqidagi odatiy hujjatli filmlarga oʻxshamaydi. Kadrlarda rejissyor Mak-Merdoga turli sabablar bilan kelgan odamlar bilan suhbatlashadi. Uning suhbatdoshlaridan biri ekolog Devid Eynli boʻlib, rejissyor undan pingvinlar orasidagi «aqldan ozish» holatlari haqida kutilmagan savol beradi. Eynli baʼzan pingvinlar fazoviy moʻljalni yoʻqotib, omon qolish va ozuqa topish uchun hayotiy muhim boʻlgan okeandan adashib ketishini tushuntiradi.

Ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan sahnada aynan shunday pingvin tasvirlangan: u togʻlar tomon ketmoqda edi. Ekologning soʻzlariga koʻra, uni ortga burishga boʻlgan har qanday urinish behuda boʻlar edi. Agar uni ortga qaytarishsa ham, u baribir avvalgi yoʻliga qaytadi.

«Oʻrtada bitta pingvin bor edi. U muz chetidagi ozuqa maydoniga ham, koloniyaga ham qaytmadi. Koʻp oʻtmay, uning taxminan 70 kilometr masofadagi togʻlar tomon yoʻl olganini koʻrdik. Agar uni ushlab, koloniyaga qaytarishsa ham, baribir togʻlar tomon ketishini doktor Eynli tushuntirgan edi. Lekin nega?» — deya qayd etadi filmdagi hikoyachi.

Rejissyor keyinchalik film yaratilishi bilan bogʻliq qiziqarli bir holatni ham soʻzlab bergan. Uning aytishicha, kadr ortidagi ovozni yozishda u «Ochilmagan sirlar» serialidan ilhomlangan.

«U yerda vahimali ovoz bor edi. Masalan, u shunday derdi: “Tish shifokori uyiga qaytdi — eshik ochiq, hamma yoq qon. Va u tushundi: nimadir juda yomon narsa yuz bergan. Keyin u oshxona polida xotinini topdi — u qonga belangan edi. U oʻldirilgan edi. Albatta. Lekin nega?” Men aynan oʻsha ovozdan foydalandim», — deydi Hersog.

 

«Nigilist pingvin» memining maʼnosi

Pingvin qoidalarga boʻysunmagani, koloniyani tark etgani va uni tirik saqlab qolishi mumkin boʻlgan okeandan uzoqlashgani uchun nigilist deb atala boshlandi. Odamlar pingvinni insonlashtirib, uni «oʻzgacha narsa izlagan» va oʻz yoʻlidan borishdan qoʻrqmagan deb tasavvur qilishdi. Hatto katta bedal toʻlashga toʻgʻri kelsa ham, oʻz yoʻlidan borish gʻoyasi nigilist haqidagi koʻplab videolarning asosiy mavzusiga aylandi.

Ayrim foydalanuvchilar izohlarda oʻzlarini unga oʻxshatib, uning his-tuygʻularini tushunishini va tanlovini qoʻllab-quvvatlashini yozishdi. Boshqalar esa ochlik va charchoqdan halok boʻlgan qushning taqdiriga qattiq achinishdi.

«Bu shunchaki video emas, bu bir xillikdan charchagan va “poda”dan ajralib, oʻz haqiqati sari intilgan zamonaviy inson ruhiyatining aksidir», — deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

«Uning qanday oʻlganiga emas, qanday yashashni tanlaganiga eʼtibor bering», — deydi yana biri.

Boshqa bir bloger esa shunday yozdi: «Bu shunchaki pingvin emas. Sizda bitta hayot bor. Uni koloniyada qolib oʻtkazasizmi yoki boshqa yoʻlni tanlaysizmi? Bu dunyoda ikki xil odam bor: togʻlarga ketadiganlar va koloniyada qoladiganlar. Men qaysi toifada ekanimni bilaman».

 

Trendga tanqidiy nazar

Bu epizod millionlab odamlar uchun kuchli metaforaga aylandi. Koʻpchilik bu pingvin harakatlarida shunchaki xato emas, balki ongli isyon, nigilizm yoki ijtimoiy bosimlarga qaramay oʻz yoʻlini tanlashga jurʼat topgan «shaxsiyat»ni koʻrmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar «Pingvin kabi boʻl» shiori ostidagi videolar bilan toʻlib-toshdi.

Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Pingvin suratini fonga qoʻyish insonni pingvinga aylantirib qoʻymaydi. Hamma qarshi boʻlsa ham oʻz yoʻlidan qaytmaslik koʻpincha tugʻma xususiyat boʻladi. Isyonkor insonni jamiyat hamma vaqt ham tushunmaydi va qabul qilmaydi.

Bu trendning kinoyasi shundaki, koʻpchilik koloniyani tark etish haqida gapiradi, ammo bunga koloniya ichida, uning qoidalariga amal qilgan holda qoʻl uradi. Hamma ham pingvin boʻla olmaydi: kimdir oila boqadi, kimdir kredit toʻlaydi, kimdir ogʻir hayotiy sharoitda. Ayrimlarda togʻlarga ketish uchun imkoniyat bor, boshqalarda esa yoʻq.

Shuning uchun «pingvin kabi boʻl» shiori hamma uchun ham adolatli emas. Baʼzan togʻlarga yoʻl olish jasorat emas, balki charchoqdir. Bu ongli strategiya emas, balki ruhiy toʻliqishning oxirgi bosqichi ham boʻlishi mumkin.

Pingvin erkinlik va haqiqatga intilishni ramziy ifoda etsa-da, ayni paytda fojia va isyonni romantiklashtirish xavfini ham koʻrsatadi. Bu trend individuallik va jamoaviylik oʻrtasidagi kurashni ochib beradi. U jamiyatni oʻzgarishga ilhomlantiradimi yoki shunchaki navbatdagi internet kontenti sifatida yoʻqolib ketadimi — bu savol ochiq qolmoqda.

Muallif: Maftuna Baxtiyorova

So‘nggi yangiliklar

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 12:26

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg

Gʻarbiy Osiyodagi beqarorlik kuchayib, Eronning AQSh va Isroil zarbalariga javob qaytarishi logistika muammolarini keltirib chiqardi.

Iqtisodiyot

08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumaniga Andijondan kelin boʻlib tushgan Nasibaxon Ibrohimova kelinlik sepiga odatdagidek turli maishiy buyumlar emas, balki 800 ta ilmiy va badiiy kitob qoʻshib olib keldi.

Madaniy

08.03.2026, 07:37

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.

Vengriya zaderjala sem ukrainsev i dva bronirovannыx avtomobilya s millionami yevro i 9 kg zolota, otkrыv rassledovaniye po otmыvaniyu deneg. Kiyev obvinyayet Orbana v politicheski motivirovannoy provokatsii, Zelenskiy prigrozil premeru, vыzыvaya shok i napryajeniye v Vengrii. 

Iqtisodiyot

07.03.2026, 14:42