Oʻzbekiston va Pokiston kiberxavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Oʻzbekiston elchisi Alisher Toʻxtayev Pokiston Kiberxavfsizlik sohasida favqulodda holatlarni bartaraf etish milliy markazi bosh direktori Hayder Abbas bilan uchrashdi. 

Ulashish:

Muloqot chogʻida ikki mamlakat oʻrtasida kiberxavfsizlik sohasida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, raqamli infratuzilmani himoya qilishga ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish, qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalar orqali kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Raqamli Oʻzbekiston – 2030" strategiyasi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, elektron hukumat tizimining imkoniyatlari va IT-parklar faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Markaz bosh direktori Hayder Abbas oʻzi rahbarlik qilayotgan tashkilot faoliyati, milliy darajada kibertahdidlar monitoringi olib borish, tarmoqlar darajasida sohaviy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, tashkilotlar darajasida esa ichki axborot infratuzilmasini himoya qilish borasida koʻrilayotgan choralar bilan haqida soʻzlab berdi.

Shuningdek, Markaz davlat xizmatchilari va taʼlim muassasalari uchun muntazam seminarlar, malaka kurslari va konferensiyalar tashkil etib kelayotgani qayd etildi. Amalga oshirilayotgan 4 bosqichli oʻquv dasturi strategik qarorlar qabul qilishdan tortib, texnik koʻnikmalar va raqamli savodxonlikni oshirishga qaratilgani taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida kiberhodisalarga tezkor javob qaytarish va tahdidlar haqida axborot almashish, qoʻshma oʻquv-mashgʻulotlari va simulyatsiyalar oʻtkazish, davlat xizmatchilari va talabalar uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish, sunʼiy intellekt asosida tahdidlarni aniqlash, raqamli ekspertiza va xavfsiz aloqa tizimlari sohasida ilmiy-tadqiqotlar olib borish kabi yoʻnalishlar da hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida raqamli xavfsizlik sohasida hamkorlikni izchil davom ettirish, ustuvor vazifalar va aniq amaliy yoʻnalishlarni belgilab olish uchun oʻzaro tashriflarni tashkil etish, ikki davlat mutasaddi idoralari oʻrtasida muntazam onlayn uchrashuv va muzokaralar oʻtkazishga kelishildi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 09:02

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Pokiston va Afgʻoniston mojarosi urushga aylandi

Toʻqnashuvlar olti viloyatni qamrab olgan. Tomonlar artilleriya va pulemyotlardan foydalanmoqda, quruqlikdagi boʻlinmalar esa bir-birining hududiga kirgani aytilmoqda.

Jahon

27.02.2026, 15:35

Pokiston–Afgʻoniston chegarasida navbatdagi toʻqnashuvlar: Koʻrammda otishmalar qayta avj oldi, qurbonlar bor

15 oktabrga oʻtar kechasi Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyati Koʻramm tumanida Pokiston qoʻshinlari bilan Afgʻoniston tomonidagi tuzilmalar oʻrtasida yangi otishmalar kuzatildi. Pokiston davlat OAVlari «afgʻon xizmatlari va TTP (Tehreek-e-Taliban Pakistan) guruhlari provokatsiya uchun oʻt ochdi» deya xabar berdi; Pokiston armiyasi «qatʼiy zarba bilan» javob qaytarganini, bir qator postlar va tanklar zararlanganini bildirdi, deya xabar berdi AP News.

Jahon

15.10.2025, 11:31

Afgʻoniston va Pokiston chegarasida qonli toʻqnashuvlar sodir boʻldi

Afgʻonistonning Pokiston bilan chegaradosh Paktiya viloyatida ikki mamlakat chegara qoʻshinlari oʻrtasida ogʻir toʻqnashuvlar yuz berdi.

Jahon

13.10.2025, 10:01

“Uzbekistan Airways” Karachiga toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni yoʻlga qoʻyadi

Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi tashabbusi bilan Karachi shahrida yurtimiz turizm salohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

11.10.2025, 19:15

Pokistonda 5 nafar farzandi bilan mushkul ahvolda qolgan fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi

Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida Pokistonda mushkul ahvolda qolgan fuqaro K.I. va uning 5 nafar farzandi Oʻzbekistonga qaytarildi.

Oʻzbekiston

30.09.2025, 16:07

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01