Pokistonda 5 nafar farzandi bilan mushkul ahvolda qolgan fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi

Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida Pokistonda mushkul ahvolda qolgan fuqaro K.I. va uning 5 nafar farzandi Oʻzbekistonga qaytarildi.

Ulashish:

Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi maʼlumotiga koʻra, vatandoshimiz K.I. oʻz murojaatida Pokistonda boquvchisiz qolgani, turar joy va kundalik ehtiyojlar, xususan oziq-ovqat uchun ham zarur mablagʻga ega emasligini maʼlum qilib, Oʻzbekistonga qaytishi uchun amaliy yordam berishni soʻragan.

Murojaat elchixona tomonidan alohida nazoratga olinib, tezkor choralar koʻrildi.  Ular vaqtinchalik turar-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda kundalik ehtiyojlari uchun mablagʻ bilan taʼminlandi. Shuningdek, oilaning Oʻzbekistonga yetib olishi uchun Vatanga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirildi, boshqa turdagi zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatildi.

Pokistonning tegishli vazirlik va idoralari mutasaddilari bilan oʻtkazilgan muzokaralar natijasida, ushbu mamlakatdagi viza tartiboti va bu yerda boʻlib turish tartiblari buzilganiga qaramasdan, hamyurtimiz va uning farzandlarini jarima va toʻlovlarsiz davlatdan chiqarib yuborish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Oʻzbekiston elchixona va Migratsiya agentligi koʻmagida ushbu oilaga "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining "Islomobod-Toshkent" yoʻnalishidagi samolyotiga aviachiptalar olib berildi va ular 27 sentabr kuni Vatanga kuzatib qoʻyildi.

Oʻzbekiston

30.09.2025, 16:07

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Pokiston–Afgʻoniston chegarasida navbatdagi toʻqnashuvlar: Koʻrammda otishmalar qayta avj oldi, qurbonlar bor

15 oktabrga oʻtar kechasi Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyati Koʻramm tumanida Pokiston qoʻshinlari bilan Afgʻoniston tomonidagi tuzilmalar oʻrtasida yangi otishmalar kuzatildi. Pokiston davlat OAVlari «afgʻon xizmatlari va TTP (Tehreek-e-Taliban Pakistan) guruhlari provokatsiya uchun oʻt ochdi» deya xabar berdi; Pokiston armiyasi «qatʼiy zarba bilan» javob qaytarganini, bir qator postlar va tanklar zararlanganini bildirdi, deya xabar berdi AP News.

Jahon

15.10.2025, 11:31

Afgʻoniston va Pokiston chegarasida qonli toʻqnashuvlar sodir boʻldi

Afgʻonistonning Pokiston bilan chegaradosh Paktiya viloyatida ikki mamlakat chegara qoʻshinlari oʻrtasida ogʻir toʻqnashuvlar yuz berdi.

Jahon

13.10.2025, 10:01

“Uzbekistan Airways” Karachiga toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni yoʻlga qoʻyadi

Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi tashabbusi bilan Karachi shahrida yurtimiz turizm salohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

11.10.2025, 19:15

Oʻzbekiston va Pokiston kiberxavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Oʻzbekiston elchisi Alisher Toʻxtayev Pokiston Kiberxavfsizlik sohasida favqulodda holatlarni bartaraf etish milliy markazi bosh direktori Hayder Abbas bilan uchrashdi. 

Oʻzbekiston

18.09.2025, 09:02

Pokistonda Oʻzbekiston boʻylab oʻtuvchi motoralliga start berildi

Ralli ishtirokchilari 23 kun davomida Pokiston, Afgʻoniston, Oʻzbekiston va Tojikiston orqali oʻtuvchi 5000 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtadi

Sport

06.08.2025, 17:20

Trans-Afgʻon yoʻlagi masalasini hal etish uchun uch mamlakat vakillari Kobulda uchrashishdi

Trans-Afgʻon yoʻlagi masalasini hal etish uchun uch mamlakat vakillari Kobulda uchrashishdi

Kecha, 17 iyul kuni Oʻzbekiston, Pokiston va Afgʻoniston hukumat vakillari "Oʻzbekiston - Afgʻoniston - Pokiston" temir yoʻli koridorining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash boʻyicha bitim imzolanishi mintaqaviy hamkorlik arxitekturasi uchun burilish nuqtasiga aylandi

Siyosat

18.07.2025, 11:20

So‘nggi yangiliklar

2025 yil Nobel mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi

2025 yil 6–13 oktabr kunlari Shvetsiya va Norvegiyada oʻtgan Nobel haftaligida fiziologiya va tibbiyot, fizika, kimyo, adabiyot, tinchlik va iqtisod sohalari boʻyicha yil laureatlari eʼlon qilindi. Nobel mukofoti 1901 yildan beri topshirilib, har bir gʻolib 11 mln shved kronasi, diplom va oltin medal oladi. Rasmiy marosim 10 dekabrda Stokgolm va Osloda oʻtkaziladi.

Jahon

10.12.2025, 18:25

Oʻzbekistonda uy-joy va avtomobil xaridi 1 apreldan naqd pulsiz tartibga oʻtadi

2026 yil 1 apreldan Oʻzbekistonda bir qator yirik toʻlovlar faqat bank kartalari yoki elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Bu Prezidentning 10 dekabrda qabul qilingan “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan.

Iqtisodiyot

10.12.2025, 17:05

Germaniya sovet davridagi koʻcha nomlaridan voz kechadi

Mamlakatning sharqiy hududlarida hali ham Vladimir Lenin, GDR rahbarlari Otto Grotevol va Vilgelm Pik nomidagi koʻchalar uchraydi. Taʼkidlanishicha, Germaniya birlashganiga 35 yil boʻlgan bir paytda repressiyalar va totalitar tuzum bilan bogʻliq shaxslar nomlari koʻchalarda qolmasligi kerak.

Jahon

10.12.2025, 16:41

Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 4,5 foizgacha qisqaradi

Har bir kambagʻal oila uchun uning imkoniyatlari va xohish-istaklarini hisobga olgan individual reja ishlab chiqiladi. Loyihaviy yondashuv doirasida “Bandlik organlari – ish beruvchilar hamkori”, “Teng imkoniyat – inklyuziv bandlik”, “Mahallda tadbirkorlikni rivojlantirish” va boshqa dasturlar orqali 1 million nafar kambagʻal qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston

10.12.2025, 15:14

Ayrim hududlarda elektr vaqtincha oʻchishi mumkin

Sirdaryodagi 1500 MVt quvvatli IESdagi nosozlik tufayli ayrim hududlarda elektr vaqtincha oʻchishi mumkin. Maʼlumotga koʻra, ACWA Power tomonidan foydalanishga topshirilgan stansiyaning 2-sonli gaz turbinasida rotor muammosi aniqlangan. Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi tayyorlagan yangi rotor 8 dekabr kuni maxsus reys bilan Toshkentga yetkazilgan.

Oʻzbekiston

10.12.2025, 11:10

Oʻzbekiston va Al-Azhar oʻrtasida yangi ilmiy hamkorlik loyihalari yoʻlga qoʻyiladi

Misrning nufuzli ilmiy-diniy markazi — “Al-Azhar” va Oʻzbekiston oʻrtasida ilmiy-taʼlimiy hamkorlik yangi bosqichga koʻtariladi. Qohirada boʻlib oʻtgan uchrashuvda Misr bosh imomi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad at-Toyyib Oʻzbekiston delegatsiyasi — Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi vakillar bilan muzokara olib bordi.

Oʻzbekiston

10.12.2025, 10:14

Dunyodagi eng qattiq rejimli 10 ta qamoqxona

Jinoyat sodir etgan shaxslarni jamiyatdan ajratish va davlat barqarorligini saqlash maqsadida turli darajadagi qamoqxonalar faoliyat yuritadi. Biroq dunyoda shunday muassasalar ham borki, ular oddiy jazoni ijro etish joyi emas, balki qattiq rejim, total nazorat va psixologik bosimning eng yuqori nuqtasiga aylangan tashkilotlardir.

Jahon

09.12.2025, 19:00

Oʻzbekistonda 70 ga yaqin onlayn qimor platformalari bloklandi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Oʻzbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targʻib qiluvchi 70 ga yaqin sayt bloklanganini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 14:48

Markaziy Bank plastik kartadan noqonuniy pul yechib olinishi yuzasidan munosabat bildirdi

Qayd etilishicha, fuqarolarning Humans ilovasi orqali mablagʻlari yechib olingani haqidagi ilk murojaatlar Markaziy bankka 8 dekabr kuni soat 08:30 atrofida kelib tushgan. Shundan soʻng Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida Octagram AJ (Paylov — savdo belgisi) bilan bogʻlanib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash va ehtimoliy zaifliklarni bartaraf etish maqsadida P2P amaliyotlarini vaqtincha toʻxtatish boʻyicha koʻrsatma bergan.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 14:40

Nega plastik kartalardan pul yechib olinmoqda?

Soʻnggi kunlarda fuqarolardan plastik kartalaridan ularning xabari va roziligisiz pul mablagʻlari yechib olinayotgani haqida koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Eʼtiborli jihati shundaki, jabrlanuvchilar hech qanday shubhali fayllarni yuklamagan, SMS-kodlarni kiritmagan va shaxsiy maʼlumotlarini hech kimga taqdim etmagan.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 11:39

Hayotingizda Konstitutsiyaning roli qanday?

Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan ijodiy guruhimiz koʻchada yurtdoshlar oʻrtasida kichik soʻrovnoma oʻtkazdi. Soʻrovnoma davomida fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimi, unga boʻlgan munosabati va shaxsiy fikrlari oʻrganildi. 

Oʻzbekiston

09.12.2025, 10:14

Toshkentda yoʻl harakatini boshqarish boʻyicha yangi markaz ish boshlaydi

Toshkent shahrida yoʻl harakatini boshqarish va tirbandliklarni kamaytirish maqsadida yangi Yoʻl harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi. Shuningdek, poytaxt infratuzilmasini rivojlantirish doirasida Xitoy bankdan 271 mln dollar kredit jalb qilinib, 2030 yilgacha 150 ming oʻrinli toʻxtash joylari barpo etilib, Toshkent metropoliteni uzunligi 103 kilometrgacha yetkaziladi hamda piyodalar va velosiped yoʻlaklari kengaytiriladi.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 09:01