«Imarat Development» egasi gumonlanuvçi sifatida uşlandi
Marat Hamdamov kompaniya faoliyati yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi doirasida gumonlanuvçi sifatida uşlandi. U bilan birga yana bir kişi ham uşlangan.
Oʻzbekiston
02.11.2026, 15:31
Ulashish:

"Imarat Development" quriliş loyihasi egasi Marat Hamdamov Toşkent şahar IIBB tomonidan olib borilayotgan jinoyat işi doirasida gumonlanuvçi sifatida uşlandi. Jinoyat işi doirasida yana bir kişi ham uşlangan.
Toşkent şahar IIBB ma’lumotiga köra, Marat Hamdamov va J.A. Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasida belgilangan tartibda uşlangan.
Mazkur holat kompaniya loyihalaridan xonadon sotib olgan fuqarolarning e’tirozlari, jumladan, uylar şartnomada körsatilgan muddatlarda topşirilmagani va tölangan mablağlarni qaytariş bilan boğliq muammolar fonida yuz berdi.
1 noyabr kuni Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi «Imarat Development» MÇJ rahbariyatiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 192¹¹-moddasi (nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatgan edi.
IIBB ma’lumotiga köra, kompaniya faoliyatidan norozi bölgan bir neça fuqaro huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilib, jamiyat rahbariyatiga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Tekşiruv davomida kompaniya qurişni rejalaştirgan köp qavatli turar joy binolari Toşkent şahrida emas, balki Toşkent viloyatining Quyiçirçiq tumanida joylaşgani aniqlangan. Ayrim xaridorlar obyektlarning joylaşuvi böyiça berilgan ma’lumotlardan norozi bölib, xonadonlar uçun tölagan pullarini qaytarişni talab qilgan. Biroq mablağlar qaytarilmagan.
Mojaro qanday boşlangan?
"Imarat Development" atrofidagi e’tirozlar 2025 yilda ham kuzatilgan.
2025 yil iyul oyida Toşkent viloyatining Quyiçirçiq tumanida joylaşgan Sergeli City turar joy majmuasi qurilişida qoidabuzarliklar aniqlangan. Quriliş sohasida nazorat inspektsiyasi ma’lumotlariga köra, beşta blokda — A9, A10, A11, D1 va D2 — işlar zarur davlat röyxatidan ötkazilmasdan olib borilgan.
Şuningdek, mutaxassislar beton ustunlarda böşliqlar, poydevor ostida suv töplanişi va loyihada közda tutilgan drenaj tizimi mavjud emasligini aniqlagan.
Inspektsiya qoidabuzarliklarni bartaraf etiş böyiça körsatma berib, mazkur bloklardagi quriliş işlarini vaqtinça töxtatgan. Özini loyiha asosçisi sifatida taniştirgan tadbirkor Marat Hamdamov esa işlar butunlay töxtatilmaganini, balki vaqtinça töxtatib turilganini va kompaniya qonun doirasida faoliyat yuritayotganini bildirgan.
Avvalroq e’lon qilingan videoreportajlarda fuqarolar bir neça oy davomida kompaniyaga tölagan mablağlarini qaytarib ololmayotganini aytgan.
Xaridorlar kompaniya mijozlarni jalb qiliş uçun ijtimoiy tarmoqlarda maşhur blogerlar iştirokidagi keng kölamli reklama kampaniyasidan foydalanganiga e’tibor qaratgan. Reklama roliklarida fuqarolarga dastlabki tölovsiz yoki minimal tölov bilan, qulay şartlarda bölib tölaş imkoniyati orqali uy-joy sotib oliş taklif qilingan.
Xaridorlarning asosiy e’tirozlaridan biri quriliş obyektlarining joylaşuvi bilan boğliq. Ularning aytişiça, sotuv menejerlari Toşkent viloyatining Quyiçirçiq tumanida qurilayotgan turar joy majmuasini Toşkent şahrining Sergeli va Yangihayot tumanlarida joylaşgan loyiha sifatida taqdim etgan. Parkent tumanida qurilişi rejalaştirilgan köp qavatli uy esa Yangi Toşkentdagi obyekt sifatida taniştirilgan.
Bundan taşqari, xaridorlar ayrim obyektlarda quriliş işlari juda sekin olib borilgani yoki quriliş kotlovan qaziş bosqiçidan nariga ötmaganini bildirgan.
Fuqarolarda quruvçida quriliş va obyektlarni yagona elektron reyestrda röyxatdan ötkaziş uçun zarur hujjatlar mavjudligi yuzasidan ham şubhalar paydo bölgan.
Xaridorlarning e’tirozlariga köra, şartnomani bekor qilib, pullarini qaytarib olişga uringan fuqarolarga nisbatan kompaniya jarima va penya qöllagan. Şuningdek, tölov muddatlari muntazam keçiktiriladigan kafolat xatlari berilgan. Keyinçalik esa kompaniya moliyaviy qiyinçiliklarni sabab qilib körsatib, mablağlarni qaytarişni töxtatgan.
Sönggi kunlarda kompaniyaning Toşkent şahri, Sergeli tumanidagi Buyuk avlod köçasida joylaşgan boş ofisi oldida norozi fuqarolar muntazam yiğila boşlagan. Şundan söng Toşkent şahar IIBB kompaniya faoliyatini tekşirib, jinoyat işi qözğatgan.
Hozirda jinoyat işi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi
Oʻzbekiston
15.09.2026, 11:46

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
