“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi
1-iyuldan “Yagona davlat nazorati” tizimi ishga tushadi. Endi tadbirkor va mansabdor shaxs o‘rtasidagi muloqotlar nazorat qilinadi. Qoidabuzar tekshiruvchi esa “Insofsiz tekshiruvchilar reyestri”ga kiritiladi.
Oʻzbekiston
21.05.2026, 11:17
Ulashish:

2026-yil 1-iyuldan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.
Xususan, tadbirkor o‘zi faoliyat yuritayotgan hududdagi mas’ul mansabdor shaxslar – tuman (shahar) hokimi, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika va soliq inspektorlari haqida to‘liq ma’lumot olish hamda ular bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Endilikda davlat xizmatchisining tadbirkor faoliyat yuritayotgan obyektga nazorat yoki profilaktika tadbirisiz borishi yoki tadbirkorni boshqa joyga chaqirishi “nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqot” sifatida rasmiy qayd etiladi.
Xususan, “norasmiy homiylik”, asossiz iltimoslar yoki boshqa qonunchilikka zid xatti-harakatlar uchun zamin yaratadigan yashirin muloqotlar endilikda tizimli ravishda nazorat ostiga olinadi.
Bunday muloqotlar haqidagi ma’lumotlarni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritish davlat xizmatchilari uchun majburiy.
Endi har qanday uchrashuv hujjatlashtiriladi va bu talabga amal qilinmasa, mansabdor shaxsga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi mumkin.
Bundan tashqari, bir yil davomida bir tadbirkor bilan ikki va undan ortiq marotaba asossiz muloqotga kirishgan davlat xizmatchilariga nisbatan qat’iy choralar belgilandi.
Bunday holatda ularga xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi, aynan shu tadbirkor faoliyatini tekshirishda 12 oy davomida cheklov qo‘yilishi yoki tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshirish o‘tkazishga vakolat beruvchi maxsus guvohnomaning vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.
Qoidalarni muntazam buzgan mansabdor shaxslarning “Insofsiz tekshiruvchilar reyestri”ga kiritiladi.
“Biznes himoya” QR-kodi joriy etiladi
“Biznes himoya” tizimi orqali tadbirkor zimmasidagi ortiqcha byurokratik yuklama – tekshiruvlarni ro‘yxatga olish elektron kitobini taqdim etish majburiyati bekor qilinmoqda.
Endilikda nazorat qiluvchi organ vakili tekshiruv boshlashdan oldin tadbirkordagi QR-kodni skaner qilish orqali barcha jarayonni “Yagona davlat nazorati” tizimida avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Agar davlat xizmatchisi QR-kod orqali tekshiruv yoki muloqotni tizimga kiritmasa, tadbirkor uni o‘z hududiga kiritmaslik yoki muloqotga kirishmaslik huquqiga ega.
Shuningdek, 2026-yil 1-iyuldan tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ular uchun “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida shaxsiy kabinet avtomatik ravishda ochilishi belgilangan.
Bu faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlarga alohida murojaat yoki qo‘shimcha harakatlarsiz nazorat jarayonlarini boshqarish, tekshiruvlar tarixini kuzatish va o‘z huquqlarini himoya qilish imkonini beradi.
Oʻzbekiston
21.05.2026, 11:17
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36
So'nggi yangiliklar

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Özbekistonda gaz ballonlari noqonuniy sotilmoqda
Oʻzbekiston
23.10.2026, 09:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36

