O‘zbekistonda tilanchilik uchun jarimalar oshirildi

Tilanchilik qilganlik uchun qonunda qanday choralar belgilangan?

O‘zbekistonda tilanchilik uchun jarimalar oshirildi

O‘zbekistonda tilanchilik bilan shug‘ullanganlik va boshqa shaxslarni ushbu faoliyatga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi. Bu tegishli qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev qonunni 2026-yil 14-oktyabr kuni imzoladi.

Tilanchilik bilan shug‘ullanganlik uchun jarima BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, boshqa shaxslarni bu ishga jalb qilganlik uchun esa 10 baravaridan 15 baravarigacha oshirildi. Har ikki holatda ham 15 sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanishi mumkin.

Tilanchilik uchun jarima qancha oshdi?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188³-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, ko‘chalarda, transport vositalarida va jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari yoki boshqa moddiy qimmatliklarni berishni faol tarzda so‘rash uchun jarima miqdori oshirildi.

Ilgari bunday huquqbuzarlik uchun BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq belgilangan edi. Yangi tartibga ko‘ra, jarima BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha etib belgilandi. Ma’muriy qamoq muddati esa o‘zgarishsiz qoldi.
2026-yil 1-sentabrdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 440 ming so‘m etib belgilangan. Shu miqdordan kelib chiqib, jarimalar quyidagicha hisoblanadi:

Eng kam jarima — 1 million 320 ming so‘m.
Eng yuqori jarima — 2 million 200 ming so‘m.

Demak, yangi tartibda tilanchilik bilan shug‘ullanganlik uchun jarimaning eng kam miqdori avvalgi eng kam miqdorga nisbatan uch baravar oshirildi.

Boshqa shaxslarni tilanchilikka jalb qilganlarga qanday jazo belgilandi?

Qonunda boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish uchun ham jazo kuchaytirilgan. Bu, jumladan, voyaga yetmaganlar, keksa yoshdagi shaxslar, ruhiy holati buzilgan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ushbu faoliyatga jalb qilish holatlarini qamrab oladi.

Bunday huquqbuzarlik uchun avval BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq belgilangan edi. Yangi qonunga muvofiq, jarima BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha oshirildi. Ma’muriy qamoq muddati esa o‘zgarmadi.

Amaldagi BHMdan kelib chiqib, bu quyidagi summalarni tashkil etadi:

Eng kam jarima — 4 million 400 ming so‘m.
Eng yuqori jarima — 6 million 600 ming so‘m.
Shuningdek, shaxslarni alkogolli ichimliklar yoki giyohvandlik va psixotrop moddalar qatoriga kirmaydigan, biroq insonning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarni majburan iste’mol qildirgan holda tilanchilikka jalb qilish ham mazkur normada nazarda tutilgan.

Qonunchilikdagi o‘zgarishlarning maqsadi nima?

Tilanchilikka oid jarimalarning oshirilishi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan kengroq qonunchilik islohotlari doirasida amalga oshirildi.

Prezidentning rasmiy saytida e’lon qilingan qonunda bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, huquqbuzarliklar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash asosiy maqsadlar sifatida ko‘rsatilgan. Hujjatda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka oid boshqa o‘zgartishlar ham mavjud.

Tilanchilikka oid yangi normalar, ayniqsa, himoyaga muhtoj shaxslardan foydalanish yoki ularni majburlash bilan bog‘liq holatlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi.

Muallif: Hasanboy OCHUN

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 noyabrdan Özbekistonda gaz ta’minoti, bojxona rasmiylaştiruvi, mobil reklama, tadbirkorlar uçun kommunal tölovlar hamda pensiya tayinlaş tartibiga oid bir qator özgarişlar joriy etiladi.

Oʻzbekiston

31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi

Rossiya budjet taqçilligi 5,8 trillion rublga yetdi. Hukumat bir qator sohalarni qamrab oladigan yangi soliq çoralarini taklif qilmoqda.

Jahon

30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi

Yordam pulini qanday oliş mumkin?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi

Kelişuvlar nimalarni özgartiradi?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi

Binance xavfsizlik buzilişi gumoni bilan barça mablağlarni kiritiş va yeçib oliş operatsiyalarini vaqtinça töxtatdi.

Iqtisodiyot

30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi

Ikkinçi jahon uruşi davomida Yaponiya foydalangan 56 ta «dözax kemasi»dan 19 tasi Ittifoqçilar tomonidan çöktirildi. Bu kemalarda 126 mingdan ortiq harbiy asir taşilib, ularning har uç nafaridan biri halok bölgan.

Madaniy

29.10.2026, 19:35

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →