O‘zbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqda, qachon va nima uchun vaqt o‘tkazmoqda?
25 millionlik Telegram auditoriyasi, 16 millionlik YouTube va kuniga soatlab tarmoqlarda vaqt o‘tkazadigan odamlar... O‘zbekistonning raqamli manzarasi qanday?
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:40
Ulashish:

O‘zbekiston raqamli bozori pandemiyadan keyingi yillarda keskin tarzda o‘smoqda. Buni statistik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining internetdan foydalanishi:
- 2021-yil – 76,6 foiz
- 2022-yil – 83,9 foiz
- 2023-yil – 89,0 foiz
- 2024-yil – 93,3 foiz
- 2025-yil – 94,6 foiz
- 2026-yil (yanvar–avgust) – 97,3 foiz.
Internet qamrovi kengayishi, smartfonlardan foydalanishning ommalashishi va kontent iste’molining mobil qurilmalarga ko‘chishi natijasida Telegram, YouTube va Instagram kabi platformalar nafaqat kommunikatsiya vositasi, balki biznes uchun muhim marketing tarmog‘iga aylandi.
Internetdan foydalanish ommalashgani sari “Odamlar qaysi platformadan foydalanmoqda?”, “Ularning yoshi?”, “Qaysi vaqtda faol?” kabi savollarning ahamiyati oshadi.
Shu nuqtayi nazardan biz 2026-yil sentyabr oyidagi onlayn bozor manzarasini tushunish uchun statistik ma’lumotlarga asoslangan tahlil amalga oshirdik. Keltirilgan raqamlarning bir qismi ochiq manbalardagi ma’lumotlarga, bir qismi esa mavjud statistikalarni 2026-yil sentyabriga proporsional ravishda hisoblashga asoslangan. Shu sababli ularni rasmiy statistika emas, balki asosan, analitik taxminiy ko‘rsatkichlar sifatida qabul qilish kerak.

1-rasm. O‘zbekiston aholisi: auditoriyani baholashning asosiy bazasi
Birinchi rasm butun tahlil uchun asos bo‘ladigan demografik bazani ko‘rsatadi.
2026-yil yanvaridagi aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olishining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 39 047 321 kishini tashkil qilgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, shundan 19 766 166 nafari erkaklar, 19 281 155 nafari ayollardir.
Biz sentyabr oyidagi aholi sonini taqriban 39,5 mln deb oldik. Bu rasmiy sentyabr statistikasi emas, balki yil davomida aholi o‘sishini hisobga olgan taxminiy ko‘rsatkich.
Yosh tarkibiga qaraganda, O‘zbekiston juda yosh mamlakat bo‘lib qolmoqda. Eng katta guruhlardan biri 25–34 yoshdagilar – taxminan 5,89 mln, 35–44 yoshdagilar esa 5,85 mln atrofida. 18–24 yosh guruhi qariyb 4 mln kishini tashkil qiladi.
Bu raqamlar iste’mol bozori uchun juda muhim. Chunki 18–44 yosh oralig‘idagi auditoriya bir vaqtning o‘zida xarid qilish, xizmatlardan foydalanish, kredit olish, ta’lim, ish, avtomobil, texnologiya va boshqa ko‘plab kategoriyalarda eng faol segmentdir.
Ayniqsa, reklama kampaniyasida faqatgina qancha foydalanuvchi borligi emas, “bu foydalanuvchilarning yoshi qanaqa?” degan savol ham hisobga olinadi.

2-rasm. Platformalar bo‘yicha umumiy taqqoslash
Ikkinchi rasm O‘zbekistondagi top platformalarni auditoriya hajmi bo‘yicha taqqoslaydi.
Platformalar kesimida foydalanuvchilar soni taqriban:
- Telegram — 25 mln
- YouTube — 16 mln
- Instagram — 14,1 mln
- TikTok — 2,59 mln
- Facebook — 2,35 mln
- LinkedIn — 1,10 mln
- Facebook Messenger — 0,51 mln
- X — 0,15 mln
deb olingan.
Asosiy ko‘rsatkichlar xalqaro DataReportal 2026 hisobotiga asoslangan. DataReportalning o‘zi esa mazkur reklama auditoriyasi oylik faol foydalanuvchilar bilan teng emasligini alohida ta’kidlaydi.
YouTube bo‘yicha esa 16 mln raqam boshqa metodologiyaga ega StateGlobe'ning 2026-yilga mo‘ljallangan hisobotidan olingan.
Bu grafikning asosiy vazifasi – platformalarning nisbiy ko‘lamini ko‘rsatish.

3-rasm. Platformalar bo‘yicha batafsil statistika
Uchinchi rasm platformalarni yanada chuqurroq ko‘rib chiqadi: auditoriya hajmi, aholiga nisbati, o‘sish sur’ati va gender taqsimoti.
Telegram — 25 mln
Telegram tahlilimizning eng muhim platformasi. 2025-yil boshida Timur Bakiyev O‘zbekistonda Telegramning taxminan 25 mln noyob foydalanuvchisi borligini aytgan. 2025-yil mayidagi Kun.uz intervyusida ham u aynan 25 mln noyob foydalanuvchi haqida gapirgan.
Boshqa manbalarda O‘zbekistondagi Telegram foydalanuvchilari soni 20 dan 27 mln.gacha ko‘rsatiladi. Biz 25 mln.ni o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida oldik.
YouTube — 16 mln
YouTube uchun 16 mln ko‘rsatkich 2026-yil sentyabrida yangilangan StateGlobe hisobotiga asoslangan.
16 mln.lik nisbiy ko‘rsatkich YouTube auditoriyasi ham kattaligini anglatadi.
Instagram — 14,1 mln
Instagram bo‘yicha eng ishonchli ochiq manbalardan biri DataReportal/Meta ma’lumotidir. DataReportal 2026 hisobotida O‘zbekistonda Instagram reklama auditoriyasi 14,1 mln bo‘lganini ko‘rsatadi.
Facebook — 2,35 mln
Facebook uchun 2,35 mln — 2026-yil sentyabriga chiqarilgan taxminiy ko‘rsatkich. DataReportal 2026 hisobotida Facebook reklama auditoriyasi 2025-yil oktabrida 2,30 mln bo‘lgan va yillik o‘sish atigi 2,2% ni tashkil qilgan.
Shu o‘sish sur’atining davom etishini hisobga olib, sentyabr uchun taxminan 2,35 mln olingan.
TikTok, LinkedIn, Messenger va X
Bu platformalar uchun ham DataReportalning 2026-yilgi ma’lumotlari asos qilib olingan.
Platforma hajmi uning biznes uchun avtomatik ravishda eng samarali kanal ekanini anglatmaydi. Masalan, LinkedIn auditoriyasi kichikroq bo‘lsa-da, B2B kompaniya uchun Telegramdagi katta auditoriyadan ko‘ra ko‘proq qiymatga ega.
Aholining ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazishi bo‘yicha tahlil
2026-yil “Yuksalish” harakatining “Opinions” sotsiologik tadqiqotlar markazi Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda “Ijtimoiy tarmoqlar davrida hayot” mavzusida o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovida mamlakatning 14 ta hududidan 1 371 nafar respondent ishtirok etdi.
Respondentlar belgilagan javoblarga ko‘ra, eng ko‘p foydalaniladigan top platformalar quyidagilar:
- Telegram – 88,9 foizi (ishtirokchilarning 1 219 nafari;
- Instagram – 73,5 foiz;
- YouTube – 61,8 foiz;
- Facebook – 24,7 foizi (ishtirokchilarning 338 nafari).
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish maqsadlariga ko‘ra:
- do‘stlar va oila a’zolar bilan muloqot qilish – 69,9 foizi (958 nafar);
- yangiliklarni kuzatish – 64 foiz (877 nafar);
- ta’lim olish – 43,8 foiz (600 nafar);
- ko‘ngilochar kontent – 42,2 foiz (579 nafar);
- daromad va kasbiy maqsadlar – 40,6 foiz (557 nafar).
Bu natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ijtimoiy tarmoq faqat ko‘ngilochar maydon emas. Respondentlarning aksariyati ijtimoiy tarmoqlardan axborot va muloqot vositasi sifatida foydalanayotgan bo‘lsa, ma’lum qatlam ijtimoiy tarmoqlar orqali daromad olishni ko‘zlagan.
Kuniga 2 soatdan ortiq foydalanadiganlar ulushi:
- nafaqadagilar – 54 foiz;
- uy-ro‘zg‘or ishlari bilan band respondentlar – 43,7 foiz;
- maktab o‘quvchilari – 27,3 foiz;
- talabalar – 32,7 foizni tashkil etgan.

4-rasm. Telegram: yosh, gender va kunlik faollik
Timur Bakiyevning 2024-yilda o‘tkazilgan keng ko‘lamli tadqiqotida 1,1 mln dan ortiq Telegram foydalanuvchisi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalarida erkaklar 53%, ayollar 47% ekani, eng katta yosh guruhlari esa 25–34 va 35–44 yoshlar ekani ko‘rsatilgan.
Biz ushbu foizlarni 2026-yil uchun qabul qilingan 25 mln auditoriyaga mosladik.
Natijada:
- Erkaklar – 14,25 mln (57%)
- Ayollar – 10,75 mln (43%)
Yosh bo‘yicha eng katta segment:
- 25–34 – 7,25 mln (29%)
- 35–44 – 7 mln (28%)
Ya’ni 25–44 yoshdagi jami 57% ni tashkil qilmoqda.
Kunlik faollikda esa eng katta ulush 20:00 dan keyin — 24%. Keyingi o‘rinlarda 08:00–11:00 — 21% va 11:00–14:00 — 20%.
Bu ma’lumot media-rejalashtirishda muhim: Telegramda reklama yoki kontentni faqat ish vaqtiga bog‘lab qo‘yish shart emas. Kechki vaqt ham katta auditoriyani qamrab olishi mumkin.

5-rasm. Telegram auditoriyasining geografik taqsimoti
Tahlilda:
- Toshkent va Toshkent viloyati — 7,25 mln (29%);
- Farg‘ona vodiysi — 5,75 mln (23%);
- Qashqadaryo va Surxondaryo — 3,75 mln (15%);
- Boshqa hududlar — 8,25 mln (33%).
deb olingan.
Nega gender tafovuti katta?
Platformalar kesimida eng qiziqarli ko‘rsatkichlardan biri – YouTube va Telegramda erkaklar ulushining yuqoriligi.
Telegram uchun ishlatilgan modelda erkaklar 57%, ayollar esa 43%. YouTube uchun esa 2025-yilgi gender nisbati asosida erkaklar 63,6%, ayollar 36,4% deb olingan.
Yuzaki qarashda “erkaklar bu platformalardan ko‘proq foydalanadi” degan xulosa chiqishi tabiiy.
Aslida esa bunday ko‘rsatkichning asosiy omili – akkaunt ochish amaliyoti bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda, ayniqsa katta yoshdagi foydalanuvchilar orasida, raqamli savodxonligi yuqoriroq bo‘lgan oila a’zosi (masalan, o‘g‘il farzand) onasi yoki opa-singlisi uchun hisob ochib berishi, ayrim hollarda esa o‘z telefoni, raqami yoki ism-familiyasi orqali profil yaratib berishi mumkin.
Xuddi shunday holat er-xotinlar orasida ham ko‘p uchraydi.
Natijada platformadagi “profil egasining jinsi” bilan undan haqiqiy foydalanayotgan insonning jinsi har doim ham bir xil chiqmaydi.
Bu raqamlardan qanday foydalanish kerak?
2026-yilgi raqamlar O‘zbekiston bozorida har bir platformadan turli maqsadlarda foydalanish lozimligini ko‘rsatmoqda.
Telegram — katta auditoriya, xilma-xil yosh guruhlari va kuchli kommunikatsiya imkoniyatlariga ega.
YouTube — video, ekspertlik, ta’lim, mahsulot sharhlari va uzoq muddatli kontent uchun ko‘proq munosib.
Instagram — vizual brending, rels, jonli hikoyalar, mahsulotni tez va qisqa ko‘rsatish uchun muhim platforma.
TikTok — qisqa video va yoshroq auditoriya bilan ishlashga qulay.
LinkedIn — auditoriyasi kichikroq bo‘lsa-da, B2B va professional segmentlar uchun yuqori qiymatga ega.
Mavzuga oid yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan bolalarning baholari yomonlaşadi – tadqiqot
Jahon
06.08.2026, 12:10

Avstraliyada ijtimoiy tarmoqlarga qöyilgan taqiq foyda bermayapti
Jahon
31.07.2026, 11:06

X (twitter) Avstraliyaning ijtimoiy tarmoqlar haqidagi qonunini tanqid qildi
Jahon
29.07.2026, 13:01

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08

Britaniya 16 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlamoqda
Jahon
17.07.2026, 09:44

Hindlardan nimani o'rganishimiz kerak?
Madaniy
07.07.2026, 15:48
Mashhur yangiliklar

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

24-avgust – 4-sentabr chet tili imtihoni natijalari chiqdi
Ta'lim
12.09.2026, 12:26

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02
So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston MDHga raislik qiladi: sammit Buxoroda o‘tkaziladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:08

Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujumlarda 3 nafar Qirollik fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon
09.10.2026, 16:12

Paypoqqa yashirilgan 64 ming dollar fosh boʻldi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 14:48

MrBeast Toshkentga keladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 09:32

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

“Men sakkizta urushni to‘xtatdim” – Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ekanini aytdi
Jahon
08.10.2026, 17:49

AQSh xorijlik talabalarning ish vizasi uchun 100 ming dollar talab qildi
Jahon
08.10.2026, 14:43

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Neft narxi $100 dan oshdi: Yaqin Sharqdagi xavflar kuchaymoqda
Jahon
08.10.2026, 11:35

Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza quradi
Jahon
08.10.2026, 08:45

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Varshavada inson huquqlari bo'yicha yirik xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda
Jahon
07.10.2026, 17:42

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi
Siyosat
07.10.2026, 15:25

Ummon Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan tanker ekipajini evakuatsiya qildi
Jahon
07.10.2026, 10:06

Cobalt va Damas’ni bank ishtirokisiz bo‘lib to‘lashga sotish boshlandi
Iqtisodiyot
07.10.2026, 09:15

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi
Jahon
06.10.2026, 16:14

Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tark etyaptimi?
Sport
06.10.2026, 15:41

Pokistonda yirik namoyishchilar yurishi boshlandi
Siyosat
05.10.2026, 16:24
Mashhur yangiliklar

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

24-avgust – 4-sentabr chet tili imtihoni natijalari chiqdi
Ta'lim
12.09.2026, 12:26

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02
