Toshkent havosini tozalash: ekologiya idorasi qanday choralar koʻrdi?
Poytaxtda atmosfera havosini ifloslantiruvchi obʼektlar faoliyatini cheklash boʻyicha Maxsus komissiya tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhlar rejali reydlarini davom ettirmoqda. Maʼlumotga koʻra, 24 noyabr soat 18:00 da Toshkent havosidagi PM2.5 zarrachalarining oʻrtacha sutkalik miqdori 171 mkg/m³ boʻlgan boʻlsa, 28 noyabrga kelib bu koʻrsatkich 97 mkg/m³ gacha pasaygan
Oʻzbekiston
01.12.2025, 12:09
Ulashish:

Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻyicha Milliy qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Koʻrsatilgan natija Maxsus komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar samarasi sifatida qayd etilmoqda.
Issiqxonalarda:
- 1449 ta issiqxona tekshirildi
- 67 tasining faoliyati toʻxtatildi
- 403 shaxsga maʼmuriy bayonnoma tuzildi
- «Hududgaztaʼminot» filiallari 19 ta issiqxonaga gaz tarmogʻiga ulanish uchun texshartlar berdi
Qurilish obʼektlarida:
- Jami 6,3 gektar maydonda 53 ta noqonuniy qurilish aniqlanib, yoʻq qilinyapti
- 186 holatda havo ifloslanishi qayd etildi
- 235 ta qurilish obʼektlaridan 25 foizi obodonlashtirilmagan
- 34 ta obʼektda qurilish ishlari vaqtincha toʻxtatildi
- 188 shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi
- 51 obʼektda changni kamaytirish uchun sugʻorish uskunalari oʻrnatildi
Transport yoʻnalishida:
- Yuki brezent bilan qoplanmagan 837 haydovchi jarimaga tortildi
- Normadan ortiq ifloslanish manbai boʻlgan 206 haydovchiga maʼmuriy chora koʻrildi
Mikroklimatni barqarorlashtirish uchun:
- 77 ta koʻcha va 165 ta jamoat joyi sugʻorildi va namlantirildi (496 km²)
- 121 km ariq tozalandi, ularga 45 ta kanaldan suv keltirildi
- 126 ta favvora ishga tushirildi
Bundan tashqari, Toshkent viloyatida daryo va jilgʻalardan qum hamda shagʻal noqonuniy qazib olishning 54 ta holati aniqlandi. Aybdorlarni javobgarlikka tortish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Ekologiya qoʻmitasiga koʻra, yangi antitsiklonning kirib kelishi (29 noyabrdan 5 dekabrgacha) inversiya holatlarining koʻpayishi va havo ifloslanishi koʻrsatkichlarining qisman oʻsishiga sabab boʻlishi mumkin.
«Qabul qilingan choralar natijasida Toshkent havosidagi ifloslanish darajasi maʼlum darajada pasaydi. Maxsus komissiya tezkor choralarni davom ettiradi va jamoatchilikni muntazam xabardor qilib boradi», — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan favqulodda chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmonni imzolagandi. Unga muvofiq poytaxtdagi ekologik muammolarni hal etish uchun Maxsus komissiya tuzilgan.
Oʻzbekiston
01.12.2025, 12:09
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?
Iqtisodiyot
05.03.2026, 11:01

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari
Jahon
03.03.2026, 15:36

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Sea Breeze Uzbekistan hujjatlari ekologik ekspertizaga taqdim etilmagan
Oʻzbekiston
26.01.2026, 17:12
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48
So'nggi yangiliklar

Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq
Madaniy
01.05.2026, 17:19

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi
Iqtisodiyot
01.05.2026, 16:10

2021-yilgi Kobul aeroportidagi teraktga aloqador afg‘onistonlik sudlandi
Jahon
01.05.2026, 12:21

AQSH BMT xarajatlar tizimini tubdan isloh qilishni talab qildi
Jahon
01.05.2026, 11:24

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi
Fan-texnologiya
30.04.2026, 18:09

Kiyev urushni tugatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilmoqda
Jahon
30.04.2026, 17:30

Tramp Isroil prezidenti Gersogni Netanyahuni afv etishga undamoqda
Jahon
30.04.2026, 16:54

Isroilning Livanga zarbalari oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi
Jahon
30.04.2026, 16:30

BAAning OPECdan chiqishi dunyo iqlimi uchun yangi xavfmi?
Jahon
30.04.2026, 12:21

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Karkidon” suv omborida 635 milliard so‘mlik turizm majmuasi qurilmoqda
Oʻzbekiston
28.04.2026, 12:10

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Polsha va Ukraina birgalikda “dronlar floti”ni yaratadi
Jahon
27.04.2026, 17:45

Isroil prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyurdi
Jahon
27.04.2026, 16:23

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi
Jahon
27.04.2026, 13:04

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
Oʻzbekiston
27.04.2026, 12:05

Ajrimlar statistikasi hududlar kesimida farq qilmoqda
Oʻzbekiston
27.04.2026, 11:32

Kolumbiyada uyushtirilgan terakt oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi
Jahon
27.04.2026, 11:03

Banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini ishga tushirish topshirildi
Oʻzbekiston
25.04.2026, 15:39
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48
