Oʻzbekistonda AES qurilishiga Italiya tomoni ham koʻmaklashadi

“Oʻzatom” agentligi direktori Azim Ahmedxojaєv boshchiligidagi delegatsiya 20–22 oktabr kunlari Italiyaning Genuya shahriga amaliy tashrif bilan bordi. 

Ulashish:

Safar doirasida Liguriya mintaqasi rahbariyati, Genuya maʼmuriyati, Savdo palatasi, texnologik universitetlar va Italiyaning energetika kompaniyalari bilan bir qator muzokaralar oʻtkazildi.

20 oktabr kuni delegatsiya aʼzolari Ansaldo Energia xoldingi hamda uning atom energetikasi texnologiyalariga ixtisoslashgan boʻlinmasi — Ansaldo Nucleare rahbariyati bilan uchrashdi. Xolding Yevropada energetika uskunalari, jumladan, bugʻ va gaz turbogeneratorlarini loyihalash, ishlab chiqarish va yetkazib berish sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida texnologiyalarni integratsiya qilish hamda italiyalik hamkorlarning yordamchi tizim yechimlarini mamlakatimiz iqlimiga moslashtirish masalalari muhokama qilindi.

Italiya tomoni atom stansiyalarida xavfsizlik tizimlarini yaratish va ular uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqish, asosiy va yordamchi uskunalarni yetkazib berish, shuningdek, Xitoy, Belgiya, Sloveniya, Vengriya va Ukrainadagi AESlarda xizmat koʻrsatish va sarflangan yoqilgʻi bilan ishlash boʻyicha tajribasi haqida maʼlumot berdi.

Tomonlar xolding kompaniyalarini Oʻzbekistondagi AES qurilishi loyihasini nazorat qilish hamda samarali yordamchi yechimlar ishlab chiqish uchun texnik maslahatchi sifatida jalb etish imkoniyatlarini ham koʻrib chiqdilar.

Bundan tashqari, Ansaldo Nucleare kompaniyasi bilan sarflangan yodroviy yoqilgʻini boshqarish tizimlarini qoʻllash va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash boʻyicha hamkorlik yoʻnalishlari muhokama etildi.

Shu bilan birga, italiyalik mutaxassislar Oʻzbekistonda atom sohasini rivojlantirish maqsadida normativ-huquqiy baza yaratish, litsenziyalash boʻyicha maslahatlar berish, hamda ikki mamlakat manfaatlari yoʻlida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etishga qiziqish bildirdi.

Oʻzbekiston

23.10.2025, 15:26

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Italiya Apple’ga 98,6 million yevro jarima soldi

Italiyaning raqobatni himoya qilish organi — Antitrust-AGCM AQShning Apple kompaniyasiga mobil ilovalar bozorida ustun mavqeini suiisteʼmol qilgani uchun 98,6 million yevro miqdorida jarima soldi.

Jahon

25.12.2025, 08:01

Yevropa davlati eshiklarini ochmoqda: 500 ming muhojir qabul qilinadi

Italiya hukumati uch yil ichida Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan mamlakatlardan 500 ming kishiga mehnat ruxsati berishni rejalashtirmoqda. Mamlakatda keksa qatlamning koʻpayib boryotgani, yoshlar mamlakatni tark etayotgani koʻplab sohalarda ishchi kuchi tanqisligiga sabab boʻlmoqda.

Jahon

03.11.2025, 09:26

Italiya bosh varizi Gʻazo sektoridagi genotsidda ishtirok etgani uchun sudga tortilganini bilasizmi?

Italiya bosh varizi Gʻazo sektoridagi genotsidda ishtirok etgani uchun sudga tortilganini bilasizmi?

Italiya bosh vaziri Djordja Meloni RAI davlat telekanaliga bergan intervyusida uning ustidan Gʻazo sektoridagi "genotsidga sheriklik" aybi bilan Xalqaro jinoiy sudga shikoyat qilinganini aytdi.

Jahon

08.10.2025, 13:00

Jizzaxdagi AES qiymati hali belgilanmadi — «Oʻzatom»

Moskvadagi «Jahon atom haftaligi» forumida qatnashgan «Oʻzatom» direktori Azim Ahmedxodjayev Jizzaxda quriladigan atom elektr stansiyasi qiymati hali aniqlanmaganini bildirdi. 

Iqtisodiyot

02.10.2025, 15:45

Oʻzbekiston va Vengriya AES qurilishi loyihasi doirasida bayonnoma imzoladi

Oʻzbekiston va Vengriya AES qurilishi loyihasi doirasida bayonnoma imzoladi

Hujjatda Oʻzbekiston hududida quruq sovitish tizimlarini yirik uzelli yigʻishni tashkil etish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish ishlarini boshlash nazarda tutilmoqda.

Siyosat

15.07.2025, 11:20

Do Human Rights in Uzbekistan No Longer Matter to Europe?

Yevropa uchun Oʻzbekistondagi inson huquqlari endi muhim emasmi?

Rossiya–Ukraina urushi boshlanganidan soʻng, bir qator Yevropa Ittifoqi davlatlarining Markaziy Osiyoga, xususan Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishi sezilarli darajada ortdi. Bu holat mintaqadagi geosiyosiy muvozanat oʻzgarayotgani, shuningdek, Yevropa Ittifoqining yangi tashqi siyosiy strategiyasidan dalolat beradi.

Siyosat

05.06.2025, 16:22

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01