Ozodbek Nazarbekov: "Ovoz"da oʻzimning qarindoshimni chiqarishdan menga nima foyda?!

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ovoz" loyihasidagi hakamlar, jumladan, Ozodbek Nazarbekov va Sevara Nazarxon oʻz yaqin qarindoshlarini yarim finalgacha olib borib, manfaatlar toʻqnashuvini yuzaga keltirgan, degan tanqidiy fikrlar loyihaning birinchi mavsumi tugashiga qaramay, hanuz davom etmoqda. 

Ulashish:

Ozodbek Nazarbekov: "Ovoz"da oʻzimning qarindoshimni chiqarishdan menga nima foyda?!

Ozodbek Nazarbekov: "Ovoz"da oʻzimning qarindoshimni chiqarishdan menga nima foyda?!

PARADIGMA.UZ jurnalisti ushbu loyiha qay darajada shaffof oʻtganiga aniqlik kiritish maqsadida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni soʻroqqa tutdi. 

Vazir esa oʻziga qarshi bildirilgan ayblovlarni rad etdi va hech qanday manfaatlar toʻqnashuvi boʻlmaganini, bunday holatning paydo boʻlishi imkonsizligini bildirdi. 

"Ovoz" loyihasida manfaatlar toʻqnashuvi boʻldi, deb koʻpchilik aholi yozdi. Agar oxirida yarim finalni koʻrgan boʻlsangiz, tomoshabin oʻziga yoqqan ishtirokchiga ovoz berdi. Hakamlar tanlov qilmadi. Bu yerda hakamlar bir-biriga raqib. Masalan, menga nima kerak, "Ovoz"ga eng salbiy qarindoshimni olib kelib, uni finalgacha koʻtarib chiqish",  

deydi u. 

Bundan tashqari, Ozodbek Nazarbekov kelgusida "Ovoz" loyihasida ishtirok etmasligini va yangi hakamlar tanlanishini aytdi. 

"Ovoz"ning bu galgi mavsumida boshqa hakamlar ishtirok etadi. Yana aytaman, loyihada korrupsiya qilish imkonsiz. Bu Gollandiya (Niderlandiya) loyihasi. Tashkilotchilar yetti oʻlchab bir kesib. uni tashkillashtirishgan. Faqat bitta masalada korrupsiya boʻlishi mumkin. Bu ham SMSda", 

dedi Madaniyat vaziri. 

Maʼlumot uchun, loyihaning birinchi mavsumida Ozodbek Nazarbekov, Sevara Nazarxon, Tohir Sodiqov va Farrux Zokirov hakam sifatida qatnashgan. Loyihada ishtirok etgan 2 hakamning qarindoshlari, yaʼni vazir Nazarbekovga kuyov boʻlgan Yorqinxoʻja Umurovning singlisi — Madlen Sharipova hamda Sevara Nazarxonning jiyani — Yulduz Nazarxonova yarim finalgacha yetib kelgan.

Madaniy

16.08.2024, 17:05

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Soʻx tumanidagi “Tul” chegara nazorat-oʻtkazish punkti vaqtincha yopildi

Mazkur chegara nazorat-oʻtkazish punkti faqatgina Oʻzbekiston hamda Qirgʻiz Respublikalari fuqarolari va transport vositalari harakati uchun moʻljallangan.

Oʻzbekiston

14.08.2025, 15:42

OTMga kirolmaganlar ertadan apellyatsiya arizalarini berishi mumkin

Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni koʻrib chiqish sanasi va vaqti koʻrsatilgan xabarnoma beriladi.

Ta'lim

14.08.2025, 14:44

Sunʼiy intellektdan foydalanishning huquqiy asoslari yaratildi (+video)

Sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilindi.

Siyosat

14.08.2025, 12:46

Inoue – Ahmadaliyev jangi uchun chiqarilgan chiptalar ikki soatda sotib boʻlindi

Nagoyadagi yangi qurib bitkazilgan IG Arena inshooti 17 ming muxlisga moʻljallangan.

Sport

14.08.2025, 11:43

Xorvatiyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda ikkala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Oʻzbekiston

14.08.2025, 10:47

Ozarbayjon MDH Ichki majlisida ishtirok etishdan bosh tortdi

Ozarbayjon MDH Ichki majlisida ishtirok etishdan bosh tortdi

12 avgust kuni Sankt-Peterburgda MDHga aʼzo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga Ozarbayjon vakili bormadi. Bu haqda "APA" agentligi xabar berdi.

Jahon

13.08.2025, 14:00

Janubiy Koreya sobiq prezidentining rafiqasi hibsga olindi

Janubiy Koreya sobiq prezidentining rafiqasi hibsga olindi

Janubiy Koreya qamoqdagi sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi turli jinoyatlarda, jumladan poraxoʻrlik, aksiyalarni manipulyatsiya qilish va nomzod tanlashga aralashishda gumonlanib, tergovchilar tomonidan hibsga olindi. Bu haqda CNN xabar qildi.

Jahon

13.08.2025, 13:00

Sherzodxon Qudratxoʻjani natsizmda ayblagan bloger jarimaga tortildi

Sherzodxon Qudratxoʻjani natsizmda ayblagan bloger jarimaga tortildi

Kecha, 12 avgust kuni Uchtepa tumani Jinoyat ishlari boʻyicha sudi bloger va yurist Aziz Hakimovga nisbatan maʼmuriy ish boʻyicha qaror chiqardi.

Oʻzbekiston

13.08.2025, 11:05

Zelenskiy Yevropa davlatlari rahbarlariga minnatdorlik bildirdi

Uning taʼkidlashicha, «Rossiya armiyasi urushni toʻxtatishga tayyorgarlik koʻrmayapti».

Jahon

13.08.2025, 10:01

Toshkentda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun taʼlim dasturi ishga tushirildi

Keyinchalik tashabbus mamlakatning toʻqqizta hududini qamrab oladi.

Ta'lim

13.08.2025, 09:01

«Uch-qahramon» bozorida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan yoki halok boʻlganlar aniqlanmadi.

Oʻzbekiston

12.08.2025, 19:08

Oʻzbekistonda oʻrmon bilan qoplangan maydonlar 4,7 million gektarga yetdi

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni 10 mln. gektardan oshdi.

Oʻzbekiston

12.08.2025, 18:07