Ruslan Chagayev Valuyev bayonotiga munosabat bildirdi: “Kerak boʻlsa, ringga chiqishga tayyorman”

Rossiya Davlat Dumasi deputati Nikolay Valuyevning soʻnggi bayonotlariga uni ringda magʻlub etgan mashhur bokschi Ruslan Chagayev munosabat bildirdi.

Ulashish:

Chagayevning aytishicha, soʻnggi kunlarda unga Valuyevning Oʻrta Osiyo haqida aytgan gaplari aks etgan videolar koʻplab yuborilmoqda. Bokschi dastlab bu videolar sunʼiy intellekt yordamida tayyorlangan boʻlishi mumkin, deb oʻylaganini taʼkidladi.

“Agar bu videolar haqiqiy boʻlsa, Valuyevning aytgan gaplari uchun oʻzbek xalqidan uzr soʻrayman. Balki, ringdagi zarbalarim endi taʼsir qilayotgandir”, dedi Chagayev.

U bu gaplarni hazil tariqasida aytganini, chunki Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar barqaror va ijobiy rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi.

Chagayevning fikricha, Valuyevga oʻxshagan ayrim shaxslar shov-shuvli chiqishlari bilan davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarga soya solishga urinayotgan boʻlishi mumkin. Shu bois bunday bayonotlarga ortiqcha eʼtibor qaratmaslik kerak.

“Xudo xohlasa, hammasi yaxshi boʻladi. Ammo Valuyevning kallasini joyiga qoʻyish uchun bitta jang kerak boʻlsa, men tayyorman. Va bu safar, jangdan keyin u butun Oʻrta Osiyoni juda yaxshi koʻrib qoladi va bunday bemaza gaplarni boshqa hech qachon gapirmaydi”, — deydi Ruslan Chagayev.

Mavzuga oid yangiliklar

Dollar arzonlab ketdimi? Ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotga izoh

Ijtimoiy tarmoqlarda Google qidiruv tizimidan olingan skrinshot tarqalmoqda. Unda 1 AQSh dollari 6 778 soʻm ekani koʻrsatilgan.

Iqtisodiyot

30.01.2026, 12:30

Tajovuzkor ritorika davom etmoqda: navbat Valuyevga

Rossiyalik propagandist Vladimir Solovyov boshlab bergan tajovuzkor ritorikani avvalroq faylasuf Aleksandr Dugin davom ettirgan edi.

Jahon

23.01.2026, 10:32

"Solovyovning qarashi rasmiy pozitsiya emas" - Rossiya TIV munosabat bildirdi

Vazirlik matbuot kotibi Mariya Zaxarova mazkur bayonotlarni tanqid qilgan jamoatchilik vakillarini vaziyatni boʻrttirib koʻrsatishda aybladi. 

Jahon

16.01.2026, 10:43

Markaziy Bank plastik kartadan noqonuniy pul yechib olinishi yuzasidan munosabat bildirdi

Qayd etilishicha, fuqarolarning Humans ilovasi orqali mablagʻlari yechib olingani haqidagi ilk murojaatlar Markaziy bankka 8 dekabr kuni soat 08:30 atrofida kelib tushgan. Shundan soʻng Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida Octagram AJ (Paylov — savdo belgisi) bilan bogʻlanib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash va ehtimoliy zaifliklarni bartaraf etish maqsadida P2P amaliyotlarini vaqtincha toʻxtatish boʻyicha koʻrsatma bergan.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 14:40

Nega plastik kartalardan pul yechib olinmoqda?

Soʻnggi kunlarda fuqarolardan plastik kartalaridan ularning xabari va roziligisiz pul mablagʻlari yechib olinayotgani haqida koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Eʼtiborli jihati shundaki, jabrlanuvchilar hech qanday shubhali fayllarni yuklamagan, SMS-kodlarni kiritmagan va shaxsiy maʼlumotlarini hech kimga taqdim etmagan.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 11:39

Milliy sertifikat imtihoni javoblari sotilgani rostmi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi soʻnggi kunlarda ona tili va adabiyot fanidan boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlari oldidan «test savollari va ularning javoblari sotilayotgani» haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

29.10.2025, 14:47

So‘nggi yangiliklar

«Paradigma»da eʼtirof: fidoyi jurnalistlar va faollar taqdirlandi

 

Madaniy

09.02.2026, 18:28

Oʻzbekiston boksi jahon yetakchilari safida

2025 yil oʻzbek boksi uchun tarixiy yil boʻldi — jahon chempionatlarida rekord natijalar qayd etildi, oltin medallar soni oshdi va ilk bor uch karra jahon chempioni yetishib chiqdi.

Sport

09.02.2026, 16:18

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi

2025 yilda oʻzbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, mos ravishda 361 ming va 349 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi.

Sport

09.02.2026, 15:30

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda

Oʻzbekistonda retro-avtomobil egalari 2026 yildan joriy etilishi rejalashtirilayotgan utilizatsiya tizimi va texnik koʻrikdagi cheklovlarga qarshi chiqmoqda.

Oʻzbekiston

09.02.2026, 13:57

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi

Britaniya bosh vaziri apparati rahbari Morgan Maksuini jinsiy jinoyatlarda ayblangan milliarder Jeffri Epshteyn bilan bogʻliq mojaro ortidan isteʼfoga chiqdi.

Jahon

09.02.2026, 11:20

Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda

Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Asrlar davomida qoʻlyozma va kitoblarda saqlangan uning boy adabiy merosi bugun nafaqat nashrlar, balki internet platformalari orqali ham keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.

Madaniy

09.02.2026, 10:32

Oʻzbekiston taʼlimida yangi davr: 12 yillik uzluksiz tizim va “Yangi avlod” maktablari

Mamlakatda maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni oʻzaro bogʻlaydigan 12 yillik uzluksiz taʼlim modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Ta'lim

09.02.2026, 09:58

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda

Salvador, Qozogʻiston, BAA va AQShda millionlab oʻquvchi hamda oʻqituvchilar taʼlimga moslashtirilgan chat-botlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Fan-texnologiya

08.02.2026, 07:47

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hayʼati yigʻilishida muborak Ramazon oyining boshlanish sanasi boʻyicha qaror qabul qilindi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 20:00

Yoʻl harakati qoidalari buzilganlik uchun jarimalar yengillashdi

Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalari boʻyicha yangi tartib joriy etildi: agar haydovchi rulda telefondan foydalanishni birinchi marta buzsa, unga jarima solinmaydi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 12:28

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi

AQSh Adliya vazirligi Jeffri Epshteyn ishi boʻyicha eʼlon qilingan minglab hujjatlarni internetdan olib tashladi. Bu kamida 100 nafar jabrlanuvchining hayotini jiddiy izdan chiqargan. 

Jahon

06.02.2026, 17:04

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin

Ukrainada yangi Fuqarolik kodeksi qabul qilinsa, ayrim holatlarda 14 yoshdan nikohdan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.

Jahon

06.02.2026, 16:00