Tajovuzkor ritorika davom etmoqda: navbat Valuyevga

Rossiyalik propagandist Vladimir Solovyov boshlab bergan tajovuzkor ritorikani avvalroq faylasuf Aleksandr Dugin davom ettirgan edi.

Jahon

23.01.2026, 10:32

Ulashish:

Endi esa ular ortidan sobiq sportchi, hozirda Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati hamda Turizm qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Nikolay Valuyev chiqdi. U boshqa davlatlarda, jumladan sobiq Ittifoq mamlakatlarida ham “maxsus harbiy amaliyotlar” oʻtkazilishi mumkinligi haqida dagʻdagʻali bayonot berdi.

Valuyevning aytishicha, Rossiyani hali koʻplab “maxsus operatsiyalar” kutmoqda. U Aleksandr Dugin fikrlarini qoʻllab-quvvatlab, Rossiya 30 yil davomida postsovet respublikalariga nisbatan “pryanik” siyosati yuritgani, ammo bu samara bermaganini taʼkidlagan. Uning fikricha, endi “qamchi” kerak.

Shuningdek, Valuyev yoshlarni harbiy harakatlarga tayyorlash zarurligini bildirib, “zumerlar”ni sport zallariga borib, jismoniy tayyorgarlik koʻrishga chaqirdi. Uning aytishicha, yaqin kelajakda ular uchun “qahramonlik koʻrsatish davri” boshlanadi. Valuyev jamiyatda faqat “gʻalabaga hissa qoʻshgan yoki bunga tayyor boʻlgan” shaxslargina toʻliq huquqlarga ega boʻlishi kerak, degan keskin fikrni ham ilgari surdi.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova teleboshlovchi Vladimir Solovyovning Rossiya tashqi siyosatiga oid bayonotlariga izoh berib:

“Bu jurnalistning shaxsiy fikri. U xususiy ‘Solovyov LIVE’ kanalida bildirilgan. Men iqtiboslarni oʻqidim va ular kontekstdan yulib olinmagan. Bunga javob berish mening vakolatimga kirmaydi”, degan edi.

Biroq endilikda bu tajovuzkor fikrlar jurnalist emas, balki Rossiya hukumatda amalda faoliyat olib borayotgan siyosatchi tilidan yangramoqda. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu holatga qanday munosabat bildirishi hali nomaʼlum.

Jahon

23.01.2026, 10:32

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Ukraina 1992 yilgi MDH chegaralarini himoya qilish toʻgʻrisidagi bitimdan chiqdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) doirasida davlat chegaralari va dengiz iqtisodiy zonalarini himoya qilish toʻgʻrisidagi kelishuvdan chiqishi haqida farmonni imzoladi.

Jahon

27.01.2026, 12:50

Ruslan Chagayev Valuyev bayonotiga munosabat bildirdi: “Kerak boʻlsa, ringga chiqishga tayyorman”

Rossiya Davlat Dumasi deputati Nikolay Valuyevning soʻnggi bayonotlariga uni ringda magʻlub etgan mashhur bokschi Ruslan Chagayev munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

23.01.2026, 11:22

Moldova MDH aʼzoligini tugatish sari qadam qoʻydi

Moldova Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tarkibidan toʻliq chiqishi jarayonini boshladi.

Jahon

20.01.2026, 09:14

Samarqandda inspektor tahdidlaridan qoʻrqqan oʻsmir oʻzini yoqib yubordi

Samarqandda profilaktika inspektori tahdididan qoʻrqqan 17 yoshli oʻsmir oʻzini yoqib yubordi va ikki oydan soʻng vafot etdi. Sud inspektorni aybli deb topib, ozodlikdan mahrum qildi.

Oʻzbekiston

12.12.2025, 08:01

Халқаро Амнитсия Ўзбекистондаги инсон ҳуқуқлари ёмонлигини ёзмоқда

Xalqaro Amnitsiya O‘zbekistondagi inson huquqlari yomonligini yozmoqda

Xalqaro inson huquqlari tashkiloti Amnesty International O‘zbekiston bo‘yicha navbatdagi yillik hisobotini e’lon qildi. Unda so‘z va matbuot erkinligidan tortib, siyosiy repressiyalar, qiynoqlar, majburiy davolanishlar va fuqarolik jamiyati faollariga bosimgacha bo‘lgan keng qamrovli muammolar yoritilgan. Hisobotda hukumatning islohotlar va’dalariga qaramay, mamlakatda inson huquqlari holati sezilarli darajada yomonlashgani qayd etiladi.

Oʻzbekiston

02.05.2025, 12:19

Mirziyoyev Rossiyadan Toshkentga qaytdi. Ikki kunlik tashrifdan nimalar maʼlum?

Mirziyoyev Rossiyadan Toshkentga qaytdi. Ikki kunlik tashrifdan nimalar maʼlum?

Joriy yilning 7 oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga amaliy tashrif bilan uchgandi. Kecha, 8 oktabr kuni Mirziyoyevning tashrifi yakunlanib, u Oʻzbekistonga qaytdi. Xoʻsh, mazkur qisqa muddatli bordi-keldida nimalar muhokama qilindiyu, nimaga kelishib olindi?..

Oʻzbekiston

09.10.2024, 10:02

So‘nggi yangiliklar

«Paradigma»da eʼtirof: fidoyi jurnalistlar va faollar taqdirlandi

 

Madaniy

09.02.2026, 18:28

Oʻzbekiston boksi jahon yetakchilari safida

2025 yil oʻzbek boksi uchun tarixiy yil boʻldi — jahon chempionatlarida rekord natijalar qayd etildi, oltin medallar soni oshdi va ilk bor uch karra jahon chempioni yetishib chiqdi.

Sport

09.02.2026, 16:18

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi

2025 yilda oʻzbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, mos ravishda 361 ming va 349 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi.

Sport

09.02.2026, 15:30

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda

Oʻzbekistonda retro-avtomobil egalari 2026 yildan joriy etilishi rejalashtirilayotgan utilizatsiya tizimi va texnik koʻrikdagi cheklovlarga qarshi chiqmoqda.

Oʻzbekiston

09.02.2026, 13:57

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi

Britaniya bosh vaziri apparati rahbari Morgan Maksuini jinsiy jinoyatlarda ayblangan milliarder Jeffri Epshteyn bilan bogʻliq mojaro ortidan isteʼfoga chiqdi.

Jahon

09.02.2026, 11:20

Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda

Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Asrlar davomida qoʻlyozma va kitoblarda saqlangan uning boy adabiy merosi bugun nafaqat nashrlar, balki internet platformalari orqali ham keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.

Madaniy

09.02.2026, 10:32

Oʻzbekiston taʼlimida yangi davr: 12 yillik uzluksiz tizim va “Yangi avlod” maktablari

Mamlakatda maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni oʻzaro bogʻlaydigan 12 yillik uzluksiz taʼlim modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Ta'lim

09.02.2026, 09:58

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda

Salvador, Qozogʻiston, BAA va AQShda millionlab oʻquvchi hamda oʻqituvchilar taʼlimga moslashtirilgan chat-botlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Fan-texnologiya

08.02.2026, 07:47

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hayʼati yigʻilishida muborak Ramazon oyining boshlanish sanasi boʻyicha qaror qabul qilindi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 20:00

Yoʻl harakati qoidalari buzilganlik uchun jarimalar yengillashdi

Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalari boʻyicha yangi tartib joriy etildi: agar haydovchi rulda telefondan foydalanishni birinchi marta buzsa, unga jarima solinmaydi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 12:28

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi

AQSh Adliya vazirligi Jeffri Epshteyn ishi boʻyicha eʼlon qilingan minglab hujjatlarni internetdan olib tashladi. Bu kamida 100 nafar jabrlanuvchining hayotini jiddiy izdan chiqargan. 

Jahon

06.02.2026, 17:04

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin

Ukrainada yangi Fuqarolik kodeksi qabul qilinsa, ayrim holatlarda 14 yoshdan nikohdan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.

Jahon

06.02.2026, 16:00