Samarqandda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon ishtirokida “Birlik — 2025” harbiy mashgʻulotlari boshlandi

Samarqand viloyatidagi “Kattaqoʻrgʻon” poligonida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Ozarbayjon respublikalarining mudofaa vazirliklari boʻlinmalari ishtirokida “Birlik —2025” oʻquv mashgʻuloti boshlandi.

Ulashish:

Samarqandda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon ishtirokida “Birlik —  2025” harbiy mashgʻulotlari boshlandi

Foto: Mudofaa vazirligi

Kecha, 14 oktabr kuni Samarqanddagi poligonda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mudofaa vazirlarining birinchi uchrashuvi ham boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi xabar qildi.

 

Mazkur mashgʻulotlar bir necha kunga moʻljallangan boʻlib, uning maqsadi — mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash, harbiy hamkorlikni kuchaytirish, jahonda tobora kuchayib borayotgan geosiyosiy keskinlik va inqirozli holatlar, yuzaga kelayotgan yangi xavf-xatar va tahdidlar sharoitida zamonaviy chaqiriqlarga samarali qarshi turishda yaqin sherikchilik aloqalarini yanada kuchaytirishdir. 

 

“Birlik – 2025” Mintaqaviy birgalikdagi oʻquvida ishtirokchilar hozirgi zamon jangovar tajribadan kelib chiqqan holda jang olib borishning eng samarali uslub va usullarini qoʻllash, uzoq masofalardagi nishonlarni ishonchli yoʻq qila oladigan artilleriya, uchuvchisiz uchish apparatlari, zirhli texnika va boshqa qurollarning imkoniyatlaridan foydalanib, qoʻyilgan oʻquv-jangovar vazifani birgalikda bajaradi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

 

So‘nggi yangiliklar

Samarqandda kumushning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida kumush qimmatbaho metall qotishmasini noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 15:06

Koʻngilli boʻlib Rossiya tomonidan urushga kirgan oʻzbekistonlik qamaldi

40 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Ukraina urushida Rossiya tomonida turib qurolli janglarda ishtirok etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 14:01

Lazizbek Mullojonovning 14 noyabr kungi raqibi maʼlum boʻldi

Parij olimpiadasi chempioni Lazizbek Mullojonov 14 noyabr kuni Toshkentda oʻtkaziladigan boks oqshomida ringga koʻtariladi.

Sport

16.10.2025, 13:02

Mirziyoyeva Oksfordni oʻzbek tilini oʻqitishga koʻndirdi

Mirziyoyeva Oksfordni oʻzbek tilini oʻqitishga koʻndirdi

Endilikda dunyodagi yetakchi oliygohlaridan biri Oksford universitetida oʻzbek va eski oʻzbek tillari oʻrgatiladi.

Ta'lim

16.10.2025, 12:29

Italiya — Isroil oʻyiniga qarshi norozilik namoyishida 13 kishi jarohatlandi

Italiyaning Udine shahrida Jahon chempionati–2026 saralash bosqichidagi Italiya — Isroil uchrashuviga qarshi oʻtkazilgan norozilik aksiyasida 13 kishi jarohatlandi, 15 nafar fuqaro esa hibsga olindi.

Jahon

16.10.2025, 12:01

Buxoro sud tizimidagi xodim pora olayotgan vaqtida ushlandi

Buxoro sud tizimidagi xodim pora olayotgan vaqtida ushlandi

Gʻijduvon tuman sudining arxiv mudiri jinoyat ishida sudlanuvchiga yordam berishni vaʼda qilib, suddagi tanishlari orqali engillik yaratish hamda hukmni oʻzgartirmaslik evaziga 700 dollar pora talab qilgan. U muqaddam 100 dollar oladi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 11:34

Prezident mahsulotlarni saqlash va taqsimlash markazida faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Anglesey Food” masʼuliyati cheklangan jamiyatining mahsulotlarni saqlash va taqsimlash markazi faoliyatini borib koʻrdi.

Iqtisodiyot

16.10.2025, 10:57

Prezident “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yangihayot tumanidagi “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida boʻlib, alyumin qadoq ishlab chiqarish, salqin ichimliklar quyish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Iqtisodiyot

16.10.2025, 10:42

Oʻzbekiston yirik aviatsiya xabiga aylanishni maqsad qilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport loyihasi taqdimoti bilan tanishdi hamda mazkur ulkan majmua qurilishi boshlanishiga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 10:27

Toshkentning yana qaysi koʻchalarida avtobuslar uchun alohida yoʻlaklar tashkil etiladi?

Yaqindagina Shota Rustaveli koʻchasida paydo boʻlgan avtobus tezkor harakat tizimi Toshkentning yana taxminan 10 ta koʻchasini qamrab oladi. 110 mln dollarlik loyihani 2030 yilgacha yakunlash rejalashtirilmoqda, tarmoq uzunligi esa 57,5 km ni tashkil qiladi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 10:12

Oʻzbekistonda ilk bor “Halol” xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi

Turkiya Halol Akkreditatsiya Idorasi (HAA)ning tegishli qaroriga muvofiq, “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (“UzTest”) DM huzuridagi Halol sertifikatlashtirish idorasi Turkiya Halol Akkreditatsiya Idorasi (HAA) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan Oʻzbekistondagi ilk tashkilot sifatida eʼtirof etildi. 

Oʻzbekiston

16.10.2025, 10:01