Prezident “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yangihayot tumanidagi “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida boʻlib, alyumin qadoq ishlab chiqarish, salqin ichimliklar quyish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Ulashish:

Keyingi yillarda Oʻzbekistonda sanoatlashtirish siyosati yangi bosqichga koʻtarildi. Oʻziga xos ishlab chiqarish quvvati va xalqaro texnologik standartlar asosidagi iqtisodiy oʻsish modeli shakllandi.

“Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi davlat rahbarining 2024 yil 20 martdagi tegishli qaroriga asosan tashkil etilgan. U zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasi, qulay logistika imkoniyatlari va investorlar uchun yaratilgan keng imtiyozlari bilan ajralib turadi.

Hududdagi istiqbolli loyihalardan biri “East Can Solutions” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu yerda alyumin qadoq ishlab chiqarish va salqin ichimliklar quyish majmuasi tashkil etildi.

Prezident loyihaning istiqboli, u yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishdi. Shu yerda loyihaga rasman start berildi.

Korxona 21 gektar hududda joylashgan. Qiymati 90 million dollar boʻlgan ushbu loyiha asosan xorijiy investitsiyalar hisobiga moliyalashtirilmoqda.

Markaziy Osiyodagi sanoqli korxonalar sirasiga kiruvchi bu majmua AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya va Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Ishlab chiqarish jarayoni esa toʻliq raqamlashtirilgan.

Korxona quvvati bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Ilk bosqichda yiliga 600 million dona, keyingi bosqichlarda esa 1,1 milliard va 2,2 milliard dona alyumin qadoq mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bu koʻrsatkichlar nafaqat ichki bozor ehtiyojini qondirish, balki mintaqaviy miqyosda raqobatbardosh mahsulot eksport qilish imkonini ham yaratadi.

Loyihaning ishga tushishi natijasida 60 million dollarlik import oʻrni qoplanib, 20 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi.

Mahalliylashtirish darajasi 90 foizga yetkaziladi. Eʼtiborlisi, korxonadagi barcha loyihalar toʻliq ishga tushishi bilan 500 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Byudjet uchun esa  salmoqli soliq tushumlari taʼminlanadi.

Prezidentga shu yerda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi haqida axborot berildi.

Masʼullar sanoat zonasining umumiy rivojlanish strategiyasi, mahalliylashtirish, raqamlashtirish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish boʻyicha qilingan ishlar xaqida maʼlumot berdi.

Bu yerda oziq-ovqat, elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo va qurilish materiallari yoʻnalishlarida jami 1 milliard 200 million dollarlik 58 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Davlat rahbariga ularning 28 tasi taqdimot qilindi. Yaqin istiqbolda amalga oshadigan ushbu tashabbuslar  amalga oshishi natijasida 7 ming 600 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Ular nafaqat iqtisodiy samara, balki yangi ish oʻrinlari, eksport salohiyati va mahalliy ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish orqali ijtimoiy barqarorlikka ham xizmat qilishi qayd etildi.

Iqtisodiyot

16.10.2025, 10:42

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Prezident mahsulotlarni saqlash va taqsimlash markazida faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Anglesey Food” masʼuliyati cheklangan jamiyatining mahsulotlarni saqlash va taqsimlash markazi faoliyatini borib koʻrdi.

Iqtisodiyot

16.10.2025, 10:57

Oʻzbekiston yirik aviatsiya xabiga aylanishni maqsad qilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport loyihasi taqdimoti bilan tanishdi hamda mazkur ulkan majmua qurilishi boshlanishiga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 10:27

Yangi Oʻzbekiston qiyofasi kirib boradigan 33 ta tuman va 330 ta ogʻir mahalla belgilab olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishida mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston

14.10.2025, 16:18

Mahallada “yettilik” tizimi joriy qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish vajoylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishida shu masala ilgari surildi.

Oʻzbekiston

14.10.2025, 16:07

«Oʻzbekiston kapital bozorini rivojlantirishga yanada koʻproq hissa qoʻshamiz» – Katinka Valstrom

BNY kompaniyasi bosh tijorat direktori Ketinka Valstrom ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan kechgan uchrashuv oʻz jamoasi keyingi faoliyatiga sezilarli ijobiy taʼsir koʻrsatishini eʼtirof etdi.

Iqtisodiyot

29.09.2025, 10:47

Shavkat Mirziyoyev vatandoshlar va "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrifini yakunlar ekan, anʼanaga koʻra, ushbu mamlakatda mehnat va istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz, shuningdek, AQShning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashdi.

Siyosat

25.09.2025, 10:02

So‘nggi yangiliklar

Samarqandda kumushning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida kumush qimmatbaho metall qotishmasini noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 15:06

Koʻngilli boʻlib Rossiya tomonidan urushga kirgan oʻzbekistonlik qamaldi

40 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Ukraina urushida Rossiya tomonida turib qurolli janglarda ishtirok etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 14:01

Lazizbek Mullojonovning 14 noyabr kungi raqibi maʼlum boʻldi

Parij olimpiadasi chempioni Lazizbek Mullojonov 14 noyabr kuni Toshkentda oʻtkaziladigan boks oqshomida ringga koʻtariladi.

Sport

16.10.2025, 13:02

Mirziyoyeva Oksfordni oʻzbek tilini oʻqitishga koʻndirdi

Mirziyoyeva Oksfordni oʻzbek tilini oʻqitishga koʻndirdi

Endilikda dunyodagi yetakchi oliygohlaridan biri Oksford universitetida oʻzbek va eski oʻzbek tillari oʻrgatiladi.

Ta'lim

16.10.2025, 12:29

Italiya — Isroil oʻyiniga qarshi norozilik namoyishida 13 kishi jarohatlandi

Italiyaning Udine shahrida Jahon chempionati–2026 saralash bosqichidagi Italiya — Isroil uchrashuviga qarshi oʻtkazilgan norozilik aksiyasida 13 kishi jarohatlandi, 15 nafar fuqaro esa hibsga olindi.

Jahon

16.10.2025, 12:01

Buxoro sud tizimidagi xodim pora olayotgan vaqtida ushlandi

Buxoro sud tizimidagi xodim pora olayotgan vaqtida ushlandi

Gʻijduvon tuman sudining arxiv mudiri jinoyat ishida sudlanuvchiga yordam berishni vaʼda qilib, suddagi tanishlari orqali engillik yaratish hamda hukmni oʻzgartirmaslik evaziga 700 dollar pora talab qilgan. U muqaddam 100 dollar oladi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 11:34

Prezident mahsulotlarni saqlash va taqsimlash markazida faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Anglesey Food” masʼuliyati cheklangan jamiyatining mahsulotlarni saqlash va taqsimlash markazi faoliyatini borib koʻrdi.

Iqtisodiyot

16.10.2025, 10:57

Oʻzbekiston yirik aviatsiya xabiga aylanishni maqsad qilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport loyihasi taqdimoti bilan tanishdi hamda mazkur ulkan majmua qurilishi boshlanishiga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 10:27

Samarqandda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon ishtirokida “Birlik —  2025” harbiy mashgʻulotlari boshlandi

Samarqandda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon ishtirokida “Birlik — 2025” harbiy mashgʻulotlari boshlandi

Samarqand viloyatidagi “Kattaqoʻrgʻon” poligonida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Ozarbayjon respublikalarining mudofaa vazirliklari boʻlinmalari ishtirokida “Birlik —2025” oʻquv mashgʻuloti boshlandi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 10:26

Toshkentning yana qaysi koʻchalarida avtobuslar uchun alohida yoʻlaklar tashkil etiladi?

Yaqindagina Shota Rustaveli koʻchasida paydo boʻlgan avtobus tezkor harakat tizimi Toshkentning yana taxminan 10 ta koʻchasini qamrab oladi. 110 mln dollarlik loyihani 2030 yilgacha yakunlash rejalashtirilmoqda, tarmoq uzunligi esa 57,5 km ni tashkil qiladi.

Oʻzbekiston

16.10.2025, 10:12

Oʻzbekistonda ilk bor “Halol” xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi

Turkiya Halol Akkreditatsiya Idorasi (HAA)ning tegishli qaroriga muvofiq, “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (“UzTest”) DM huzuridagi Halol sertifikatlashtirish idorasi Turkiya Halol Akkreditatsiya Idorasi (HAA) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan Oʻzbekistondagi ilk tashkilot sifatida eʼtirof etildi. 

Oʻzbekiston

16.10.2025, 10:01