Shavkat Mirziyoyev vatandoshlar va "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrifini yakunlar ekan, anʼanaga koʻra, ushbu mamlakatda mehnat va istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz, shuningdek, AQShning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashdi.

Ulashish:

Norasmiy muhitda oʻtgan samimiy suhbat davomida Yangi Oʻzbekistondagi islohotlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar, xususan, ularni faol ilgari surishda vatandoshlar va ularni birlashtiruvchi tashkilotlarning ishtiroki muhokama qilindi.

Uchrashuvda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan vatandoshlar va yoshlar oʻrtasida muloqot maydonini yaratishga qaratilgan "Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni"ga start berildi.

Ishtirokchilar Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy va taʼlim aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalariga AQShning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish, tibbiyot, transport va logistika sohalarida innovatsiyalarni ilgari surish, mamlakatimizda marketpleyslarni rivojlantirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdilar.

Davlat rahbari yigʻilganlarga Vatanimiz taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, aytilgan barcha taklif va tashabbuslar mamlakatimiz vazirlik va idoralari tomonidan puxta oʻrganib chiqilishi, eng istiqbollilari esa amaliyotga tatbiq etilishini taʼkidladi.

Oʻzbekiston prezidenti AQShda "El-yurt umidi" stipendiatlari soni 500 nafardan oshganiga alohida eʼtibor qaratdi. Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim va tajribasini ona yurtda qoʻllash uchun imkoniyat yaratish davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev talabalarga oʻqishda va kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, davlatimiz yoshlarning tashabbuslariga doimo ochiqligi va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, uchrashuv ishtirokchilari Oʻzbekiston yetakchisiga xorijdagi vatandoshlar va yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor, ularning salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, Vatanimiz ravnaqiga yanada koʻproq hissa qoʻshishga tayyorligini bildirdilar.

Siyosat

25.09.2025, 10:02

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

«Oʻzbekiston kapital bozorini rivojlantirishga yanada koʻproq hissa qoʻshamiz» – Katinka Valstrom

BNY kompaniyasi bosh tijorat direktori Ketinka Valstrom ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan kechgan uchrashuv oʻz jamoasi keyingi faoliyatiga sezilarli ijobiy taʼsir koʻrsatishini eʼtirof etdi.

Iqtisodiyot

29.09.2025, 10:47

Serbiya prezidenti Oʻzbekistonga keldi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich rafiqasi hamrohligida 28 oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

Siyosat

28.10.2025, 11:33

Kelgusi yil uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va davlat byudjeti parametrlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va davlat byudjeti parametrlariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Iqtisodiyot

27.10.2025, 18:32

Tramp sanksiyalari sabab “Rosneft” va “Lukoyl” 5,2 mlrd dollarga arzonladi

Trampning yangi sanksiyalari Rossiya bilan munosabatlarni yanada keskinlashtirdi. Hindiston Rossiya nefti importlarini qisqartira boshlagach, “Rosneft” va “Lukoyl” aksiyalarida katta muammolar yuzaga kelmoqda.

Iqtisodiyot

25.10.2025, 18:44

Oʻzbekiston prezidenti Belgiyaga tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi.

Siyosat

25.10.2025, 06:57

Shavkat Mirziyoyev Belgiyaliklar qiroli bilan uchrashdi

Bryussel shahriga rasmiy tashrif doirasida Laken saroyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgiyaliklar qiroli Filipp bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Siyosat

24.10.2025, 21:17

So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekistonda paqildoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi

Oʻzbekistonda pirotexnika buyumlari xavflik darajasiga koʻra 5 ta toifaga boʻlinmoqda. Qonunga koʻra, I toifaga kiruvchi, xavfli hudud radiusi 0,5 metrdan oshmaydigan pirotexnika buyumlari erkin muomalada boʻladi. Qolgan toifadagi pirotexnika vositalari muomalasi taqiqlanmoqda.

Oʻzbekiston

01.11.2025, 15:12

Sniffing – zumerlar oʻrtasida tarqalayotgan yana bir xavfli trend

Rossiyada zumerlarning gaz bilan zaharlanish oqibatida shifoxonaga tushishi 5 barobar koʻpaygan — bu sniffingga qiziqish ortib borayotgani bilan bogʻliq. Oʻsmirlar bir daqiqalik kayf-safo uchun chaqmoq (zajigalka) va ballonlar ichidagi moddalarni ommaviy ravishda nafas orqali qabul qilmoqda.

Jahon

01.11.2025, 13:03

Pedofillarga befarqlik – bolalarga xavfdir | Ekspert bilan suhbat

Pedofiliya nima? Bu seksual xulq-atvorning buzilishi, yaʼni pedofiliya bu erkakmi, ayolmi, yosh bolalarga, rivojlanmagan, hali shakllanib ulgurmagan bolalarga boʻlgan seksual qiziqishlar. Inson qanday qilib pedofilga aylanadi? Koʻp holatlarda pedofillar voyaga yetmagan paytda jinsiy zoʻravonlikka uchragan shaxslar boʻlib chiqadi. Jamiyat qanday munosabatda boʻlishi kerak? Paradigma ushbu savollar bilan mutaxassisga yuzlandi. Studiyamiz mehmoni — psixolog Shoira Isakova.

Oʻzbekiston

01.11.2025, 12:16

"Pikovit" - Pivovit nomi bilan chiqarilgan. Namanganda qalbaki dori vositalari fosh etildi

Maʼlum boʻlishicha, korxona faqat biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarish ruxsatnomasiga ega boʻlganiga qaramasdan, sanitariya talablariga javob bermaydigan joyda qalbaki dori vositalari ham tayyorlab kelgan. Jumladan, «Pikovit» – Pivovit, «Kanefron» – Kanaseron, «Espumizan» – Espumetik, «Nistatin» – Nestitam koʻrinishida ishlab chiqarilgan.

Siyosat

01.11.2025, 11:31

Isitish mavsumi keyingi hafta boshlanishi mumkin

Oʻzbekistonga 3 noyabrdan boshlab sovuq va nam havo massalari kirib kelishi munosabati bilan Toshkent shahrida 2025–2026 yilgi isitish mavsumi kelasi hafta boshida boshlanishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston

01.11.2025, 11:10

5 kunda ming kishini oʻldirgan «Al Fashir qassobi» qoʻlga olindi

Sudandagi qirgʻinlarning asosiy tashkilotchilaridan biri, «Al Fashir qassobi» laqabli  Abu Lulu hibsga olindi va qamoqxonaga joylashtirildi.

Jahon

01.11.2025, 09:44

1 noyabrdan Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar boʻladi?

2025 yil 1 noyabrdan boshlab mamlakatda bir qator muhim yangiliklar va huquqiy oʻzgarishlar amalga kiritiladi. Jumladan, fuqarolardan endi qagʻoz hujjat talab qilinmaydi. Maʼlumotlar davlat maʼlumotlar bazalari orqali avtomatik tekshiriladi.

Oʻzbekiston

31.10.2025, 18:18

«Doʻstlik» chegara punktida katta reyd boshlandi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ) «Doʻstuk – Avtodorojniy» chegara punktida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchalarida keng koʻlamli tintuvlar oʻtkazdi. Natijada koʻplab noqonuniy faoliyat yuritayotgan punktlar aniqlandi.

Jahon

31.10.2025, 15:59

Sunʼiy intellekt loyihalariga 100 million dollar ajratiladi

Prezidentning yangi qaroriga koʻra, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 2026–2027 yillarda sunʼiy intellekt loyihalarini moliyalashtirishga  100 mln dollar yoʻnaltiriladi. Shundan 50 mln dollar — davlat tashkilotlariga AI texnologiyalarini joriy etish uchun begʻaraz berishga, 50 mln dollar — “IT Park Ventures” va “Fondlar fondi” venchur jamgʻarmalari ustav kapitaliga qoʻshiladi.

Fan-texnologiya

31.10.2025, 14:11

Svalbard Butunjaxon urugʻ omboriga Oʻzbekiston ekin urugʻlari qoʻshildi

Arktikada joylashgan Svalbard Butunjaxon urugʻ omboriga 20 dan ortiq anʼanaviy oʻzbek ekinlarining — qovun, tarvuz, pomidor, qalampir, baqlajon, sabzi, piyoz va bugʻdoy urugʻlari namunalari topshirildi.

Oʻzbekiston

31.10.2025, 10:28

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

30 oktabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YuNESKOning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha 43-sessiyasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz chiqishida taʼlim, fan, madaniyat va inson salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi.

Siyosat

31.10.2025, 10:13

AQSh qochqinlar qabul qilish limitini keskin qisqartirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp yangi farmonga koʻra mamlakatga qabul qilinadigan qochqinlar sonini keskin qisqartiradi. Yangi limit yillik 125 ming nafardan 7500 nafarga tushirildi. Bu 1980 yildan beri qochqinlar dasturida kuzatilgan eng past koʻrsatkich hisoblanadi.

Jahon

31.10.2025, 09:57