Aholi salomatligi narkojinoyatlardan himoya qilinadi
Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Prezident farmoni imzolandi. Ayrim qilmishlar uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanadi.
Siyosat
10.11.2025, 11:38
Ulashish:

Jinoyat kodeksiga yangi boʻlim kiritiladi
Hujjatga koʻra, Jinoyat kodeksiga «Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar» nomli yangi boʻlim kiritiladi. Unga muvofiq, aholi salomatligiga tahdid soluvchi narkojinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Shu jumladan, quyidagi qilmishlar uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanadi:
- narkojinoiy uyushma tashkil etish va uning faoliyatini taʼminlash;
- giyohvandlik vositalarini uyushgan guruh tomonidan transchegaraviy yoki internet orqali oʻtkazish;
- hokimiyat vakolatlarini suiisteʼmol qilib narkojinoyatlarga homiylik qilish;
- gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish.
Maʼmuriy javobgarlik kuchaydi
Farmonga muvofiq, giyohvandlik vositalarini jamoat joylarida isteʼmol qilganlik uchun 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosi joriy etiladi. Bu aholining sogʻlom turmush tarzini taʼminlashga va jamoat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan chora hisoblanadi.
Jinoyat uchun jazo ikki baravargacha ogʻirlashtiriladi
Narkojinoyatlarning sodir etilishi va qayta sodir etilishining oldini olish maqsadida qator qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik ikki baravargacha ogʻirlashtiriladi. Ular qatorida:
- giyohvandlik vositalarini koʻp miqdorda tayyorlash, saqlash, tashish yoki tarqatish;
- kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni koʻp miqdorda va takroran muomalaga kiritish;
- odam oʻlimiga sabab boʻlgan holatlarda narkomaniyaga jalb etish.
Yoshlarni himoya qilish choralari
Farmonda voyaga yetmaganlar va yoshlarni narkojinoyatlardan himoya qilishga doir qoʻshimcha qoidalar ham belgilandi.
Endilikda:
- voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan yoki ular ishtirokida sodir etilgan narkojinoyatlar ogʻirlashtiruvchi holat sifatida baholanadi;
- taʼlim muassasalari yoki bolalar dam olish oromgohlarida giyohvand moddalarni tarqatish uchun javobgarlik ikki baravargacha ogʻirlashtiriladi.
Bundan tashqari, ayrim narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslar jazoni muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish huquqidan mahrum etiladi.
Siyosat
10.11.2025, 11:38
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
So'nggi yangiliklar

OpenAI yangi ChatGPT Work agentini namoyish qildi
Fan-texnologiya
10.07.2026, 18:30

Sun’iy intellekt mustaqil ravishda kiberhujum uyushtirdi
Fan-texnologiya
10.07.2026, 14:43

Turkiy davlatlar iqtisodiyoti 673,6 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
10.07.2026, 11:34

NATOning Anqara sammiti: Eron va Ukraina bo‘yicha qarorlar
Jahon
10.07.2026, 10:46

Qozog‘istonda davlat bayrog‘i tushirilgan buyumlar taqiqlandi
Jahon
10.07.2026, 10:12

Ukrainada “Patriot” tutib oluvchilari ishlab chiqarishga ruxsat beriladi — Tramp
Jahon
09.07.2026, 16:34

Yevropa parlamenti deputatlari FIFA rahbariyatiga nisbatan tekshiruv o‘tkazishni talab qildi
Sport
09.07.2026, 16:07

Tramp Suriyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarmoqda
Jahon
09.07.2026, 12:38

“ANORBANK” jarimaga tortildi
Oʻzbekiston
09.07.2026, 11:06

Ona qornidagi chaqaloqni “loyihalash” davri boshlanmoqdami?
Fan-texnologiya
08.07.2026, 16:44

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Eron va AQSH bir-biriga zarba berdi
Jahon
08.07.2026, 10:21

Hindlardan nimani o'rganishimiz kerak?
Madaniy
07.07.2026, 15:48

Lotin alifbosini yangilash bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
Oʻzbekiston
07.07.2026, 12:44

Vashington shtatining Sietl shahrida “O‘zbek mahallasi” tashkil etildi
Jahon
07.07.2026, 12:18

Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi
Jahon
07.07.2026, 11:10

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Z avlodning spirtli ichimlikdan voz kechishi sanoatga qimmatga tushdi
Iqtisodiyot
06.07.2026, 14:55

Chirchiq va Qoradaryo baliqlaridan mikroplastik topildi
Madaniy
06.07.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
